omborlarda saqlanadi. Non maxsulotlarini taxlash, saqlash va jo’natish ishlariga qo’yiladigan
talablar standart me’yorlarda balgilangan.
Ishlab chiqarilgan non maxsulotlarini korxonada saqlash muddati belgilanadi, bunda nonni
yangiligini saqlash muxim axaimyatga ega. Saqlash muddati pechkadan chiqishidan boshlab to
“Issiq non” do’konlariga jo’natguncha davom etadi. Korxonada yoki do’konda saqlanish muddati
o’tib ketgan non maxsulotlari brak hisoblanadi va talqon, suxari uni kabi maxsulotlar olish uchun
qayta ishlanadi.
Pishib chiqqan issiq nonlar sovishi natijasida vaznini yo’qotishi (usushka kuzatiladi, ya’ni
maxsulot namligining bir qismi bug’lanib vaznini kamayishiga olib keladi. Vaznini yo’qotilishi
issiq non bilan sovigan non og’irliklari orasidagi farq orqali aniqlanadi. Bu jarayon mahsulot
namligi bilan atrof muxitdagi havoning nisbiy namligi muvozanatlashgunga qadar davom etadi.
Maxsulot turi saqlanish muddati va sharoitiga qarab, non maxsulotlarida og’irlikning kamayishi
1-3% ni tashkil qiladi.
Saqlash davomida nonni ustki qismini qotib qolish holati yuzaga keladi. Pishgandan so’ng
bir necha soat o’tgandan keyin nonning ustki qismlari qattiq, uqalanuvchi holatdan yumshoq
elastik holatga o’tadi. Non mag’izining eziluvchanligi kamayadi, ushoqlanuvchanlik ortadi. Non
maxsulotlari 0-25 S xaroratda saqlanayotgan bu jarayon intensiv kechadi. Xaroratni 7 S ga
tushursak bu jarayonni sekinlashadi. Non maxsulotlarining yangiligini saqlab turish muxim
axamiyatga ega. Non ishlab chiqarish korxonalari kecha – kunduz uzluksiz ishlaganligi tufayli
kechki smenada tayyor bo’lgan non maxsulotlari 10-12 soatdan keyin xaridorlarga etib boradi.
Shuning uchun ularni yangiligini saqlash uchun polietilin paketlarga qadoqlash xozirgi kunda keng
amalaga oshirilmoqda.
Polietelin paket nonning yangiligini, ta’mi, xushbo’yligi va yumshoqligini 2-3 sutka
davomida yaxshi saqlanishiga yordam beradi. Non mahsulotlarini qadoqlovchi materiallar ma’lum
mustaxkamlikka ega, inart, maxsulotlarga nisbatan zararsiz bo’lishi kerak.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sistemasida qandolatchilik tarmog’i o’ziga xos
o’rinni egallaydi. Qandolat mahsulotlari kundalik ehtiyoj mahsulotlariga kirmasada, inson
oziqlanishida muhim ahamiyatga ega. Ular oziq-ovqatlarni to’ldiruvchi hisoblanib, asosan
insonni uglevodlarga bo’lgan extiyojini qondiradi .
Qandolat mahsulotlari shirin ta’mi, xushbuyligi va chiroyli tashqi ko’rinishi bilin
tavsiflanadi. Hozirgi kunda qkandolat mahsulotlarining xilma-xil turlari ishlab chiqarilib , ulrning
nomlari bir necha mingga etgan.
Qandolatchilik mahsulotlari ikki guruhga: qandli va unni qandolat mahsulotlariga
bo’linadi . Qandli qandolat mahsulotlariga quyidagilar kiradi: karamel, konfetlar, shokoladli
mahsulotlar, kakao kukuni, iris, holva, marmelad va boshqa shirinliklar.
Unni qandolat mahsulotlarini tayerlash restepturasi bir-biridan farq qiladi, ulardan
quydagilarni ko’rib chiqamiz :