|
O’simliklar lipidlar, asosan, mevalar va urug’larda to’planadiBog'liq 13 MA’RUZA NON MAXSULOTLARI ASSORTIMENTLARI VA UNLI QANDOLAT ISHLABO’simliklar lipidlar, asosan, mevalar va urug’larda to’planadi
. Xayvonlar, baliqlarda
yog’lar juda muhim organlarni o’rab turgan vat eri osti to’qimalarida to’planadi. Qaysi xom
ashyodan olinishiga qarab yog’lar o’simlik, xayvon va kombinastiyalangan, konsistanstiyasiga
qarab suyuq bo’ladi. Kombinastiyalangan yog’lar deb xayvon, o’simlik va gidratlangan yog’larni
aralashtirib olingan yog’larga aytiladi. Bu margarin, pazandachilik va maxsus yog’lardir.
Non va non maxsulatlarina ishlab chiqarish quyidagi asosiy olti bosqichdan iborat:
1.
Xom ashyoni qabul qilish va saqlash;
2.
Xom ashyoni ishga tushirishga tayyorlash;
3.
Xamir tayyorlash;
4.
Xamirni bo’lish;
5.
Pishirish;
6.
Pishirilgan maxsulotni saqlash va sotuvga jo’natish;
Birinchi bosqich
–
Korxonalarga kelayotgan quruq yoki eritilgan holatdagi hom ashyolarni
omborxonalar va xajmli idishlarga ma’lum sharoitlarda qabul qilish va saqlashni qamrab oladi. Un
non zavodiga kompressorlar bilan jihozlangan un tashish mashinalarda keltiriladi va mahsus
siloslarga qabul qilinadi. Bu erda un 7 kun saqlanadi va etiladi. Tuz kabi boshqa xom ashelar kichik
novvoyxonalarga sog’ma holda keltirilib, uch sekstiyali mahsus rezervuarlarda eritiladi, ma’lum
muddat tindiraladi, filtrlanadi va suyuq holda saqlanadi. Tuz eritmasining konstentrastiyasi -26%
zichligi -1.19 g/l bo’lishi kerak .
Presslangan xamirturishlar yashiklarda keltirilib, 0-
4 S haroratda 3 sutka mobaynida
muzlatish kameralarida saqlanadi. Shakar non zavodiga quruq holda qoplarda va zichligi 1, 2, 3
bo’lgan eritilgan holda isitilgan stisternalarda keltiriladi. So’ngra zanglamas po’latdan yasalgan
idishlarga quyiladi va eritma holatida saqlanadi.
Margarin va boshqa yog’lar karobkalarda, hamda avtostisternalarda mahsus aralashtirgich
va ma’lum darajani saqlab turadigan isitish qoplamli idishlarda keltiriladi
|
| |