Suv
. Non va makoron mahsulotlari ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Barcha
qiyomlar va ko’pgina qandolat massalarini tayyorlashda xam suv ishlatiladi. Oziq-ovqat
mahsulotlarini tayyorlashda ichimlik suvidan foydalaniladi. Korxonalar ichimlik suvi tarmog’i
orqali ta’minlanadi. Bunday imkoniyat bo’lmaganda, Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati
tashkilotlari ruxsati bilan maxalliy suv manbalaridan foydalaniladi.
Qaysi manbalardan olinganidan qat’iy nazar suvning sifatini standart (GOST2874)
talablarga mos kelishi kerak. U tiniq, rangsiz, ta’msiz va hidsiz bo’lishi shart.
Suvda erigan holda mavjud bo’lgan kalstiy va magniy tuzlarining miqdori “suv qattiqligi”
ko’rsatkichini ko’rsatadi. Suvning qattiqligi 1l suvdagi kalstiy yoki magniy nonlari milligramm
ekvivalntlari orqali ifodalanadi.
Qattiqligi ko’rsatkichi kattaligiga ko’ra (mg-ekv/l) suv quyidagi guruxlarga bo’linadi: 1.5
gacha juda yumshoq ;1.5-3 yumshoq; 3-6 biroz qattiq; 6-9 qattiq 9 dan yuqori juda qattiq. Turli
manbalarning suvi xar hil qattiqlikka ega bo’ladi. Ichimlik suvining qattiqligi 7 mg-ekv/l gacha
bo’lishiga ruxsat berilishi mumkin.
Suvning yuqori darajali qattiqligi bug’ qozonlari, qovurlari va boshqa maqsadlar uchun
salbiy tasir etsa-da, ammo xamir tayyorlashda u zarar etkazmaydi. Kalstiy va magniy tuzlari
kleykovinaning xossalarini kuchaytiradi, ya’ni kuchsiz undan tayyorlangan xamirning xossalarini,
tayyor nonning sifatini esa yaxshilaydi.