Microsoft Word 157 Biotexnologiya МаімачкхРова М. doc doc




Download 343.71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.05.2023
Hajmi343.71 Kb.
#58731
Bog'liq
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi, обективка 1, 3-amaliy ish


ORGANIK CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH IMKONIYATLARI 
M.R.Maxmatkulova, Z.F.Ismoilov 
Samarqand davlat Universiteti, makhmatkulova.madina@.ru 
Hozirgi kunda dunyo aholisi sonining keskin ortib borishi organik chiqindilarni 
qayta ishlash va ular tarkibidagi monomerlardan xalq xo’jaligida foydalanishning yangi 
usullarini, nazariy - amaliy jihatlarini o’rganish dolzarb masalalaridan biri bo’lib 
hisoblanadi. “AGROMIR JUICE” MCHJ QK kabi mamlakatimizdagi korxonalar va 
qishloq xo’jaligida hosil bo’ladigan chiqindilarni mikroorganizmlar yordamida 
biotexnologik usullar vositasida qayta ishlash asosida texnik spirt – bioetanol olish 
imkoni yechimini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Meva va sabzavotlarga ishlov 
berish jarayonida hosil bo’lgan organik chiqindilarni qayta ishlash usullari mexanik
fizik-kimyoviy, biologik va kombinirlangan turlarga bo’linadi [1, 2]. 
Selluloza va gemiselluloza saqlovchi mahsulotlar ozuqa spirti olish uchun
yaroqsiz, shuning uchun ulardan texnik spirt olishda foydalaniladi. Spirtli ichimliklar 
tayyorlash uchun o’simlik substratlari – mono-, di-, oligosaxarid va polisaxaridlardan 
(kraxmal, selluloza, ba’zida gemiselluloza) foydalaniladi. O’simlik hujayrasining 
o’rtacha 80-85 foizini suv; qolgan quruq qismining og’irligiga nisbatan 95-96 foizini 
organik moddalar tashkil etadi. Bunday organik moddalardan murakkab uglevodlarni 
kimyoviy gidrolizlanishi natijasida oddiy uglevodlar hosil bo’ladi. Saxaroza 
o’simliklarda eng ko’p uchraydigan uglevoddir. Polisaxaridlarni oldindan parchalashga 
(gidroliz) jarayoni tegishli fermentlar yordamida (kraxmal – amilazalar; selluloza va 
gemiselluloza esa selulolitik fermentlar) kamdan kam hollarda kimyoviy gidroliz- 
konsentrlangan noorganik kislotalar (sulfat yoki xlorid kislotalar) ishtirokida amalga 
oshiriladi. Polimerlarni kislotalar yordamida parchalash odatda texnik maqsadlar uchun 
ishlatiladi [1, 3]. 
Uglevod saqlovchi chiqindilarni biotexnologik qayta ishash texnologiyalarida 
asosan polisaxaridlar parchalangandan so’ng hosil bo’lgan shakar eritmasiga achitqi 
zamburug’i yordamida ishlov beriladi. Odatda bu maqsadda saxaromisetlar 
(Sacharomyces sp.) ishlatiladi. Saxaromisetlarning boshqa avlodga mansub bo’lgan 


achitqi zamburug’lariga nisbatan etil spirtiga chidamliroq ekanligi o’rganilgan. Bijg’ish 
jarayoni tugaganda aralashmada 14-16% gacha etil spirti to’planadi. Bijg’ib turgan 
muhitda etil spirtining bu miqdori achitqi zamburug’ining o’sishini to’xtatadi. Bu vaqtga 
kelib muhitning kislotaliligi ko’tarilib boradi. Bunga sabab saxaromisetlar tomonidan 
sintez bo’ladigan organik kislotalarning miqdorini oshishidir [2]. 
Meva sharbatlari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalaridan chiqadigan chiqindilaridan 
oqilona foydalanish usullarini o`rganish uchun – ularning organik tarkibi, jumladan 
uglevodlarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, 
biz organik chiqindilarni biotexnologik qayta ishlash imkoniyatlarini o’rganishda 
obyekti sifatida “AGROMIR JUICE” MCHJ QK chiqindilarini tanlab oldik va ularning 
uglevodlar tarkibini aniqlashni maqsad qilib oldik.
Korxonadan olingan organik chiqindilarning uglevodlar tarkibini aniqlashga 
qaratilgan tajribalar O’zRFA Akademik S.Yu Yunusov nomidagi O’simlik moddalari 
kimyosi institutining “Yuqori molekulali o’simlik moddalari kimyosi” laboratoriyasida 
Kochetkova (1988) usulida olib borildi. Natijalar 1-jadvalda keltirilgan. 
Korxonadagi meva qoldiqlari tarkibidagi uglevodlar miqdori 
(% hisobida)
1-jadval 
Namunalar 
nomi 
Namlik 

Uglevodlar, % 
umumiy
monosaxarid 
boshqa 
shakarlar 
(tetroza, 
pentoza, 
geksoza) 
kraxmal 
Olma 
qoldig’i 
14 
12,2 
10,1 
1,3 
0,8 
Uzum 
qoldig’i 
18 
20,5 
18,3 
2,2 

1-jadval ma`lumotlaridan ko`rinib turibdiki, 
organik chiqindilar tarkibidagi kraxmal 
olma qoldig’i tarkibida 0,8% ni, uzum qoldig’i tarkibida kraxmal yo’qligi aniqlandi. 
Oligosaxaridlar miqdori olma qoldig’ida - 1,3% , uzum qoldig’ida - 2,2% ekanligi 
o`rganildi.
Monosaxaridlar uzum qoldig’ida 18,3% ni, olma qoldig’ida esa 10,1%ni 
tashkil qildi. Umimiy holda uglevodlarning eng yuqori ko’rsatgichi uzum qoldig’ida 


20,5%ni, olma qoldig’ida esa bu ko’rsatgich 12,2%ni tashkil etishi aniqlandi.
Qoldiqlarning uglevodlar tarkibi boshqa chiqindilar uglevodlar tarkibidan yaxshiroq 
ko’rsatgichga ega. Shu bois, meva sharbat ishlab chiqaradigan korxonalarning organik 
chiqindilardan spirt ajratib olish imkoniyati mavjud deb hisoblaymiz. 
Adabiyotlar 
1. Березов Т.Т, Коровкин Б.Ф «Биологическая химия», М., «Медицина», 1990
2. Buriyev X.CH, Rizaev R, «Meva-uzum mahsulotlari biokimyosi va texnologiyasi», 
T., «Mehnat», 1996. 
3. R.Oripov va boshqalar, «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash 
texnologiyasi», T., «Mehnat», 1991. 

Download 343.71 Kb.




Download 343.71 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 157 Biotexnologiya МаімачкхРова М. doc doc

Download 343.71 Kb.
Pdf ko'rish