Plastmassa va ularning turlari. Rezinalar. To‘ldirgichlar va plastifikatorlar




Download 19.04 Kb.
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi19.04 Kb.
#71508
  1   2   3   4
Bog'liq
AMALIY-1
Mavzu statik aniq sistemalar-fayllar.org

Plastmassa va ularning turlari. Rezinalar. To‘ldirgichlar va plastifikatorlar


Polimerlar bir necha mingdan tortib, to bir necha milliongacha atom- dan iborat birikmalardir. Polimerlar tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Tabiiy polimerlarga selluloza, jun, ipak, tabiiy kauchuk va boshqalar, sun’iylariga esa organik shisha, polietilen, viskoza, kapron, neylon, sintetik kauchuk va boshqalar kiradi.


Yuqori molekular organik birikmalar yoki ularning guruhlari, ko‘pincha, smolalar deb ataladi.
Plastiklik barcha polimerlarga ham xos bo‘lavermaydi.
Polimer materiallardan istalgan shakldagi xilma-xil buyumlar, shuningdek, ip, plyonka, list, truba va hokazo mahsulotlar tayyorlanadi.
Polimerlarning o‘ziga xos fizikaviy va texnologik xususiyatlari ularni buyumlarga va yarimfabrikatlarga aylantirishda maxsus usullardan foydalanishni talab etadi. polimerlarni buyumlarga aylantirishning asosiy usullari
ekstruziyalash, odatdagi usulda quyish, bosim ostida quyish, presslash, quyma presslash, ko‘pirtirish, payvandlash, qizdirib purkash, randalash, shuningdek, dastgohlarda qirindi kesib olish yo‘li bilan ishlash mumkin.
Yuqori molekular birikmalar, sun’iy ravishda tayyorlangan va muayyan temperatura va bosimda plastiklik xossalariga ega bo‘lgan materiallar plas- tik massalar (plastmassalar) deyiladi.
Hozirgi vaqtga kelib, o‘z xossalari jihatidan xilma-xil plastmassalar, rezina buyumlar, shu jumladan, juda puxta konstruksion plastmassalar, yarimo‘tkazgichlar, o‘tkazgichlar va boshqa plastmassalar turmushda foy- dalaniladi.
Bu materiallar, ko‘pgina hollarda qimmat turadigan metallar o‘rnida ishlatilmoqda. Bundan tashqari, texnika taraqqiyoti sanoatga plastmassalar- ning joriy qilinishiga ko‘p darajada bog‘liqdir.
Ko‘pincha, plastmassalar bir necha xil moddadan iborat bo‘ladi. Masa- lan, ular tarkibiga bog‘lovchi va to‘ldiruvchi moddalar, plastifikatorlar, bo‘yoq moddalar va boshqalar kiradi. Ba’zi plastmassalar, masalan, organik shisha, poliamid, polietilen faqat polimerlarning o‘zidangina iborat bo‘ladi.
Murakkab tarkibli plastmassalarda bog‘lovchi moddalar vazifasini poli- merlar o‘taydi.
Polimerlash yo‘li bilan polistirol, polivinilxlorid, poliakrilat (organik shisha) va boshqa polimerlar olinadi.
Ikkita har xil monomerni birgalikda polimerlash yo‘li bilan ham yangi polimer olish mumkin. Bu holda olingan yuqori molekular moddalar sopo- limerlar deb ataladi. Sopolimerda ikkala monomerning xossalari mujassam- langan bo‘ladi.
plastmassani ishlab chiqarishning quyidagi usullari bor: ishlov berishda bosim ostida quyish, ekstruziya, puflab yoki vakuumli shakllantirish, issiq siqish, shtamplash va boshqalar.
Termoplastlarga ishlov berishning nisbatan rivojlangan usuli. Kukun si- fatidagi materialni issiq silindr ichiga solib, suyuq holatga keltirib, bosim ostida sovuq qolipga quyiladi va sovitilib, tayyor mahsulot olinadi.
Bosim ostida quyilgan buyumlar o‘zining yaltirashi va qolipning tozaligi bilan ajralib turadi. Shu usulda polistrol, polietilen va boshqalardan buyum yasaladi.

Download 19.04 Kb.
  1   2   3   4




Download 19.04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Plastmassa va ularning turlari. Rezinalar. To‘ldirgichlar va plastifikatorlar

Download 19.04 Kb.