• Bo‘yash
  • Bosim ostida quyish.
  • Bosimsiz quyish
  • Ekstruziya – bu bosim ostida quyishning bir turi. to‘xtovsiz bosim berish natijasida truba, tola, plyonka olish mumkin. Puflab




    Download 19.04 Kb.
    bet2/4
    Sana09.06.2023
    Hajmi19.04 Kb.
    #71508
    1   2   3   4
    Bog'liq
    AMALIY-1
    Mavzu statik aniq sistemalar-fayllar.org
    Ekstruziya – bu bosim ostida quyishning bir turi. to‘xtovsiz bosim
    berish natijasida truba, tola, plyonka olish mumkin.
    Puflab yoki vakuumli shakllantirish – atmosfera yoki havoni, biror-bir gazni purkab yumshoq termoplastdan shakl hosil qilish. Puflab yasalgan buyumlarda biriktirilgan joylarning belgisi qoladi.
    Shtamplash – termoplast listlarni matritsa ostida puansonga bosib shakllantiradi. bu usulda attorlik buyumlari yasaladi. plastmassa buyum- larining bezagida quyidagi usullar qo‘llaniladi: bo‘yash, qisish, shtamplash, metallash va boshqalar.
    Bo‘yash – buyumni bo‘yoqqa tiqib olish, sepish, cho‘tka bilan bo‘yash orqali amalga oshiriladi. Biroq ko‘p hollarda ishlab chiqarishda rangli poli- merlar ishlatiladi.
    Issiq siqish – bu bo‘yoqli tasvirni jihozning ustki qismiga metalli yoki pigmentlangan folgani bosim ostida issiq shtamlashdir. Issiq siqishda bir rangli yoki ko‘p rangli tekis yoki relyefli rasmlar polistrol, termoplastlar us- tida hosil bo‘ladi.
    Plastmassalardan, asosan, qoliplash, quyish, presslash, siqib chiqarish, payvandlash, yelimlash usullarida buyumlar tayyorlanadi. Ularni metall kesuvchi dastgohlarda osongina kesib ishlash, qirqish, frezalash, pardoz- lash, jilvirlash mumkin.
    Qoliplash. Qoliplash orqali plastmassalardan murakkab shaklli katta buyumlar olinadi. Bu usulda buyumning modeli (qolipi) maydalab qirqilgan tola, epoksid smola va qotirgich aralashmasi bilan qoplanadi. Buning uchun maxsus purkagichdan foydalaniladi. Zaruriy materiallar suyuq holatda purkagichning aralashtirish kamerasiga beriladi, undan esa siqil- gan havo bosimi ostida purkagichning uch qismi orqali model sirtiga purkaladi, natijada modelning sirti aralashma bilan bir tekis qoplanadi va qotib, zarur buyum hosil bo‘ladi.
    Bosim ostida quyish. bosim ostida quyish usuli turli plastmassalar, polietilen, kapron va detallar tayyorlashda qo‘llaniladi. Quyish mashinasi- ning silindrida plastmassa zarur haroratgacha qizdiriladi va juda qovushqoq holatga keltiriladi. Shundan keyin plastmassa press-qolipga bosim ostida to‘ldiriladi. Buyum qotgach, qolip ochilib, tayyor buyum chiqarib olinadi. hozirgi vaqtda mavjud quyish avtomatlarida soatiga 2000 tagacha buyum ishlab chiqariladi. Bu usulda olingan buyumlar zich, tekis va aniqchiqadi.
    Bosimsiz quyish. bosimsiz quyish quyma buyumlar olishda ishlatila- di. plastmassaning tarkibiy qismlari aralashmasi suyuqlantiriladi va te- gishli qoliplarga quyiladi, qotgandan keyin qolipdan ajratib olinadi va ke- rakli qismlarga ishlov beriladi.
    Presslash. presslash usulida qizdirilgan press-qolip bo‘shlig‘iga tegish- li material solinib, bosim bilan bosiladi. Qizdirilgan press material qolip bo‘shlig‘ini to‘ldiradi va u qotgach bosim olinib, buyum ajratiladi.
    Payvandlash. Payvandlash usulida termoplastdan tayyorlangan detallar elektr-kontakt usulidan foydalanib ulanadi. Termoreaktiv plastmassalarni payvandlash esa yuqori chastotali tok yoki ultratovush orqali amalga oshi- riladi.

    Download 19.04 Kb.
    1   2   3   4




    Download 19.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ekstruziya – bu bosim ostida quyishning bir turi. to‘xtovsiz bosim berish natijasida truba, tola, plyonka olish mumkin. Puflab

    Download 19.04 Kb.