To‘ldirgichlar va plastifikatorlar




Download 19.04 Kb.
bet4/4
Sana09.06.2023
Hajmi19.04 Kb.
#71508
1   2   3   4
Bog'liq
AMALIY-1
Mavzu statik aniq sistemalar-fayllar.org

To‘ldirgichlar va plastifikatorlar.


To‘ldirgichlar. to‘ldirgichlar tarkibi jihatidan organik va anorganik to‘ldirgichlarga, strukturasi jihatidan esa tolali va donador (ba’zan kukun) to‘ldirgichlarga bo‘linadi. plastmassalar ishlab chiqarishda to‘ldirgichlar sifatida organik to‘ldirgichlardan – yog‘och kukuni, yog‘och selluloza- si, yog‘och shponi (yupqa taxtalar), paxta taramlari, ip-gazlama, sintetik tolalardan to‘qilgan mato; anorganik to‘ldirgichlardan – asbest tolasi va to‘qimasi, shisha tolasi, shisha tolasidan to‘qilgan mato, qisqa tolali as- best (kukun to‘ldirgich sifatida), kaolin, kvars kukuni, ohak va boshqalar ishlatiladi. plastmassalar tarkibiga kirgan to‘ldirgichlar ularning xossalarini yaxshilaydi, bundan tashqari, nisbatan arzon bo‘lgani uchun buyumlarni ar- zonlashtiradi.
Organik to‘ldirgichlar polimerlarni yaxshi singdiradi. Tolali to‘ldir- gichlar buyumlarning uzilishdagi va egilishdagi mustahkamligini oshiradi. anorganik kukun to‘ldirgichlar buyumlarning suvga va issiqqa chidam- liligini va qattiqligini oshiradi, ularning g‘ovakliligini va gidroskopikligini pasaytiradi.
Termoplastik smolalarga qo‘shiladigan plastifikatorlar ularning yumshash temperaturasini pasaytiradi, bu esa ularni qoliplashni osonlashtiradi. Plastifikatorlar sifatida hammadan ko‘proq yuqori temperaturada qaynovchi kichik molekular suyuqliklar: murakkab efirlar, xlorlangan uglevodorodlar va boshqalar ishlatiladi. Polimerlar plastifikatorlarni shimib bo‘kadi, bunda plastifikatorning molekular qatlamlari zanjiriy makromolekulalar atrofida joylashib, ular orasidagi bog‘lanishlarni zaiflashtiradi. Polimerning yum- shash temperaturasining pasayishi va uning shishalanishiga, ya’ni qizdiril- ganda shishasimon holatdan qovushqoq-oquvchan holatga va sovitilganda yana shishasimon holatga o‘tishining sababi ham ana shu.
Download 19.04 Kb.
1   2   3   4




Download 19.04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To‘ldirgichlar va plastifikatorlar

Download 19.04 Kb.