• Amaliy mashg`ulotdan ko`zlangan maqsad
  • Mavzu yuzasidan nazariy ma`lumotlar.
  • 5-Mavzu: Polimer materiallardan uy-ro’zg’or buyumlarini tayorlash usullari. Tayanch iboralar




    Download 1.28 Mb.
    bet1/7
    Sana01.09.2023
    Hajmi1.28 Mb.
    #80013
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    5 amaliy
    DILSHOD, BT 10-22 3-топшириқ, Eron arxiv ishi, sdvsdvds, 7. Amaliy mashg’ulot.Yog\'ochni quritish, Ishonchlilik nazariyasi va, BAHODIRJON O‘G‘LI, diskret tuzulmasi.mustaqil ish, tadbirkorlikda innovatsion faollikni tashkil etish va boshqarish (3), Kompyuter ta\'minoti fanidan yakuniy nazorat testi savollari, Ega,kesim va fe\'l 12.01.2024

    5-Mavzu: Polimer materiallardan uy-ro’zg’or buyumlarini tayorlash usullari.


    Tayanch iboralar: texnologiya, davlat ta`lim standarti, o`quv dasturi, polimer, plastmassa, preslash, ekstruziya, qoliplash, payvandlash, polimerlash, polikondensatsiya, termoplastik va termoreaktiv polimerlar, lok va bo`yoqlar, kauchuk, rezina, to`ldirgich, plastifikator.


    Amaliy mashg`ulotdan ko`zlangan maqsad: polimer materiallarning xossa va hususuiyatlarini hamda polimerlardan uy-ro`zg`or buyumlarini tayyorlash usullarini o`rgatishdan iborat.
    Tinglovchilar faoliyatini tashkil qilish bo`yicha yo`l-yo`riqlar.
    -polimer materiallardan uy-ro`zg`or buyumlarini tayyorlashda xavfsizlik
    texnikasi qoidalariga amal qilish;
    -uy-ro`zg`or buyumlarining texnologik xaritasini ishlab chiqish;
    -ish o`rnini tashkil qilish;
    -texnologik xaritada belgilangan ketma-ketlikda ishlarni tashkil qilish.


    Mavzu yuzasidan nazariy ma`lumotlar.

    1. Umumiy o`rta ta`lim maktablari texnologiya faniga yangi kiritilgan “Polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi” bo`limi to`g`risida umumiy ma`lumot O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi birinchi bosqich – maktab ta`limini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta`minlash zarur. Bu yo`lda hech narsani ayamaymiz. Ta`lim va tarbiya tizimining barcha bo`g`inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirish” kerakligini bejizga ta`kidlamaganlar.


    Bu esa o`quvchilarni aynan texnologiya fani darslarida texnik ijodkorlik qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida metall va metallmas materiallarga ishlov berish usullarini o`rgatish orqali kasb-hunarga yo`naltirishni ko`zda tutilgan.
    O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limining davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi 187-sonli Qarori bilan tasdiqlangan
    “Texnologiya” fanidan o`quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo`naltirilgan davlat ta`lim standarti va Xalq ta`limi vazirligining 2017 yil 3 iyundagi “Umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lim standarlari talablari asosida takomillashtirilgan o`quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to`g`risida”gi 190-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “Texnologiya” fanio`quv dasturiga 5-7 sinf “Texnologiya va dizayn” yo`nalishiga “Polimer materiallariga ishlov berish texnologiyasi” bo`limi yangidan kiritildi.
    5-sinfda “Texnologiya va dizayn” yo`nalishiga “Polimer materiallariga ishlov berish texnologiyasi” bo`limi bo`yicha 6 soat ajratilgan bo`lib, polimer materiallar to`g`risida ma`lumot (polimerlash, shtamplash, presslash); polimer materiallardan buyumlar tayyorlash texnologiyasi (sovundon yasash); polimer materiallardan uy-ro`zg`or buyumlarni tayyorlash (gul tuvak yasash) mavzulari kiritilgan.
    6-sinfda “Texnologiya va dizayn” yo`nalishiga “Polimer materiallariga ishlov berish texnologiyasi” bo`limi bo`yicha 6 soat ajratilgan bo`lib, plastmassa va uning turlari (rezinalar, to`ldirgichlar va plastifikatorlar); polimerlardan buyumlar tayyorlash usullari, gul tayyorlashni texnologik xaritasi va xavfsizlik texnikasi qoidalari, polimerdan uy-ro`zg`or, turmush, maktabda foydalaniladigan buyumlar tayyorlash, meva uchun taxtakach tayyorlash mavzulari kiritilgan.
    7-sinfda “Texnologiya va dizayn” yo`nalishiga “Polimer materiallariga ishlov berish texnologiyasi” bo`limi bo`yicha 6 soat ajratilgan bo`lib, polimerlar va metallarning birikmalaridan hosil bo`lgan konstruksiyalar; kauchuklardan buyumlar tayyorlash texnologiyasi; polimerlar va metall birikmalardan buyumlar tayyorlash (xokondoz yasash uchun eskiz chizish, texnologik xarita tayyorlash, xom ashyoga eskizni tushirish, qirqish, yelimlash, pardozlash, ishni yakunlash, ish o`rnini yig`ishtirish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish) mavzulari kiritilgan.



    Download 1.28 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 1.28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-Mavzu: Polimer materiallardan uy-ro’zg’or buyumlarini tayorlash usullari. Tayanch iboralar

    Download 1.28 Mb.