Dimedrol shamchasini tayyorlash texnologiyasi Maqsad




Download 34.5 Kb.
bet1/2
Sana20.08.2023
Hajmi34.5 Kb.
#79102
  1   2

Dimedrol shamchasini tayyorlash texnologiyasi 
Maqsad. Shamchalar tayyorlash texnologiyasi va sifatini baholash usullarini o’zlashtirish.
Mavzuning ahamiyati. Ta‟sir darajasining kengligi va tezligi shuningdek, ishlatilishining
qulayligi bilan shamchalar TDV orasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ularni ishlab chiqarishni korxona sharoitida tashkil etish esa bu dori turiga bo’lgan ehtiyojni qondirishda katta amliy ahamiyatga egadir.
Shamchalar (lotincha — suppositoria so’zidan olingan bo‘lib, joylashtirmoq, o‘rnatmoq degan ma’nolarni bildiradi) dori moddasi va shamcha asosidan tashkil topgan yumshoq dori shakli bo‘lib, eramizdan oldingi 2600 yildan boshlab, Misr va Messopatamiya xalqlari tomonidan o'simlik va xayvon yog’laridan shuningdek, asal, o‘simlik, sharbatlari va mumlardan shamcha sifatida foydalanib kelinganligi haqidagi ma’lumotlar qadimiy yozuvlarda ya’ni Ebers papiruslarida o‘z aksini topgan. Qadimiy grek tibbiyotining namoyondalari Gippokrat va Dioskaridlar kelib chiqishi nuqtai-nazaridan turli tabiiy xom ashyolar (asal, moylar, mum, o‘simlik sharbatlari va boshq.) asosidagi shamchalardan amaliyotda foydalanganlar.
Shamchalar - xona haroratida qattiq, tana haroratida suyuqlanuvchi yoki eruvchi, tarkibida bir yoki ikki, ba’zan undan ham ko‘p dori mod­dasi va yordamchi moddalar saqlagan, dozalarga boliingan dori turi bo‘lib, asosan tananing bo‘shliqlariga qo’llash uchun mo’ljallangan bo‘ladi.
Shamchalar ishlatilishiga qarab quyidagicha tasniflanadi:
rektal shamchalar (Suppositoria rectalia) to‘g‘ri ichak uchun mo‘ljallangan;
vaginal shamchalar (Suppositoria vaginalia) bo‘shliqlarga ishlatish uchun mo‘ljallangan;
tayoqchalar (Bacilli) siydik chiqarish yo‘llari, bachadon bo‘yin kanallari va boshqa yaralar oqibatida paydo bo‘lgan tanadagi teshik yo‘llarga qo’llash uchun mo‘ljallangan.
Ta’sir qilish mexanizmiga ko’ra shamchalar mahalliy (lokal) va rezorbtiv (tizimli) ta’sirga ega bo‘lgan shamchalarga bo‘linadi.
Keyingi yillarda shamchalami korxona sharoitida ishlab chiqarilish ko‘lami boshqa dori shakllariga qaraganda bir muncha ortdi. Sababi bu dori turi og‘iz orqali qabul qilinadigan boshqa dori turlariga qaraganda farmakologik ta’sirining tezroq yuzaga chiqishi, ya’ni to’g‘ri ichak orqali dori turi tarkibidan dori moddasini tezroq so‘rilishi va qon tarkibiga o'tishidadir. Bu dori turining ta’sir qilish tezligi, inyeksion dori turining so‘rish tezligiga yaqinlashmoqda. Shuningdek, og‘iz orqali qabul qilinadigan dori turlariga o‘xshab, oshqozon ichak traktida va jigarda hech qanday fermentativ ta’sirlarga uchramasligi, bu dori turining asosiy yutug‘idir.
Rektal shamchalarning diametri 1,5 sm gacha bo‘lib, shakli konus, silindr, torpedo yoki sigaretsimon, bitta shamchaning o‘rtacha og‘irligi 1,1 g dan 4 g gacha bo’ishi mo’mkin. Uzunligi esa 2,5 sm dan 4 sm gacha, shuningdek bolalar uchun mo‘ljallangan shamchalarning o‘rtacha og‘iriligi 0,5-1,5 g oralig‘ida bo'ladi.
Vaginal shamchalar sferik (globuli), tuxumsimon (ovula) va tilsimon (pessaria) bo‘lib, bitta vaginal shamchalarning o‘rtacha og'irligi 1,5-6 g oralig‘ida bo‘ladi.
Tayoqchalar o‘tkir uchli, silindrsimon shaklli bo‘lib, uning diametri 2-5 mm, uzunligi esa 10 sm gacha bo‘lishi mumkin.
Shamchalar fizik-kimyoviy tuzilishi jihatidan dispers tizimli bo’lib, disper muhit (asos) va dispers faza (dori moddasi) dan iborat. Dori moddasining fizik-kimyoviy xususiyatlariga ko‘ra shamchalar har xil dispers tizimlarni hosil qilishi mumkin.
Agar dori moddasi asosda erisa gomogen tizimli, agar erimasa geterogen tizimli (emulsion yoki suspenzion) shamchalar hosil bo‘ladi.



Download 34.5 Kb.
  1   2




Download 34.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dimedrol shamchasini tayyorlash texnologiyasi Maqsad

Download 34.5 Kb.