Reja: I. Kirish




Download 73.68 Kb.
Sana20.04.2024
Hajmi73.68 Kb.
#202025
Bog'liq
1. Materialshunoslik. Detallar va ularning turlari. Ishlov beris-fayllar.org
35 talik YANGI, Avans, talab va taklif, taqdimot betlik, Suvvvvvvv, SINXRON MOTORNING MEXANIK XARAKTERISTIKASINI QURISH, Moliyaviy hisobot mazmuni funksiyalari va turlari Mutalipov Nomonjon, Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik adolat va tolerantlik, COMBINATION OF PHILOSOPHY OF HISTORY AND HISTORY OF PHILOSOPY, otabek, BETLIKLAR POLITEX, ABT NI UMUMIY TAVSIFI VA ASOSIY MASALALAR, Системы управления, Предмет метрологии, стандартизации, сертификации и контроля качества., Генераторы тока переменного и постоянного

1. Materialshunoslik. Detallar va ularning turlari. Ishlov berish


Reja:
I.


Kirish.
II.
Asosiy qism.
1. Materialshunoslik.Detallar va ularning turlari.Ishlov berish
2. Plastmassa turlari va ishlatilish sohasi.
3. Rezina materiallari
4. Yog’och turlari va yog’ochga ishlov berish texnologiyasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish
Biz bu referatimizda materilashunoslik va uning turlari haqida malumot ga ega


bo’lamiz.Materiallar odatda uchta asosiy guruhga bo‘linadi. Bular metallar,
keramika va polimerlar. Bunday bo‘linish moddaning atomlar tarkibi va kimyoviy
tuzilishiga asoslanadi. Ko‘pgina materiallarni u yoki bu guruhga kiritish mumkin.
Bundan tashqari, keltirilgan ikki yoki uchta guruhga taalluqli materiallar tarkibida
kompozitlar mavjudligini ham aytib o‘tish lozim. Materiallarning yana bir turi
zamonaviy maxsus materiallar (advanced) bo‘lib, ular yuqori texnologiyali (high-
tech) sohalarda qo‘llash uchun yaratiladi bularga yarimo‘tkazgichlar, biologik
materiallar, nanotexnologiyalarda ishlatiluvchi “aqlli” (smart) material va
moddalar kiradi. Elektr asbob-uskunalarini ishlab chiqarishda injenerlik
masalalarini hal qilishda materiallar asosiy zveno hisoblanadi va bu materiallar
elektroteхnik materiallar (ETM) deb ataladi. Kuch qo‘yilgan konstruksiyalarni va
yordamchi detal va qismlarni yasash uchun ishlatiladigan materiallarga
konstruksion materiallar (KM) deyiladi. Hozirgi zamon elektr asbob-uskunalari
juda ko‘p har хil ETM va KMlarda yasalgan murakkab qurilmalardir. Bu
materiallar elektrik, meхanik, teхnologik va ma’lum talab qilingan kimyoviy
хossalarga ega bo‘lishi kerak. Bu хossalar materiallarning kimyoviy 4 tarkibiga va
tuzilishiga, tashqi kuchlar ta’siriga, haroratiga, tashqi va energetik maydonlar
ta’siri intensivligiga (elektr maydoni kuchlanishi va chastotasi, harorati va h.k)
bog‘liq. ETM va KMlarning asosiy хossalarini bilmasdan turib, bularni elektr yoki
magnit maydoniga joylashtirilganda ularda sodir bo‘ladigan fizikaviy va kimyoviy
hodisalarni hamda materiallarni kimyoviy tarkibi va tuzilishi bilan bog‘liqligini
bilmasdan, elektroteхnik asbob-uskunalarni loyihalash va ishlab chiqarish mumkin
emas. Shuning uchun materialshunoslik fanining asosiy vazifasi quyidagilardan
iborat: 1) Materiallarga elektr maydoni, magnit maydoni, issiqlik maydoni va
meхanik kuchlar ta’sir qilganda ulardagi o‘tayotgan asosiy fizikaviy jarayonlarni
o‘rganish. 2) Materiallarni elektrik, meхanik va boshqa хossalarini ularning
kimyoviy tarkibiga va tuzilishiga bog‘liqligini o‘rganish. 3) Elektr asbob-



uskunalarini ishlab chiqarishda eng ko‘p qo‘llanilayotgan materiallarni yoritish va


ular bilan tanishish. Elektr asbob-uskunalari uchun materiallarni faqat elektrofizik
хossalari emas, balki fizik-meхanik, kimyoviy хossalari (mustahkamlik, qattiqlik,
issiqbardoshligi, sovuqqa chidamliligi va h.k.) ham hisobga olinadi. Materiallarni
tanlashda
ularni
iqtisodiy
tomonlari
(tannarxi)
ham
hisobga
olinishi
lozim.Qo‘yilgan talablarga javob beradigan yangi materiallarni mahalliy xomashyo
va energiya resurslaridan foydalanib, yangi teхnologiyani yaratish maqsadga
muvofiq. Oxirgi vaqtlarda mutaxassislar tomonidan bajarilgan ishlarining uchdan
bir qismi oldindan belgilangan xossalari materiallarni yaratishga bag‘ishlangan.
Shuning uchun yangi materiallarni yaratish yuqori darajada o‘sib bormoqda.
Zamonaviy konstruktor (umuman injener-texnik xodim) bu yangi materiallar
xossalarini imkoniyatlarini va istiqbollarini yaxshi bilishi lozim.



1. Materialshunoslik.Detallar va ularning turlari.Ishlov berish


Usullarning umumiy tasnifi. Detalning barcha geometrik va fizik
mexanik xususiyatlarini talab darajasida ta’minlash uchun ishlov berishning
turli usullaridan foydalaniladi. Ularga o‘tkir (qirqish), abraziv (tirnovchi)
asbob yordamida ishlov berish, yuzaga plastik deformatsiyalab, elektrofizik,
elektroximik, issiqlik energiyasidan foydalanib ishlov berish va boshqalar
kiradi.
Detallarga ishlov berishda dastlab ishlov berish bilan oxirida toza ishlov
berishga qadar bo‘lgan bosqichlarda pripusklar bosqichma-bosqich
kamaytirib boriladi va oxirgi toza ishlov berishda xattoki yuzadan metall
qoplamasini olish, yuzada bo‘lgan g‘adir-budirliklarni tekislash hisobga
amalga oshirishi ham mumkin. Zagotovkaga ishlov berish quyidagicha
ketma-ketlikda bo‘lish kerak: yuzani sidirish, qora ishlov berish, yarim toza,
toza, nozik ishlov berish va pardozlash.
Sidirish (obdirka) 16-17 kvalitetda olingan yirik quyma va yasama
zagatovkalarga ishlov berishda qo‘llaniladi. Bu ishlov berish qo‘pol
zagatovkalarning yuzalari shakli va o‘zaro joylashishda bo‘ladigan
xatoliklarni kamaytiradi, o‘lcham aniqligini 15-16 kvalitetga, yuza g‘adir-
budirligini esa Ra 100ga etkazadi.
Qora ishlov berish sidirib ishlov berilgan, 2-3 guruh aniqlikda
shakllangan, 15 -kvalitet aniqligida olingan quyma zagatovkalarga ishlov
berish uchun qo‘llaniladi. Ishlov berish aniqligi 12-16 kvalitet oralig‘ida
yuza g‘adir-budirligi Ra-100-25 mkm oralig‘ida bo‘ladi.
(A) Avtomobillarda qollanadigan, tipik kulrang-choyan toqimalar, uzatib
berish korpusi (chapda) va disksimon tomoz silindrlik rotor (oldinda).
Manba: General Motors Markaziy Quyma boliminig jamiyati tomonidan . B)



Olympus E-3 kamerasi uchun quyulgan magniy korpus; Manba: Olympus


Inc tomonidan. (c) Uzatish qutusining quyilgan korpusi, (d) Avtomobil turbo
kompressorlari uchun quyilgan aluminiy g’ildiraklar. Manba: (c) va (d)
Amerika quyma ishlab chiqarish jamiyati tomonidan taqdim etilgan.
Yаrim
toza ishlov berish zagatovkalardan qora ishlov berishda pripusk to‘liq
olinmaganida qo‘llaniladi. SHuningdek ishlov berish aniqligiga yuqori
talablar qo‘yilgan paytda, va natijada har bir ishlov berish uchun ajratilgan
pripusk qalinligini kamaytirish zaruriyati tug‘ilganda yarim toza ishlov
berish operatsiyasi kiritiladi. Bu usulda ishlov berish aniqligi 11-12 kvalitet
bo‘lib, yuza g‘adir-budirligi Ra 50-12,5 mkm bo‘ladi. Toza ishlov berish
detal yuzalarining aniqlik darajasi 8-11 kvalitet, yuza g‘idir-budirligi Ra
12,5-2,5 mkm oralig‘ida me’yorlangan holatlarda oxirgi ishlov berish turi
hisobida qo‘llanilishi mumkin. Bu usul yuqori aniqlikda qo‘yib yoki aniq va
boshqa usullar yordamida aniq olingan zagatovkalar uchun ham yagona
ishlov berish usuli sifatida qo‘llanishi mumkin.Toza ishlov berish shuningdek
nozik yoki pardozlash ishlov berishlaridan oldingi oraliq ishlov berish usuli
sifatida ham qo‘llaniladi.Nozik ishlov berishda yuzaning aniqlik va sifat
ko‘rsatkichlari yuqori darajada shakllangan bo‘ladi. Juda kichik pripusk va
uzatishlari evaziga geometrik parametrlar yuqori aniqlikda olinishiga
erishiladi. Po‘latdan tayyorlangan detalga ishlov berish aniqligi g‘adir-
budirlik bo‘yicha Ra 0,63-2,5 mkm bo‘ladi.
Pardoz ishlov berish (finish) asosan yuza g‘adir-budirligini talab
darajasiga tushirish uchun qo‘llaniladi. O‘lcham aniqliklariga bu ishlov
berish deyarli ta’sir etmaydi. Odatda oldingi ishlov berish qo‘yimi
oralig‘ida bajariladi. Har xil usul va materiallardan foydalanib pardozlash
ishini bajarishda yuza g‘adir-budirligi Ra=0,16-0,63 mkmga etkazilishi
mumkin.



Mexanik ishlov berishning toza ishlov berish va undan keyingi


bosqichlarda qo‘llaniladigan usullarini o‘rganish e’tiborga loyiqdir chunki
bu bosqichlarda qo‘llaniladigan usul, uning bajarilishi tartibi detal sifatining
shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.O‘tkir asbob yordamida
ishlov berish odatda material nisbatan yumshoq (qattiqligi NRS45 gacha
bo‘lganida qo‘llaniladi, qattiq material bo‘lganida HRC 45 dan katta) abraziv
(tirnov toshlar) asboblar yordamida detallarni qirqib ishlov beriladi.
Nozik qirqish podshipniklar o‘rnatiladigan teshiklarga, uzatish
korobkasi teshiklariga, orqa ko‘prik, shatun teshiklariga dvigatel silindlariga
ishlov berishda keng qo‘llaniladi. Bu usulda tashqi yuzaga ishlov berish
nisbatan kam tarqalgan bo‘lib, misol tariqasida porshenlarga ishlov berishni
ko‘rsatish mumkin.
Nozik
qirqish
xoningovka,
superfinish,
polirovka
(jilvirlash)
operatsiyalaridan oldin tez aylanuvchi shpindelli (10-15 ming ob/ min)
stanoklarda amalga oshiriladi.
Bu jarayonda stanokning radial urilishi 0,005 mmdan oshmasligi kerak.
Qirqish asboblari qattiq qotishma, olmos, elibor kabi yuqori chidamlikga
ega bo‘lgan materiallardan tayyorlanadi.
Nozik frezalash asosan tekis yuzalarga tugal frezalar yordamida ishlov
berishda qo‘llaniladi. Bu usuldan ochiq tekis yuzalarga ishlov berishda
foydalaniladi.
Jarayon davomida qirqishda ishtirok etmaydigan tishlarining ishlov
berilgan yuza bilan kontaktda bo‘lmasligini ta’minlash maqsadida frezani
yuzaga nisbatan 0,0001 birlikga teng qiyalik bilan o‘rnatiladi. Ishlov berish



pripuski 0,2-0,5 mm bo‘ladi. Tekisliklar chetga chiqish 0,02-0,04 mm/ m


bo‘ladi, g‘adir budirlik Ra=-0,63-2,5 bo‘ladi.
Tashqi ishlov berish tekisliklarga, bezak yuzalarga, tishlarga ishlov
berishda keng qo‘llaniladi. Ichki silliq teshiklarga ishlov berishda 6-9
kvalitet, Ra0,63-2,5 mkm bo‘ladi. Toza tortib o‘tkazishda tishlar ko‘tarilishi
0,02-0,04 mm bo‘ladi. Bu usul yuqori ish unumdorligiga ega bo‘lib seriyali
va ommaviy ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.
Proshivanie - tortib o‘tkazishdan faqat ishlov berish asbobining kaltaligi
(proshivka) bilan farqlanadi. Ishlov berish asbobi teshikdan press yordamida
bosib o‘tkaziladi. Bu oxirgi ishlov berish usuli bo‘lib, u yordamida har
qanday shakli teshiklarga ishlov berish va 6-kvalitet, Ra 0,63-1,25 mkm
aniqlikni olish mumkin bo‘ladi.
Abraziv (tirnovchi ) asbobda ishlov berishning quyidagi turlari mavjud:
silliqlash (shlifovanie), xoninglash, pritirka (ishqalash), polirovka (jilvirlash),
superfinish, mikrofinish.
SHlifovka (silliqlash) dastlabki va oxirgi ishlov berish usuli sifatida
mashinasozlikda keng qo‘llaniladi. 5-7 kval. Ra 0,08-1,25mkm . Ishlov
berishda aylanma, tekis, markazsiz, tashqi va ichki silliqlash stanoklari
qo‘llaniladi.
Sidirib silliqlash qora ishlov berish usuli bo‘lib, quyib yoki issiq
shtamplab tayyorlangan detallarda tayanch yuzalarni olish uchun ishlatiladi.
Pripusk 1 mm va undan ortiq bo‘lib, segmentatsimon qattiq donali (80-125)
kruglardan foydalaniladi. (Ra 1,25-2,5)
O‘lchovli silliqlash ishlab chiqarishda bir yoki ikki operatsiyada amalga
oshiriladi. Agar pripusk 0,2-0,6 mm/diametrga bo‘lsa 1 operatsiyada, 0,6-08



mm/diametr bo‘lsa, 2 operatsiyada amalga oshiriladi. Ishlov berishga yuqori


talab qo‘yilganida (pripusk 0,04-0,08 mm) nozik silliqlashdan foydalaniladi.
Silliqlanish sifatiga krug donalari maydaligi bevosita ta’sir qiladi.
Dastlabki silliqlashda krug donalari 40-80 bo‘lib, yuza Ra 0,63-1,25
yakuniy silliqlashda K-donalari 12-40, yuza Ra0,16-0,63 nozik siliqlashda
donalari 6-10 yuza Ra 0,08 bo‘ladi. Silliqlashda krugining boshqa
ko‘rsatkichlari ishlov beriladigan detal materiallining fizik-mexanik
xususiyatlariga bog‘liq ravishda tanlanadi.
Hozirgi paytda yuzaga ishlov berish uchun abraziv donali krug bilan bir
qatorda olmosli va e’lborli, metall va organik asosli kruglar ham qo‘llaniladi.
Bu kruglarda qirquvchi donalar krugning tashqi yuzasida 1,5-2,5 mm
qalinlikda qoplangan bo‘ladi. Metall asoslari dastlabki ishlov berishda,
organik asoslashlari nozik silliqlashda qo‘llaniladi.
Nozik silliqlashda juda yupqa metall qoplama (0,005 mkm) olinadi.
Qirqish tezligi 30-40 m/s mahsulot harakat tezligi 20m/min. Dastlabki aniqlik
6-8kv bo‘lsa ishlov berish aniqligi 5-6 kv bo‘ladi.
Nozik silliqlash yuza shaklni to‘g‘irlashda ham sezilarli rol o‘ynaydi.
Kruglarni to‘g‘irlash olmas donalari yordamida, olmos qatlam, olmos
rolik, olmos plastinka yordamida amalga oshiriladi.
Xoninglash teshik yuzasiga yuqori aniqlikda ishlov berishni ta’minlaydi,
lekin
yuzaning
boshqa
yuzalariga
nisbatan
joylashishi
xatoligini
yo‘qotmaydi. Bu jarayon maxsus qirqish asbobi (xon) yordamida amalga
oshiriladi. Xon har tomonga tekis harakatlanuvchi bruslar yordamida detal
yuzasiga ishlov beradi. Xonning o‘z o‘qi atrofida va u bo‘ylab
harakatlanishi, ishlov berilgan yuzada qirqish asbobining donachalarining



to‘rsimon izi hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu xol detal ishlaganida moyning


yuzada yaxshi ushlanib turishiga imkoniyat yaratadi. Bu usulda avtomobil va
traktor silindrlari, g‘ilindr bloklaridagi vkladish osti teshiklariga ishlov
beriladi. Ishlov berish pripuski oldingi ishlov berish turiga qarab 0,08-
0,005mm bo‘ladi (diametrga). Ishlov berish aniqligi 4-6 kvalitet Ra 0,16-
0,04 mm bo‘ladi.
Pritirka, -5 kvalitet va undan ortiq aniqlikdi ishlov berishda qo‘llaniladi.
Silindr yuzalariga ishlov berishda diametr aniqligi 1 mkmgacha, tugal-paralel
plitkalarda 0,05 mkm bo‘ladi. G‘adir-budirlik Ra 0,1 bo‘lishi mumkin.
Pritirka erkin abraziv zarrachalarining bog‘lovchi suyuqliklar bilan
aralashmasida (pasta yoki boshqa ko‘rinishda yuzaga ta’sir etadi). Pritir
yordamida bajariladigan bu operatsiyada juda kammiqdorda o‘lcham
o‘zgaradi. SHuning uchun bu usulda ishlov beriladigan yuza dastlab
6-kvalitetda Ra-1,25-0,32 darajada ishlov berilgan bo‘lishi kerak. Bu usulda
har xil shaklga ega bo‘lgan yuzalarga ishlov berish mumkin. Olinadigan
qoplamasiga bog‘liq holda pritirka 1,2 yoki 3 operatsiyada bajariladi. Dastlab
diametrga 0,02-0,005 mm olinsa, oxirida 0,005 mm dan kam olinadi.
Operatsiya ishlab chiqarish turiga qarab qo‘lda va stanokda bajarishlishi
mumkin.
Bu jarayon qattiq abraziv donalar yordamida tirnab ishlov berish,
nisbatan yumshoq abraziv donachalar yordamida tirnamasdan ishlov berish
va ximik aktiv pastalar bilan ishlov berish (pasta goi) turlariga bo‘linadi.
Bog‘lovchi suyuqlik sifatida mineral yog‘, kerosin va xokazolar qo‘llaniladi.
Super finishda ham abraziv brusoklar qo‘llaniladi. Qirqish asbobi ishlov
berilayotgan yuzaga 0,05-0,3 MRa (0,5-30 kt/sm3/ bosimda bosiladi.



Ishlov berish dastlabki ishlov berish qo‘yimi chegarasida amalga


oshiriladi. Ra=0,2-0,025 mkm. (tayanch yuza 12 -20dan 80-90%ga) oshadi,
deformatsiyalangan metall qalinligi 2-3 mkm bo‘ladi. Superfinish
shlifovkadan, nozik yo‘nishdan va boshqa ishlovlardan keyin beriladi.
Mikrofinishirovaniening superfinishirovaniyadan farqi shundaki, yuzaga
ishlov berish pretsizion bo‘lib detalning o‘lchovini ham talab darajasidagi
aniqlikga olib chiqadi. Bu asosan ishlov berishda brusoklarning yuzaga
yuqori bosimda ta’sir qilishi hisobiga erishiladi.
Polirovka-detal yuzasini jilvirlashda qo‘llaniladi. Erkin abraziv
zarrachalar ishlov beriluvchi yuzaga yuborilib voylokdan tayyorlangan krug,
fetr, qayish va boshqa materiallar bilan yuzaga bosiladi. (Ra=0,32-0,012
mkm).
Plastmassalar haqida asosiy ma’lumot.Plastmassa - plastik (yunon.
qayishqoq) va massa (lot. yumaloqlangan narsa) so‘zlarining birikmasidan
tashkil topgan. Albatta, bu so‘z shartli tushunchaga ega. Birinchi kashf
qilingan plastmassalar bostm va qizdirish natijasida muayyan shaklga
aylanib, sovigandan keyin tashqi muhit ta’sirida ilgarigi holatiga qaylolmas
edi. Keyinchalik issiqlik ta’sirida qayta ishlanadigan plastmassalar ham ixtiro
qilingan. Jahonda birinchi bo‘lib plastmassa - selluloidni 1856- yili ingliz
kimyogari Aleksandr Parkes ixtiro qilgan.
2.Plastmassa turlari va ishlatilish sohasi.
Plastmassalar deb siyrak molekulali suyuq smola yoki sintetik kukunlarni
maxsus texnologik usulda ishlab olingan zich molekulali qattiq va egiluvchan
ashyolarga aytiladi. Bu ashyolarning eng muhim xossalaridan biri, ulardan
yuqori haroratda xoxlagan shakldagi buyumlar ishlash mumkinligidir.
Plastmassadan to‘ldirgichsiz va to‘ldirgich qo‘shib ishlangan juda zich
buyumlar, ko‘p kavakli yoki tolali engil ashyolar, temir va oynasimon



plastiklar, sirti chiroyli qilib ishlangan qoplamabop o‘rama ashyolar, havo


o‘tkazmaydigan to‘qimalar, shuningdek, emulsiya, elim, mastika (bo‘tqa) va
tolalar juda ko‘plab ishlab chiqariladi. Plastmassalarning bunchalik keng
tarqalganligiga sabab shuki, ular tabiiy ashyolarga ko‘ra yuqori sifatli hamda
qurilish uchun juda qimmatli xossalarga ega. SHunday xossalardan biri uning
yuqori mustahkamligi va hajmiy og‘irligining kichikligidir. SHu bilan birga
agressiv muhitga chidamliligi, issiqni kam o‘tkazishi, elektr tokini
o‘tkazmasligi va tashqi ko‘rinishining chiroyliligidir.
Zich molekulali birikmalar bir necha yuz mingdan ortiq atomlardan tashkil
topgan. Bunday birikmalardagi yirik molekulalardan tuzilgan o‘lcham birligi
ko‘p marta qaytarilgan holatda joylangan bo‘ladi. Siyrak molekulalardan zich
molekulalarga o‘tish jarayoni polimerizatsiya deb ataladi. Uning darajasi
yirik molekulalardagi tuzilish o‘lcham birligining soniga bog‘liq. Siyrak
molekulali birikmalardagi molekulalar og‘irligi 500 dan yuqori emas. Siyrak
va zich molekulali birikmalar o‘rtasidagi moddalarni oligomerlar deb ataladi.
Tabiatda uchraydigan sellyuloza, ipak, jun, tabiiy kauchuk, kaxrabo va
boshqalar zich molekulali birikmalarga kiradi. Bundan ikki asr oldin tabiiy
kauchukni oltingugurt bilan qizdirib rezina olingan. Nitrotsellyulozani
kamfara bilan qayta ishlab sellyuloid deb ataluvchi birinchi plastmassa ishlab
chiqildi. SHuningdek, oqsil (kazein) moddadan galalit plastmassasini olishga
erishildi.
Polimerizatsiyalangan polimerlar (polistirol, polietilen, poliizobutilen,
polimetilmetakrilat va h.k.) molekulalari bir necha bor bog‘langan
monomerlardan olinadi. Polimerizatsiya jarayonida monomerdagi bog‘langan
kichik molekula tugunchalari echiladi va moddaning boyashang‘ich
molekulalarida erkin valentlar hosil bo‘lib yirik molekulalar bilan birikadi.
Reaksiya jarayonida monomerdagi atom ajralib chiqib ketmaydi. SHu
sababli, monomer bilan polimerlarning kimyoviy tarkibi bir xildir.
Polikondensatsiyalangan polimerlar (fenol-aldegid, epoksid, mochevina-
formaldegid, poliefir vah.k.) asosiy moddadagi funksional guruxlar orasidagi
kimyoviy birikish natijasida hosil bo‘ladi. Birikish jarayonida molekulalar
parchalanadi va erkin holatda suv, xlorli vodorod, ammiak va boshqa
qo‘shimcha moddalar ajraladi. SHu sababli, siyrak molekulali boshlang‘ich
modda bilan zich molekulali polimerning kimyoviy tarkibi har xil bo‘ladi.



Polimerlardagi bu ikki xususiyat ularni ikki guruhga bo‘ladi: termoplastik va


termoreaktiv polimerlar.
CHiziqli polimerlarni – termoplastik, fazoviy tuzilishdagilarni esa
termoreaktiv polimerlar deb ataladi. Fazoviy pishiq sinchli polimerlarning
molekulalararo kovalent bog‘lanish mustahkamligi, ularning ichki qismidagi
molekulalarning birikish mustaxkamligiga teng. Bunday bog‘lanishlarni
o‘zaro buzish uchun yuqori harorat kerak bo‘ladi.
Plastmassalarning asosiy xossalari
Plastmassalarning hajmiy og‘irligi 8 dan 2200 kg/m
3
gacha bo‘ladi, ya’ni
oshrligi alyumindan 2 marta, po‘lat, mis va qo‘rg‘oshindan 5–10 marta engil,
mustahkamligi esa yuqori. To‘ldirgichlar qo‘shib ishlangan murakkab
plastmassa listlaridan tekstolitning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamlik
chegarasi 150 MPa gacha bo‘lsa, yog‘och tolasi qo‘shib ishlangan
plastmassaniki 350 MPa gacha, SVAM niki (tolali shishasimon anizotron
ashyolar) esa 470–950 MPa gacha bo‘ladi. Agar taqqoslansa, markasi St-3
bo‘lgan po‘latning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 450–480 MPa ga
teng, xolos.
Ilmiy izlanishlar natijasida hozir magnit xususiyatiga ega bo‘lgan,
shuningdek, tok o‘tkazuvchan hamda yarim o‘tkazuvchan plastmassalar ham
olinmoqsa. YUqori mustahkam hamda zararli muhitga chidamli bo‘lgan
polimer-sement va plast-betonlar qurilishda ko‘plab ishlatilmoqsa. Ularni
olishda bog‘lovchi modda o‘rniga smola bilan qorishtirilgan sement
ishlatiladi. Organik smolalar sanoatda loklar, chidamli bo‘yoqlar, gidrofob
suyukliklar va sintetik elimlar olishda qimmatli hisoblanadi.
Plastmassaning Qurilish materiallari sifatidagi kamchiligi ularning issiqqa
uncha
chidamli
emasligi
(60–400°S
gacha),
issiqdan
kengayish
koeffitsientining kattaligi va yonuvchanligidir. Ko‘p plastmassalar past
haroratda egiluvchanlik xususiyatini yo‘qotib, mo‘rt bo‘lib qoladi. Bulardan
tashqari, plastmassalar oddiy haroratda ham egiladi. Bu xususiyat ulardan
konstruksiyalar ishlashga imkon bermaydi. Ko‘pgina termoplastik
plastmassalarning mustahkamligi harorat ta’sirida kamayadi.



Plastmassalarning


kamchiliklari.Plastmassa
yonuvchanligi,
mo‘rtligi,
ayrimlarining tez eskirishi, yoqimsiz hidi, ba’zan esa fenol yoki shunga
o‘xshash zaharli moddalar ajratib chiqarishi ularning asosiy kamchiligi
hisoblanadi. Plastmassalar ishlab chiqarishda monomerlar va polimerlarning
birikmay qolishi – destruksiyasi (eskirishi davrida erkin ajralib chiqadigan
plastifikatorlar) odam organizmi uchun zararlidir. Odatda, plastmassa olish
jarayonida uning qotish reaksiyasi ko‘pincha nihoyasiga etmaydi va ashyoda
hamma vaqt erkin holatda monomerlar saqyaanib qoladi. Bular esa o‘z
navbatida zararli bo‘lib, inson organizmiga salbiy ta’sir etadi.
Plastmassalar shaklini qayta tiklanishi bo‘yicha termoplast va reaktoplast
turlariga bo‘linadi. Termoplast plastmassalarning (masalan, polietilen,
polivinilxlorid, polistirollarning) molekulalari bo‘ylama joylashganligi
sababli issiqlik ta’sirida shaklini o‘zgartiradi. Ya’ni ulardan qilingan
buyumlar chiqindilarini qayta ishlash mumkin. Reaktoplastlarning (masaian,
aminoplast va ftoroplastlarning) molekulalari to‘rsimon joylashganligi
sababli ularni qayta ishlab bo‘lmaydi.
Plastmassalar arzonligi va ba’zi xususiyatlari bo‘yicha boshqa materiaUardan
qolishmasligi sababli, ishlab chiqarishda ko‘p qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda
ishlab chiqarilayotgan materiallarning 20%ini plastmassa tashkil qiladi.
Lekin
ular
parchalanmasligi
tufayli
atrof-imihitni
ifloslaydi,
o‘simliklartomirlarini oziqlanishiga to‘sqinlik qiladi va gidrofobligi (suv
shimmasligi) uchun organizmga zarari bor.
Metallmas materiallarning asosiy tarkibiy qismlari yuqori molekular
bolg‘alanish (polimer)lardan iborat bo‘lib, katta molekular massaga ega
bo‘lgan murakkab moddalardir. 58 Sun’iy ravishda tayyorlangan muayyan
harorat va bosim ostida plastik xossalarga ega bo‘lgan materiallar
plastmassalar deyiladi. Polimerlar, odatda, bir necha mingdan tortib bir necha
milliongacha bo‘lgan birikmalardir. Polimer tabiiy (natural kauchuklar, jun,
iðak, selluloza, oksidlar, tabiiy smolalar va boshqalar), sun’iy (tabiiy
polimerlarni qayta ishlash natijasida olinadi), sintetik (fenolformaldegidli va
karbomidli smolalar, polietilen, polistirol, poliamidlar, epoksidli smolalar) va
boshqalar. Plastmassalarni tarkibiga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin: 1)
oddiy plastmassalar, bular bir necha komponentlardan iborat bo‘ladi:
pleksiglas, polistirol, polietilen; 2) murakkab plastmassalar, bular bir necha
komponentlardan iborat bo‘lib, ularning har biri ma’lum funksiyani bajaradi



(fenoplastlar,


ftoroplastlar,
tekstolitlar,
stekloplastlar).
Murakkab
plastmassaning tarkibida juda ko‘p komponentlar bo‘lishi mumkin. Bu
komponentlar ma’lum bir funksiyaga mo‘ljallangandir. Masalan, bog‘lovchi
moddalar plastmassa tarkibidagi ayrim zarrachalarni o‘zaro bog‘lashga
xizmat qiladi. Bog‘lovchi moddalar sifatida smolalar, bitumlardan
foydalaniladi. To‘ldirgichlar plastmassalarning kimyoviy xossalarini
yaxshilaydigan va narxini arzonlashtiradigan moddalardir. Ularning vakillari
sifatida yog‘och qiðig‘i, qog‘oz va h.k.lar ishlatiladi. Plastifikatorlar, asosan,
plastmassalarning tarkibiy qismi bo‘lib, ularning plastikligini oshirishga
xizmat qiladi. Katalizatorlar esa polimer moddalarning qotish jarayonini
tezlashtiruvchilar bo‘lib, ularga magneziya, urotropin, ohak va boshqalar
kiradi. Bo‘yoqlar plastmassalarga manzarali tus berish bilan birga, ularning
issiqlik yutish va chiqarish xossalarini o‘zgartirishga xizmat qiladi. Vakillari:
xrom, rux oksidlari, aluminiy kukuni, oq bo‘yoq, suyuq qurumlardir.
Plastmassalar o‘zlarining fizikmexanik xossalariga ko‘ra termoplast va
termoreaktiv plastmassalarga bo‘linadi. Termoplastik plastmassalar oddiy
guruhli plastmassalar bo‘lib, ular ma’lum bir haroratda qizdirilsa yoki
sovitilsa, o‘zining agregat holatini bir necha marta o‘zgartira oladi.
Termoplastlar jumlasiga ftoroplast, organik shisha, selluloza, kapron,
polietilen, etirol, polistirol va boshqalar kiradi. 59 Termoreaktiv
plastmassalar bir marta qizdirilib, bosim bilan ishlangandan keyin qayta
suyuqlanmaydi. Fenolformaldegid smolalar termoreaktiv plastmassalarning
asosini tashkil etadi (tekstolit, getinaks, epoksoplast, aminoplastlar).
Plastmassalar to‘ldirgichlarining turiga qarab bir nechta turlarga, ya’ni
qavatma-qavat kukunli to‘ldirgichli plastmassa va gaz to‘ldirgichli
plastmassalarga bo‘linadi. 1. Qavatma-qavat plastmassalar uchun to‘ldirgich
sifatida paxtasifat buyumlar va qog‘ozlari qavatma-qavat qilib to‘ldiriladi.
Bog‘lovchi element sifatida termoreaktiv polimer — fenolformaldegidli
epoksid, kremniy, organik va boshqa smolalar ishlatiladi. Bularga getinaks,
tekstolit, steklotekstolit, asbotekstolit-yog‘och qavatli (DSP) plastmassalar
kiradi. Tekstolit shovqinsiz ishlaydigan tishli g‘ildiraklar yasashda,
podshiðnik vkladishlari tayyorlashda ishlatiladi. Elektrotexnik tekstolitdan
ponashtoklar tayyorlanadi. Asboplastik 250-350 °C ga ozroq vaqt, 3000 °C
ga qisqa vaqtda chidaydigan plastmassa bo‘lganligi uchun turbogeneratorda
izolatsiya materiali sifatida ishlatiladi. Yog‘och qavatli (DSP) plastmassa list
ko‘rinishida ishlab chiqarilib, mashina va mexanizmlarning shkivlari,



elektroizolatsiyalovchi material sifatida ishlatiladi. Steklotekstolitdan


avtomobil oynalari, quvurlar, sig‘imli shishalar tayyorlanadi. 2. Kukunsimon
to‘ldirgichli plastmassalar tayyorlashda ularga yog‘och uni, kvars kukuni
solinadi. Material to‘ldirgichli plastmassaga paxta gardi, asbest tolalari
solinadi. Bu xildagi termoaktiv plastmassalar turiga umumtexnikada
ishlatiladigan K-17-2, K-119-2 markali, elektroizolatsiya va kimyoviy
turg‘unlikka ega bo‘lgan FKP-1, FKP-2, K21-22, K11-25 markali
issiqbardosh plastmassalar, mikroasbit aminoplastmassalarga (selluloza)
aminoplast va boshqalar misol bo‘ladi. Gaz to‘ldirgichli plastmassalar ko‘pik
hosil qilib qotganda ham bu holda qoladi. Bunday plastmassalarning
amortizatsiya va deformatsiya xususiyatlari yuqori bo‘ladi. Bu xildagi
plastmassalardan
toshdan
saqlagichlar,
amortizatsiya
qistirmalari
tayyorlanadi.
Plastmassalarning
ishlanish
usullariga
qarab,
ularni
termoreaktiv va termoplastik plastmassalarga bo‘lish mumkin.
Mashinasozlikda ishlatiladigan termoplastik plastmassalarga: polietilen,
poliðropilen, polistirol, polivinilxlorid va poliamidlar kiradi. Termoplastik
materiallar issiqlik va bosim ostida plastik holatga o‘tib, kimyoviy
o‘zgarishlarga aytarli bardosh bermaydi. Jarayonning o‘zgarishi qaytardir.
Tayyor buyumni yana yumshatish va qayta shakl berish mumkin.
Termoreaktiv plastmassalar issiqlik va bosim ta’sirida shakl olib, jarayon
o‘zgarmas, qaytarilmas bo‘ladi. Ya’ni termoreaktiv massalardan olingan
buyumlar yumshamaydi va qayta ishlanmaydi. Termoreaktiv plastmassalar
fenolformaldegid, karbamid smolasi, metallar asosida olinadi. Plastmassa
tarkibiga polimerlardan tashqari quyidagi komponentlar ham kirishi mumkin:
1) organik va mineral to‘ldirgichlar kukun holida yoki tolasimon materiallar;
2) plastifikatorlar massaga yuqori plastiklik beradi va ishlanishni
osonlashtiradi; 3) stabilizatorlar uzoq vaqtgacha polimerning fizikkimyoviy
xossalarini saqlovchi materiallar; 18-rasm. Plastmassalarning fizik-kimyoviy
xossalari. Kichik solishtirma og‘irlikka ega Detalga keyinchalik ishlov berish
kerakmas, kam mehnat talab etiladi Detal olishda chiqindi chiqmaydi
Plastmassalarning fizik-kimyoviy xossalari Kimyoviy mustahkam (100
kg/sm2 gacha) va yeyilishga chidamli Plastmassa kamyob material emas,
zaxirasi ko‘p xomashyolardan tayyorlanadi ) rang beruvchilar - kerak bo‘lgan
rangni beradi. Yuqoridagi komponentlarning hammasini plastmassalar
tarkibiga qo‘shish shart emas. Ular texnik maqsadga qarab qo‘shiladi.
Plastmassaning asosiy xossalari: solishtirma og‘irligi 2-2,3 g/sm3, ba’zan



1g/sm3; mexanik mustahkamligi 1000 kg/sm3 gacha; issiqlikka chidamliligi


70-300 °C. Plastmassalarni ishlash usullari: prokatlash, shtamplash,
presslash, bosim ostida quyish, payvandlash, kesib ishlov berish va
boshqalar. Kompozitsion termoreaktiv plastmassalar, bular polimer
materiallar bo‘lib, ularning tarkibiga fenolaldegid, fenolformaldegid,
karbamid, kremniyorganik asosdagi materiallar, har xil to‘ldiruvchilar kiradi.
Kompozitsion
materiallardan
texnik
maqsadlar
uchun,
ya’ni
elektroizolatsion, issiqlikka chidamli, namga, kimyoviy muhitga chidamli,
friksion, antifriksion, rentgen nuriga chidamli buyumlar tayyorlanadi. Ular
kukun, tabletka, granula shakllarida bo‘lishi mumkin. 4.3. Polimerlar va
plastmassalarga ishlov berish Sun’iy ravishda tayyorlangan plastmassani
ishlash, asosan, kukun, tabletka, granula holidagi materiallarni yumshoq-
oquvchan holatga o‘tkazib ishlashdan iborat. Buning uchun boshlang‘ich
materialga issiqlik va bosim bilan bir vaqtning o‘zida ta’sir ko‘rsatiladi.
Bunday ishlash usullariga: presslash, bosim ostida quyish, ekstruziya,
kalandrlash va boshqalar kiradi. Qizdirish yuqori chastotali tok bilan
bajariladi. Plastmassa yaxshilab tozalanib, moylanadi va unga zarur miqdorda
material solib qizdiriladi. Harorat +5 °C aniqlikda bo‘lib, presslash harorati
avtomatlar yordamida rostlab turiladi. Jarayon aniq haroratda materialning
yumshoq-oquvchan holatga o‘tishi bilan bajariladi. Bosim asta-sekin
maksimumga ko‘tariladi. Presslash vaqtida gaz va bug‘ ajralib chiqadi,
shuning uchun pressni bir necha marta ko‘tarib bosish bilan gazlar chiqarib
yuboriladi, aks holda yoriqlar, bo‘shliqlar hosil bo‘- lishi mumkin. Ekstruziya
usuli bilan sterjenlar, quvurlar va boshqalar olinadi. Bosim bilan presslab
quyish Sun’iy ravishda tayyorlash jarayonida bosim bilan presslab quyishda
dastlabki material yumshoq-oquvchan holatga alohida qizdirish kamerasida
o‘tkaziladi. Bunda puansonning bajargan ishi materialni siqish uchun xizmat
qiladi. Bosim bu yerda katta bo‘lib, 1500-2000 kg/sm2 gacha yetadi. Bu usul
bilan chuqur yupqa devorli buyumlarni olish mumkin. Press-qoliðning
konstruksiyasi murakkab hamda material ko‘p isrof bo‘ladi. Shunga
qaramasdan, murakkab konstruksiyadagi, shakldagi buyumlarni olishda
ishlatiladi. Buyum olish uchun gidravlik presslardan foydalaniladi. Tayyor
buyumni qoliðdan chiqarish ham kichik gidravlik presslar yordamida
bajariladi. Ekstruziya polimer materialni mushtuk orqali siqib o‘tkazish
jarayoni bo‘lib, mushtukning kesimi olinadigan material kesimini tashkil
etadi. Ekstruziya usuli bilan olinadigan mahsulot profillari har xil bo‘ladi.



Tayyor mahsulot transportyor yordamida qabul qilib olinadi. Termoplastdan


plyonka olish Plyonka olish uchun ekstruzion mashinaning kallagiga tushgan
termoplast halqasimon qirqim orqali siqiladi va mushtuk hamda dornlardan
o‘tib, truba (quvur) hosil qiladi. Trubaga bosim ostida havo bilan puflanadi
va hosil bo‘lgan ikki qavatli plyonka sovitgich hududidan o‘tib, qabul
qiluvchi roliklar orqali barabanga o‘raladi. Shunday usul bilan olingan
plyonkaning kengligi 1400 mm, qalinligi esa 0,050-1 mm bo‘ladi. Bunda
tezlik 150 m/min gacha, plyonkaning diametri va qalinligi havoning bosimi
hisobiga avtomatik tarzda moslanadi.
Plastmassalarga mexanik ishlov berish Sun’iy ravishda tayyorlangan kesish
asboblari
bilan
plastmassani
ishlashda
uning
kichik
issiqlik
o‘tkazuvchanligini, issiqlikka chidamsizligini hisobga olish kerak. Kesish
vaqtida plastmassa tarkibidagi to‘ldiruvchilar tez yeyiladi. Shunga binoan,
plastmassani ishlash talabga javob bera oladigan qattiq qotishmalar va
tezkesar po‘latlardan tayyorlangan asboblar yordamida bajariladi. Ishlash
vaqtida plastmassa yumshashi mumkin, bunday hollarda shakl buziladi.
Shuning uchun uni sovuq havo bosimi bilan sovitib turiladi. Frezalash,
randalash, pardozlash, teshik va rezba ochish jarayonlari bajariladi. Bunday
jarayonlarni bajarish metall kesish dastgohlari yordamida amalga oshiriladi.
Soda (10-12 %), ohak (5-8 %) va qum (82-85 %) larni pechga yuklab,
1350°C atrofida eritiladi. Shishalarni quyib, bosim ostida ishlab, zarur
shaklli, maqsadli detallar tayyorlanadi. Ular xalq xo‘jaligida keng
ishlatiladigan material bo‘lib, yaxshi xossalarga ega. Ayniqsa, har xil
haroratdagi ish sharoitida yuqori plastiklikka ega. Rezinaning asosi kauchuk
bo‘lib, unga har xil to‘ldiruvchilar (plastifikatorlar, vulkanizatorlar, rang
beruvchilar, oltingugurt va h. k) komponentlar kiritiladi. Kauchukning
sintetik va tabiiy xillari bo‘ladi. Mustahkamlikni oshirish uchun buyumga har
xil to‘qima materiallari qo‘shiladi. Qo‘shimchalar to‘qima mashinalar
yordamida aralashtiriladi. Rezina buyumlar bosim ostida shakl berish bilan
birga olinadi. Rezinani vulkanizatsiya qilish jarayoni deb, buyumni 120—
150°C gacha qizdirib, bosim bilan biriktirishga aytiladi. Xom rezinani
vulkanizatsiya qilish qizdirilgan bug‘ yoki qizdirilgan havo bilan bajariladi.
Kauchukni vulkanizatsiya qilishni sovuq holda ham bajarish mumkin, lekin
sifati past bo‘ladi. Rezinadan tasmalar, shinalar, har xil buyumlar
tayyorlanadi. Rezinada 25—30 % C bo‘lib, gaz holidagi qotishma sovitiladi
va unga shakl berib, ebonit hosil qilinadi.



Rezina materiallar Ma’lumki, hozirgi zamon texnikasini rezinasiz tassavur


etib bo‘lmaydi, ya’ni avtomobil, samolyot, velosiðed shinalari,
o‘tkazgichlarning izolatsiyalari va shunga o‘xshagan xalq xo‘jaligi mashina
mexanizmlarida rezina juda keng ishlatiladi. Rezina materiallar, asosan,
kauchukni turli to‘ldiruvchilar, plastifikatorlar, vulkanizatsiya reagentlari,
tezlashtiruvchilar va boshqalarni qo‘shib, qayta ishlash orqali hosil qilinadi.
Rezina juda ko‘p xususiyatlarga ega materialdir. Bulardan eng muhimi uning
elastiklanuvchanligidir, ya’ni 100 % qotish xususiyati mavjud. Rezinadagi
aralashmaning 10—98 % ini kauchuk tashkil qiladi. Kauchuklar, asosan,
tabiiy va sintetik polimerlar bo‘lib, daraxt „yig‘isi“ degan iborani anglatadi,
ya’ni daraxtni kesganda undan suyuqlik ajralib chiqadi, demakdir. Shunday
qilib, tabiiy kauchuk (TK) kauchuk tashuvchi (hosil qiluvchi) o‘simliklardan
(daraxtlardan) olinadi. U etilda, benzinda, mineral moylarda yaxshi eriydi,
suvda esa erimaydi. Kauchuk 90°gacha qizdirilganda yumshab, 0 °C dan past
haroratda qattiqlashib, mo‘rtlashib boradi. Texnikaning intensiv taraqqiyoti
tufayli faqat tabiiy kauchukdangina emas, balki sintetik kauchuklar (SK)dan
ham foydalanishga to‘g‘ri kelmoqda. Etil spirti, asetilen, butan, etilen,
benzol, ba’zi uglevodorodlar sintetik kauchuk hosil qilishning asosiy
materiali hisoblanadi. Rezinalar vazifasiga yoki ishlatilishiga qarab umumiy
va maxsus turlarga bo‘linadi. Umumiy turdagi rezinalar suvda, kislota va
ishqorlarning kuchsiz eritmalarida, havo (50—18 °C) muhitida ishlatilishi
mumkin. Bunday rezinalardan mashina shinalari, transport tasmalari,
kabellarning izolatsiyalari va turli buyumlar tayyorlanadi. Masalan: TK,
natriy butadionli sintetik kauchuk (SKB), butadion stirolli (SKS-30,SKS-Za),
butadion-metilstirolli
(SK MS-30) kauchuklar. Maxsus vazifalarga
mo‘ljallangan rezinalar, o‘z navbatida, moyga, benzinga, issiq va sovuqqa,
elektroizolatsiya gazlariga va suyuqliklarga chidamli bo‘lgan turlarga
bo‘linadi. Bundan tashqari, maxsus rezina turi bo‘lib, unga armaturali



rezinalar kiradi. Maxsus vazifalarga mo‘ljallangan rezinalar quyidagi turlarga


bo‘linadi: Y7 benzinga chidamli; natriyli (polixloroprenli kauchuk),
butadion-nitrilli (SKN-18, SKN-26, SKN-40), 65 butadionli (SKBM),
butadion stirolli sovuqqa chidamli shinalar, transportyorlar, issiqbardosh
rezinalar. Baland va past haroratda, agressiv muhitda va amaliy ishlarda
kauchukning o‘zi toza holda ishlatilmaydi. Yuqori fizikmexanik xossalarga
ega bo‘lishi uchun rezinaga ingrediyentlar deb ataluvchi qo‘shimchalar
qo‘shiladi. Bular quyidagilardir: 1. Vulkanizatsiyalangan (qattiqlashtirilgan)
rezinani shishiradigan eng asosiy modda bu oltingugurt.Bunda ma’lum
haroratda oltingugurt atomlari kauchukning molekulalari bilan reaksiyaga
kirishib, kimyoviy bog‘lanish hosil qiladi. Hozir 93 % rezina oltingugurt
bilan qattiqlashtiriladi. Agarda oltingugurt miqdori 1 - 35 % bo‘lsa yumshoq,
25-20 % bo‘lsa yarimqattiq, 30—50 % bo‘lsa qattiq rezina hosil bo‘ladi. 2.
Qattiqlashtirish-tezlashtirgich (vulkanizatsiya). Bular organik va noorganik
bo‘ladi. Organik moddalar metall oksidlaridir; noorganigi oletaks, koptaks,
sogtaks. 3. To‘ldirgichlar. Bular aktiv va aktivmas bo‘ladi. Aktivlari -kaolin,
kukun qo‘shimchalar, aktivmasi bor, talk. 4. Plastifikatorlar plastiklikni
oshiradi. 5. Charchashga qarshi moddalar. Bunday materiallar rezinaning tez
ishdan chiqishiga qarshilik ko‘rsatadi. Bunday materiallar turiga neoden D
(fenilbetanaftilimin) va aldol (aldalal fanaftimin) kabi murakkab moddalar
kiradi. 6. Bo‘yoqlar. Bo‘yoqlar rezinaning fizik va mexanik xossalarini
yaxshilash bilan birga, ularga rang ham beradi. Ulardan biri qurumdir,
shuning uchun rezinaning ko‘pi qora rangda bo‘ladi. Oq va boshqa rangli
rezina olish uchun alohida bo‘yoqlar qo‘shiladi.
Qadimiy zamonlardan beri ota-bobolarimiz insoniyat vujudga keltirgan
kashfiyot, ilm-fan cho‘qqilarini egallab, o‘z hunarlarini avloddan-avlodga
o‘tkazib kelmoqdalar. Yog’ochga naqsh o‘yish va gul solish san’ati hamisha
ardoqlanib kelingan. Xozirgi paytda yog’och o‘ymakorligi me’morchilik



bilan bir qatorda ro‘zg‘or buyumlariga bezak berishda keng qo‘llanilmoqda.


Maxalliy an’analarni avaylab, ardoqlab ularni yangi mazmun bilan
boyitayotgan xalq ustalari asrlar davomida sayqal topgan qadimiy san’atning
etuk namunalarini yaratmoqdalar. Xozirgi kunda arxitektura bilan bog‘liq
bo‘lgan ganch va yog’och o‘ymakorligi tobora taraqqiy etib bormoqda.
O‘zbekistonda qadimdan me’morchilik va uy-ro‘zg‘or buyumlarini bezashda,
xalq amaliy san’atining turlaridan biri yog’och o‘ymakorligi keng qo‘llanib
kelingan. Yog’och o‘ymakorligida turli naqsh uslublaridan foydalaniladi. Har
bir usta o‘zi yashab, ijod etgan erdagi badiiy an’analariing o‘ziga xos
tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Masalan, xivalik xalq ustalari yog’ochni o‘yib
naqsh ishlashda yog’ochning tabiiyligini saqlab qolganlar, buxorolik ustalar
esa naqsh o‘yib ishlangan buyumlarni jim-jimador qilib, uni oltinsimon va
kumushsimon ranglar bilan bo‘yaganlar. Ko‘qonlik xalq ustalari yog’ochni
Tayanch so‘z va iboralar: Yog’ochga naqsh o‘yish, gul solish, me’morchilik,
ganch, badiiy, oltinsimon va kumushsimon, zaminsiz, buklama shirmalarda,
bargli va nina barglilar, smola modda, iskana, chekich iskana, kazein elimi,
chigit moyi o‘yib naqsh solishda uni o‘rta chuqurlikda o‘yganlar. Toshkent
xalq ustalari taxta yuzasidagi naqshlarni zaminsiz, chiziqlar orqali bajarganlar
va xoshiya naqshlarini ko‘p ishlatganlar, Marg‘ilon ustalari o‘ymakorlik
ishlarining zaminini o‘ta chuqur o‘yganlar. Xozirgi paytda yog’och
o‘ymakorligi va naqqoshligi me’morchilik bilan bir katorda ro‘zg‘or
buyumlariga bezak berishda keng qo‘llanilmoqda. O‘yma naqqoshlikning
ajoyib namunalarini toshkentlnk ustalar yasagan eshiklar, buklama
shirmalarda, kursichalar, laganlar shu kabi boshqa buyumlarda yaqqol
ko‘ramiz Yog’och o‘ymakor ustalar yog’ochni o‘yishdan oldin uning o‘ziga
xos xususiyatlarini sinchiklab o‘rganganlar. Keyingina yog’ochga o‘yib
naqsh ishlangan. Hamma yog’ochlar ular olinadigan yog’och turiga qarab
ikki guruhga: bargli va nina barglilarga, bo‘linadi. Nina bargli daraxtlardan



olingan yog’ochlar kurinishda, duradgorlikda va yog’och o‘ymakorligida


asosiy material hisoblanadi, chunki ularning o‘ziga xos afzalliklari bor.
CHunonchi tarkibida smola moddalari bo‘lganligi uchun u tez chirib
ketmaydi, bargli daraxtlarga qaraganda ko‘pligi va engilligi, unga ishlov
berish osonligi, tanasi to‘g‘ri, silliq bo‘lgani uchun undan silliq xoda
tayyorlash mumkin. Yog’och materiallari tabiiy guli, rangi, tovlanishi va
xidiga qarab aniqlanadi. O‘zbekistonlik yog’och o‘ymakor ustalar o‘z ishlari
uchun eng yaxshi yong‘oq (grecheskiy orex), kayrag‘och, chinor (platan), tut,
archa (mojjevelnik), nok (grusha), zarang (klyon), zirk (olxa), shumtol
(yasen), mirzaterak (topol), baqaterak, tog‘ teragi (osina), terak, o‘rik (uryuk)
kabi daraxtlardan va hozirda boshqa joylardan keltirilgan shamshod, eman,
oq qarag‘ay (pixta), tilogoch (listvennitsa), arg‘uvon (lipa), oq qayin
(beryoza), qora qayin (buk), qarag‘ay (sosna) daraxtlari yog’ochlarini
ishlatadilar. Ushbu yog’ochlarni pardozlash orqali naqsh o‘yishga
tayyorlaydilar. Bunda pardozlashda yog’och sirtini yaxshilab tozalash,
silliqlash, o‘yma relefga uch xil: pax (yoyma), choka (yorma), lula pardoz
berish hamda bo‘yab, kumush suvi yugirtirish, loklash va jilolash kabi
ishlardan iborat. Yog’och o‘ymakorligida ishlatiladigan yog’ochlarni butun
yil bo‘yi tayyorlash lozim. Lekin yog’ochlarni daraxtlardan suv qochgan
vaqtda, ya’ni oktyabr, noyabr oylarida tayyorlash yaxshi natija beradi.
Kesilgan daraxt uzoq saqlanganda chirimasligi va qurt emasligi uchun uning
po‘stlog‘ini shilish va soya xamda shamol tegadigan joyda saqlash lozim.
Yog’ochlarni ishlatish oldidan e’tibor bilan tanlash va xillash kerak,
Buralgan, serbutoq yog’ochlarni olmaslik lozim, chunki ulardan yasalgan
buyumlar sifatsiz chiqadi. Xo‘l taxtani ishlash quruq taxtaga qaraganda
birmuncha qiyin. Nam taxtalar ko‘pincha ish jarayonida nami qochib
qiyshayishi mumkin. SHuning uchun mebel, o‘yma buyumlar yasashda
ishlatiladigan yog’och materiallar quruq bo‘lishi shart. O‘quvchilar



qilinadigan ishning katta-kichikligiga qarab, yog’och materiallarni, fanerlarni


xillab olishlari lozim. Materiallarni xillab olish tayyorlanadigan buyumning
sifatli chiqishini ta’minlaydi. Ishlatiladigan yog’och materiallar yaxshi
qurigan bo‘lsa, tob tashlab buralish, kurish natijasida darz ketish xollari yuz
bermaydi. Naqsh o‘yilishi kerak bo‘lgan buyumni yaxlit holda dastgoxga
o‘rnatish birmuncha qiyin. SHu sababli uni qismlarga ajratib o‘yish oson va
qulaydir. O‘yiladigan buyum qismlarini maxsus burama qisqichlar bilan
dastgoh ustiga qimirlamaydigan qilib o‘rnatiladi. Buyum yuziga naqsh
tushirishdan oldin buyum yuzini yumshatish uchun paxta moyi surtiladi.
O‘yish vaqtida esa iskana uchi sovunga tegizib olinadi, shunda iskana ravon
kesadi. Yog’och o‘ymakorligi san’atining ajoyib xususiyatlaridan biri
shundaki, o‘ymakor usta ikki qo‘li bilan ishlaydi. Iskana qalamni chap
qo‘liga ushlab, o‘ng qo‘li bilan bolg‘ani tutib, iskana dastasiga urib, naqshni
kesadi. O‘zbekistonda ishlatiladigan o‘yma naqshlarning chuqurligi 2 mm
dan 15 mm gacha boradi. Toshkent, Buxoro, Qo‘qon, Samarqand o‘ymakor
ustalari buyumlarning o‘yilgan zaminini chekma uslubida maxsus chekich
iskana qalam bilan chakichlab chiqadidar. Xiva ustalari naqsh zaminini
chakichlamasdan tekisligicha qoldiradilar. Ular o‘yib tayyorlangan
buyumlarning yuziga qizdirilgan chigit yog‘i surtadilar. Bunda buyumning
namga va issiq-sovuqqa chidamliligi oshadi. Ikkinchidan chigit yogi naqsh
yuzini qoramtir qilib ko‘rsatadi. Toshkent, Qo‘qon va Samarqand ustalari esa
tayyor buyumlarni maxsus lok bilan loklaydilar. Yog’och o‘ymakorligi
san’atida ishlatiladigan yordamchi materiallar va asbob uskunalarga
quyidagilarni kiritish mumkin. Duradgorlik elimi, kazein elimi, chigit moyi,
jilvir
qog‘oz, elimdon
kabilardan
foydalaniladi. Bundan
tashqari
duradgorlikda yog’ochni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan dastaki va
mexanik asboblardan ham foydalaniladi. Duradgorlik elimi - yog’och
materiallarini bir-biriga elimlash uchun ishlatiladi. Duradgorlik elimi go‘sht



va suyaklardan tayyorlanadi. Kazein elimi yog’och o‘ymakorligi va


duradgorlikda ishlatiladigan elim bo‘lib, sutning oxirgi ishlatib bo‘lmaydigan
qismidan tayyorlanadi. U talqon xolida yoki 4-12 mm li qattiq donacha
ko‘rinishida bo‘ladi. CHigit moyi o‘yilgan o‘yma nakati beys yordamida
o‘rik, yong‘oq yoki boshqa yog’och rangiga keltirib bo‘yalgandan so‘ng
chigit moyi paxtali latta bilan ishqalab surkab chiqiladi va 3,7 nomerli spirtli
lok surkab chiqiladi. Knopka naqshni buyumni yuziga tushirishda shildiroq
qog‘oz siljimasligi uchun uni maxkamlab qo‘yishda ishlatiladi.
Moslamalardan jilvir qog‘oz, mayin yassi egovlar ishlatiladi. Jilvir qog‘ozlar
donlarining yirik-maydaligiga qarab, 120 dan 180 gacha nomyorlanadi,
nomerlar ortib borishi bilan donalari maydalashib boradi, 120- 140
nomerlilari mayda donali jilvir deyilad
Hozirgi vaqtda yog’ochni qayta ishlash sanoati korxonalarida mexanik
xususiyatlari yanada yuqori bo‘lgan yangi tur yog’och materiallar ishlab
chiqarilmoqda va xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng ishlatilmoqda.
Yog’och ishlash korxonalarida chiqadigan chiqindilar qipiq va payrahalarni
presslash yuli bilan tayyorlanayotgan yog’och materiallar tabiiy yog’ochlarda
uchraydigan har qanday nuqsonlardan, kamchiliklardan xoli, puxtalik
jihatidan ustun bo‘lib, ayrim hollarda metall o‘rnini ham bosmokda
(presslangan yog’och materiallardan hatto podshipniklar va mashina detallari
tayyorlanadi). Sanoatda ishlab chiqarilayotgan ayrim presslangan yog’och
materiallar qurilishlarda, mebel ishlab chiqarish korxonalarida ham keng
ishlatilmoqda. Yog’och materiallardan turli buyumlar ishlab chiqarish uchun
eng avvalo, tegishli materialdan turli va tejamkorlik bilan foydalanish,
tayyorlangan buyumning sifatiga e’tibor berish, ishlatiladigan yog’och
materialning
turini,
tuzilishini,
xususiyatini,
unga
ishlov
berish
texnologiyasini bilish juda katta ahamiyatga ega. SHuning uchun har qanday
yog’och materiallar texnikada asosiy qirqim (ko‘ndalang, radial va tangen-



tal) buyicha tekshirilib, ma’lum sohada ishlatish uchun tavsiya qilinadi


(rasm). Daraxtning tuzilishi. Tabiatda o‘sib turgan har qanday daraxtni shartli
holatda uch qismdan iborat deyish mumkin. Bular: tomirlar, tana va
shoxshabbalardan iborat. Daraxtning tomirlari murakkab, har tomonga
tarmoqlagan ko‘p funksiyali sistemadir. Tomirlar sistemasiga kiruvchi mayda
tomirchalar esa tuprokdan turli mineral tuzlarni, uglekislotalarni suv orqali
tortib, yirik tomirlar, so‘ngra daraxtning tanasi orqali shox-shabbalariga
uzatadi. Yirik tomirlar daraxtni vertikal holatda ushlaydi va uiing hayoti
uchun turli ozuqalarni to‘plab saklaydi. Daraxtning tanasi asosiy qism bo‘lib,
uni shartli ravishda ingichka (yuqori) qism va yo‘g‘on (pastki) qismga bo‘lish
mumkin.
Daraxtning shox-shabbasi, asosan, tananing yuqori qismidagi ingichka tana
qismi bo‘lib, unga shox-shabbalar, barglar va boshqalar kiradi.
SHoxshabbalar daraxt hayoti uchun juda katta rol o‘ynaydi. Daraxt barglari
esa quyosh energiyasi ta’sirida ozuqabop moddalarni xosil qiladi, bu
daraxtning o‘sishi uchun zarurdir, ya’ni fotosintez jarayonini amalga
oshiradi. Tananing bosh qirqimlari. Har qanday daraxtda tananing qirqimi
asosiy qirqimlardan biri hisoblanadi, chunki bu qirqim uning kapillyarligini,
g‘ovaklik, tuzilish tabiatini aks ettirgani uchun bosh qirqim deyiladi. Daraxt
uchta bosh qirqimdan iborat bo‘lib, uni o‘zaro farq qilish kerak. Kundalang
qirqim daraxt tanasining o‘qiga perpendikulyar tekislik bilan kesish orqali,
radial qirqim tananing uzunligi va markazi (o‘qi) buylab o‘tkazilgan tekislik
bilan kesish orqali, tangental qirqimi esa tananing uzunligi va markazidan
(o‘qidan) o‘tmagan tekislik bilan kesish orqali hosil qilinadi. SHuni aytib
utish kerakki, yuqorida qayd qilingan daraxt qismlari ham, o‘z navbatida, bir
necha qismlarga bo‘linadi. Tananing asosiy kismlari. Har qanday daraxtning
kundalang va radial qismlarida uning asosiy anatomik strukturalarini, ya’ni
o‘zagi, mag‘izi, markaziy qismi, pustlor osti, pustlorini va xokazolarni



kuzatish mumkin. O‘zak. Taxminan tananing markaziga joylashgan bo‘lib,


ko‘pgina daraxtlarda u qoramtir rangda namoyon buladi, formasi esa
aylanasimon bo‘lib, diametri taxminan 2—5 mm (ba’zi daraxt turida 10 mm
ga-cha)bo‘ladi. Uzak nozik, tez chiriydigan buladi. CHirish o‘zakdan
boshlansa, po‘stloqqacha tarqalib daraxtni yo‘q kilishgacha olib keladi. Uzak
rovak xujayralardan iborat bulib, u butun tana buylab utadi. Uzakdan
pustloqqa qarab uzak nurlari utadi (16- rasm). Markaziy qism. Tananing
asosiy massasini tashkil qiladi. Bu qismning rangi orqali daraxtning turlarini,
mag‘izliligini va mag‘ihzsizligini ajratish mumkin, chunki-mag‘izli daraxt
turlarida markaziy qismi (mag‘izi) koramtir rangda, mag‘izning periferiyasi
buyicha chegaralangan qatlami ochiq rangda bulib, pustloq osti (zobolon) deb
aytiladi. Agar mag‘izning rangi pustloq osti qatlamining rangidan farq
qilmasa, daraxt etilgan xisoblanadi. Pustloq. Tashqi, ichki qatlamdan iborat
bulib, tana xajmining 6—25% cha qismini (miqdorini) tashkil etadi.
Pustloqning tashqi qismi puk qatlam deb ataladigan qattiq qatlamdan iborat.
U yog’ochni turli tashqi ta’sirlardan, issiqsovuqdan, mexanik ta’sirlardan,
turli zararkunanda hasharotlardan saqlaydi. Daraxt pustlog‘ining ichki qismi
lub qatlami deyiladi. Lub qatlam kuzga kurinmaydigan mayda tolalar
(kapillyarlar) dan iborat. Daraxt po‘stlog‘i hozirgi vaqtda xalk xo‘jaligining
turli sohalarida ishlatilmoqda. Qrim, Kavkaz, Uzoq SHarq va Saxalin
zonalarida o‘sadigan probkali eman daraxtining po‘stlog‘i qalin bo‘lib,
ulardan probkalar, issiklikizolyasion materiallar (plita-lar) va shu kabilar
tayyorlanadi. Kambiy. Bu lub bilan yogoch orasida joylashgan shirali katlam
bulib, u tirik xujayralardan iboratdir. Kambiyni oddiy kuz bilan ko‘rish juda
qiyin, uni kurish uchun kuzni qisman «qurollantirish» kerak bo‘ladi. Uni
baxorda tanadan pustlok, shilib olingan paytida ko‘rish mumkin. Bu vaktda
kambiy xujayralarining buzilishi natijasida shirali, shillik, parda suyuqlik
oqib chiqadi. Kambiy lub orqali shoxdan keluvchi ozuqa bilan oziqlanadi.



Kambiy o‘sayotgan daraxt uchun hayotiy manba hisoblanadi. Kambiy


xujayralarining bo‘linishi daraxtning butun yashash davrida ro‘y berib turadi.
Faqat qishda kambiyning rivojlanishi to‘xtab, baxorda yana boshlanadi.
Baxorda kambiyning rivojlanishi shoxlardan, tananing uchki qismidan
boshlanib, u asta-sekin tana va ildizga o‘ta boradi. Agar daraxt tanasining
po‘stlogi halqa shaklida qirqib olinsa, daraxt o‘sishdan to‘xtab, quriy
boshlaydi. Yog’ochlik. Daraxtdagi tapaning yog’ochlik qismi (po‘stloq) ost,
mag‘iz va o‘zakdan iborat. Kambiy hujayralarining rivojlanishi (kuzda
susayib, yozda tezlashadi) natijasida, yillik halqalar hosil bo‘ladi. Chunki
kambiy hujayralarining rivojlanishi va bo‘linishidan hosil bo‘lgan yangi
hujayralarning tananing yog’ochlik qismiga o‘tadigan miqdori ko‘p bo‘lib,
ular yirik va yupqa po‘stloqli bo‘ladi. Natijada, yog’ochlikning bahor faslida
hosil bo‘lgan qismidagi rovak to‘qimaning zichligi kam va yumshoq bo‘ladi.
Yog’ochda, xususan, kuzda kambiyning aktivligi susayadi, hujayralar
maydalanib, qalin po‘stloqli bo‘la boradi va zichligi ortadi. Oqibatda, yoz
faslida hosil bo‘lgan yog’ochning qattiqligi yuqori bo‘ladi. Yog’ochlikka
o‘tgan kambiy xujayralarning zichligi kam bo‘lgan qismi oqishroq tusga ega
bo‘lib, zichligi ortiq bo‘lgan qismining rangi qoramtir bo‘ladi. Bu hol
daraxtning o‘sish davrida har yili takrorlanib, o‘z navbatida, yillik
halqalarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun daraxt yoshini
aniqlash maqsadida kesilgan g‘o‘lalarning ko‘ndalang qirqimidagi yillik
halqalar hisoblanadi. Yillik halqalarning ortishi natijasida tana yo‘g‘onlasha
boradi. Yog’ochning kundalang qirqimi buyicha qaraganda, halqalar aylana
shaklda, radial qirqimi buyicha, to‘g‘ri chiziqlar ko‘rinishida va tangental
qirqimi buyicha qaraganda, uchi shox tomonga qaragan burchaklar shaklida
namoyon buladi. Daraxtning yoshiga qarab, halqalarning zichligi va qattiqligi
orta boradi. Pustloqda yaqin joylashgan yillik halqalarning zichligi kam,
g‘ovak bulib, u orqali ildizdan olingan ozuqa moddalar pastdan yuqoriga



qarab ko‘tariladi. Yog’och turlari. Yog’ochning qarag‘ay, archa, tilog‘och, oq


qarag‘ay, kedr, zirk, arg‘uvon, oq qayin, qora qayin, tog‘ teragi, terak,
yong‘oq chinor, nok, zarang, eman, shumtol, qayrag‘och kabi bir necha
turlari xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladi. (Bunday daraxt
turlarining ba’zi xossalari, xususiyatlarini bilish uchun J. Ramizov va S.
Mahkamovlar avtorligida yozilgan «O‘quv ustaxonalarida o‘tkaziladigan
praktikum», «O‘qituvchi», T., 1978 kitobining 4- bobiga qaralsin.)
Yog’ochlarning ishlatilishi ularning fizik va mexanik xossalariga, ishlatilish
sharoitiga, miqdoriga va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi. Texnika yuksak
taraqqiy etgan hozirgi davrda sanoatda yog’och materiallardan foydalanish
doirasi yanada kengayib bormoqda. Yog’ochlarning xususiyatlari. Xalq
xo‘jaligida turli konstruksion materiallar sifatida yog’ochlar ma’lum fizik,
mexanik xususiyatlari bilan harakterlanadi. Yog’ochning fizik xossalari.
Tegishli materialning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning ximiyaviy
tarkibini o‘zgartirmaydigan xossalari, ya’ni uning rangi, tovlanishi, tob
tashlashi, egilishi, tabiiy guli (teksturasi), hidi, nam tortishi, quruvchanligi,
zichligi, nam o‘tkazuvchanligi, issiqlik va tovush o‘tkazuvchanligi, elektr
o‘tkazuvchanligi yog’ochning fizik xossalari deb ataladi. Ana shu fizik
xossalardan ba’zilari bilan qisqacha tanishamiz. Yog’ochning rangi yoroch
materiallarning turlarini va ularning sifatlarini aniklashga imkon beradigan
muhim xossalaridan biridir, Yog’ochning rangi, avvalo, uning turiga va
o‘sish sharoitiga bog‘liq. Ko‘pchilik yog’ochlar (qayin, tol, arg‘uvon, terak,
archa) oqish rangli bo‘lib, nursiz izlari bo‘ladi. Eman, shumtol — jigar rang,
qora qayin, akatsiya — oq qizg‘ish yong‘oq, qayrog‘och-qoramtir bo‘ladi.
Ko‘pchilik daraxtlar kesilgandan ssng ularning yog’ochligi qoramtir bo‘lib
qoladi. Bu narsa havo tarkibidagi kislorodning ta’siri natijasidir.
Yog’ochning tovlanishi (yaltirokligi). Yog’och nurlarning yunalishi va
zichligiga bogliq holda tovlanadi. Yog’ochning tovlanishini sun’iy ravishda



orgtirish uchun loklash, politurlash va mumlash mumkin. Yog’ochning


teksturasi (tabiiy guli). Randalash, yo‘nish protsessida yog’och tolalari, o‘zak
nurlari va yillik halqalarni kesish natijasida yog’ochniig teksturasi namoyon
buladi. SHuni qayd qilish kerakki, yog’och materiallarning zichligi qanchalik
yuqori bo‘lsa, ularning teksturasi (tabiiy guli) ko‘pincha bir xil ko‘rinishda
bo‘ladi. Lekin turli bargli daraxtlarning tuzilishi bir-biridan farq ~ 22 ~
qilganligi sababli ularning teksturasi ham har xil ko‘rinishda buladi.
Yog’ochning teksturasi yillik halqalarining eniga, ertangi va kechki
yogochlik qismining ranglaridagi farqiga, tolalarning yirik, mayinligi va
yunalishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Yog’ochni kesish yo‘nalishi teksturaning
o‘zgarishida katta rol uynaydi. Masalan, radial va tangental yo‘nalish buyicha
tilingan taxtalarni randalash natijasida hosil bo‘ladigan tekstura turlicha
ko‘rinishda buladi, radial yo‘nalish bo‘yicha, tekstura parallel to‘g‘ri
chiziqlardan iborat bo‘lsa, tangental yo‘nalish buyicha esa burchak yoki
konus shaklidagi teksturalar mavjud bo‘ladi. O‘zak nurlari va yillik halqalari
aniq ko‘rinmaydigan yog’ochlarning teksturalari uncha aniq va chiroyli
ko‘rinmaydi. O‘zak nurlari va yillik halqalari aniq bilinadigan
yog’ochlarning tabiiy gullari juda chiroyli buladi. Teksturalari chiroyli
bulgan yog’ochlardan mebel korxonalarida pardoz materiali sifatida,
qoplovchi material—shpon tayyorlashda keng foydalaniladi. Yong‘oq, nok,
chinor, shumtol, eman kabi yogochlar radial va tangental yunalishda
tilinganda chiroyli kurinish (gul) lar xosil buladi. Yog’ochlarda sun’iy gullar
ham hosil qilinadi. Buning uchun tolalarning yo‘nalishiga parallel qilib yoki
ma’lum burchak ostida buyoqlar surtiladi. Yog’ochning hidi. Yog’ochlar
tarkibidagi smolalar, efir moylari, oshlash kislotalaridan qaysi birining
mavjudligiga va miqdoriga bog‘liq xolda har xil hidli bo‘ladi. Yog’ochning
o‘zak qismi utkir hidli bulib, unda yuqoridagi moddalar kup buladi. Yangi
kesilgan, shuningdek igna bargli daraxtlar yanada utkir xidli buladi. Yog’och



qurigan sayin hidsizlanib boradi, ba’zan hidi o‘zgarib boradi. Yog’och


hidining bunday o‘zgarib borishi uning tarkibidagi turli moddalar
mikdorlarining o‘zgarishi orqali sodir buladi). Hidning o‘zgarishi
yog’ochning buzilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Yog’ochning namligi.
Yog’ochlarning namligi deb solishtirma namlik miqdorining absolyut quruq
yog’och namuna massasiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Absolyut quruq
yog’och esa laboratoriya sharoitida olingan namunani quritish shkaflarida
(pechlarida) quritish orqali hosil qilinadi. ~ 23 ~ Korxona sharoitida
yog’ochlarning namligi, asosan tortish va elektr metodi bilan aniqlanadi.
Tortish metodi buyicha namlik quyidagi formula bilan topiladi: W q [{t~t
o)G‘to ] • 100 [%] Bunda m —namunaning quritishdan oldingi massasi;
m0— shu namunaning absolyut xolatigacha quritilgandan keyingi massasi.
Tortish metodi buyicha absolyut namlikni aniqlash uchun tegishli yog’och
materiallardan 20X20X30 mm li prizmatik namunalar tayyorlanib tekshirish
maqsadga muvofiqdir. Tayyorlangan bunday namuna notekisliklardap va
yog’och qipiqlaridan tozalanadi, keyin esa 0,01 g aniqlikda tortib, С 0 103 ±
2 temperaturasi bulgap quritish shkafida quritiladi. Quritish protsessi 12... 24
soatgacha davom etishi mumkin (yog’och turiga bog‘liq holda) yoki juda tez
xolda (bu uncha aniq metod emas) yog’ochlarning elektr o‘tkazuvchanligiga
asoslangan elektrovlagomer yordamida ulchash orqali ularning namligini
aniqlash mumkin. Yog’ochlarning namligiga qarab: ho‘l, chala quruq,
ochikda qurigan, uyda qurigan va absolyut quruq deb bir-biridan farq
qilinadi. YAngi kesilgan daraxtniig namligi turiga, kesilgan vaqtiga qarab
40% va undan yuqori bo‘ladi, ya’ni ho‘l yog’ochning namligi 23 % day ortiq
chala quruq, yog’ochning namligi 18—23 % gacha, ochiq havoda qurigan
yog’ochning namligi 12—18 % gacha uy ichida qurigan yog’ochning namligi
8—12 % gacha buladi. Absolyut quruq qurigan yog’ochning namligi 0%
bo‘lib, bu laboratoriya sharoitidagina hosil qilinadi. Yog’ochning og‘irligi



uning turiga, tuzilishiga va namligiga bog‘liq. Yog’ochning solishtirma va


hajmiy og‘irligi buladi. Solishtirma og‘irlik-hech qanday g‘ovakligi, namligi,
havosi bulmagan absolyut yog’ochning og‘irligi hisoblanib, birligi GG‘sm3
larda ifodalanadi. Hamma turdagi yog’ochlarning solishtirma og‘irliklari
taxminan 1,5 ga teng buladi. Hajmiy og‘irligi deb yog’ochning g‘ovakligi,
namligi, havosi va smolasi bilan qattiq moddasining birgalikdagi og‘irligiga
aytiladi. ~ 24 ~ Bu og‘irlik yog’ochning asosiy sifatlarini, mexanik
xossalarini ko‘rsatuvchi faktorlar bulib, katta amaliy axamiyatga ega. Turli
yog’ochlarda hajmiy og‘irlik turlicha buladi. Hatto, turli joylarda o‘sgan bir
turdagi yog’ochning hajmiy og‘irligi ham bir xil bo‘lmaydi. Bulardan
tashqari, yog’ochlarning fizik xossalariga: yog’ochlarning qurishi, nam tortib
bukilishi, tob tashlab qiyshayishi, yorilishi, yog’ochlarning zichligi, tovush,
issiqliq, elektr o‘tkazuvchanliklari ham kiradi. Yog’och materiallar tayerlash.
Yog’och materiallarga quyiladigan talablar tegishli GOST bilan belgilanadi.
GOSTda yog’och materiallarning o‘lchamlariga, ruxsat etiladigan
nuqsonlarga, ishlov berish sifatiga, o‘lchash usuliga, sortlarga ajratish,
markalash va hisoblashga nisbatan quyiladigan talablar kursatiladi. Xalq
xo‘jaligining turli sohalarida asosiy yog’och materiallari-turli xodalar, taxta
materiallari, bruslar, fanerlar (randalangan, tilingan, yunilgan, elimlangan
fanerlar va hokazolar), duradgorlik plitalari, yog’och payraxali plitalar keng
ishlatiladi. Bunday yog’och materiallarining ba’zilari sanoat miqyosida
qanday ishlab chiqarilishi va ishlatilishi hamda ba’zi xususiyatlari bilan
qisqacha tanishtirishni maqsadga muvofiq deb topdik
2.
Plastmassa turlari
va ishlatilish sohasi.



Xulosa
Biz bu referatimizda materilashunoslik va uning turlari haqida malumot ga


ega bo’ldik.Materiallar odatda uchta asosiy guruhga bo‘linadi. Bular
metallar, keramika va polimerlar. Bunday bo‘linish moddaning atomlar
tarkibi va kimyoviy tuzilishiga asoslanadi. Ko‘pgina materiallarni u yoki bu
guruhga kiritish mumkin. Bundan tashqari, keltirilgan ikki yoki uchta
guruhga taalluqli materiallar tarkibida kompozitlar mavjudligini ham aytib
o‘tish lozim. Materiallarning yana bir turi zamonaviy maxsus materiallar
(advanced) bo‘lib, ular yuqori texnologiyali (high-tech) sohalarda qo‘llash
uchun
yaratiladi
bularga yarimo‘tkazgichlar, biologik materiallar,
nanotexnologiyalarda ishlatiluvchi “aqlli” (smart) material va moddalar
kiradi. Elektr asbob-uskunalarini ishlab chiqarishda injenerlik masalalarini
hal qilishda materiallar asosiy zveno hisoblanadi va bu materiallar
elektroteхnik
materiallar
(ETM)
deb
ataladi.
Kuch
qo‘yilgan
konstruksiyalarni va yordamchi detal va qismlarni yasash uchun
ishlatiladigan materiallarga konstruksion materiallar (KM) deyiladi. Hozirgi
zamon elektr asbob-uskunalari juda ko‘p har хil ETM va KMlarda yasalgan
murakkab qurilmalardir. Bu materiallar elektrik, meхanik, teхnologik va
ma’lum talab qilingan kimyoviy хossalarga ega bo‘lishi kerak. Bu хossalar
materiallarning kimyoviy 4 tarkibiga va tuzilishiga, tashqi kuchlar ta’siriga,
haroratiga, tashqi va energetik maydonlar ta’siri intensivligiga (elektr
maydoni kuchlanishi va chastotasi, harorati va h.k) bog‘liq.






http://fayllar.org
Download 73.68 Kb.




Download 73.68 Kb.