12-modul. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi. Duradgorlikning xalq turmushidagi roli va vazifasi




Download 20.1 Kb.
Sana06.02.2022
Hajmi20.1 Kb.
#17128
Bog'liq
12-modul. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi . Duradgorlikning xalq
Elektron tijorat, Fazik 2021 maqola, TAT ochiq dars, 103, 3-kurs o\'quv amaliyoti dasturi, bildirish, Maqsadli ko`rsatkich, Boltayev Ruslan, Raxmatova Xumora 4z guruh mustaqil, 1 biologiya, avtoreferat, 2-kurs o\'quv amaliyoti dasturi, Статья Сувонова О О, Academic-Data-353211105300

12-modul. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi . Duradgorlikning xalq
turmushidagi roli va vazifasi

REJA:
1. Yog’och o‘ymakorligi san’atining rivojlanishi.


2. Yog’och o‘ymakorligi ustalarining ishlari.
3. Toshkent, Buxoro, Qo‘qon, Samarqand o‘ymakorlik sa’nati.
Qadimiy zamonlardan beri ota-bobolarimiz insoniyat vujudga keltirgan kashfiyot, ilm-fan cho‘qqilarini egallab, o‘z hunarlarini avloddan-avlodga o‘tkazib kelmoqdalar. Yog’ochga naqsh o‘yish va gul solish san’ati hamisha ardoqlanib kelingan. Xozirgi paytda yog’och o‘ymakorligi me’morchilik bilan bir qatorda ro‘zg‘or buyumlariga bezak berishda keng qo‘llanilmoqda. Maxalliy an’analarni avaylab, ardoqlab ularni yangi mazmun bilan boyitayotgan xalq ustalari asrlar davomida sayqal topgan qadimiy san’atning etuk namunalarini yaratmoqdalar. Xozirgi kunda arxitektura bilan bog‘liq bo‘lgan ganch va yog’och o‘ymakorligi tobora taraqqiy etib bormoqda. O‘zbekistonda qadimdan me’morchilik va uy-ro‘zg‘or buyumlarini bezashda, xalq amaliy san’atining turlaridan biri yog’och o‘ymakorligi keng qo‘llanib kelingan. Yog’och o‘ymakorligida turli naqsh uslublaridan foydalaniladi. Har bir usta o‘zi yashab, ijod etgan erdagi badiiy an’analariing o‘ziga xos tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Masalan, xivalik xalq ustalari yog’ochni o‘yib naqsh ishlashda yog’ochning tabiiyligini saqlab qolganlar, buxorolik ustalar esa naqsh o‘yib ishlangan buyumlarni jim-jimador qilib, uni oltinsimon va kumushsimon ranglar bilan bo‘yaganlar. Ko‘qonlik xalq ustalari yog’ochni Tayanch so‘z va iboralar: Yog’ochga naqsh o‘yish, gul solish, me’morchilik, ganch, badiiy, oltinsimon va kumushsimon, zaminsiz, buklama shirmalarda, bargli va nina barglilar, smola modda, iskana, chekich iskana, kazein elimi, chigit moyi o‘yib naqsh solishda uni o‘rta chuqurlikda o‘yganlar.
Toshkent xalq ustalari taxta yuzasidagi naqshlarni zaminsiz, chiziqlar orqali bajarganlar va xoshiya naqshlarini ko‘p ishlatganlar, Marg‘ilon ustalari o‘ymakorlik ishlarining zaminini o‘ta chuqur o‘yganlar. Xozirgi paytda yog’och o‘ymakorligi va naqqoshligi me’morchilik bilan bir katorda ro‘zg‘or buyumlariga bezak berishda keng qo‘llanilmoqda. O‘yma naqqoshlikning ajoyib namunalarini toshkentlnk ustalar yasagan eshiklar, buklama shirmalarda, kursichalar, laganlar shu kabi boshqa buyumlarda yaqqol ko‘ramiz Yog’och o‘ymakor ustalar yog’ochni o‘yishdan oldin uning o‘ziga xos xususiyatlarini sinchiklab o‘rganganlar. Keyingina yog’ochga o‘yib naqsh ishlangan. Hamma yog’ochlar ular olinadigan yog’och turiga qarab ikki guruhga: bargli va nina barglilarga, bo‘linadi. Nina bargli daraxtlardan olingan yog’ochlar kurinishda, duradgorlikda va yog’och o‘ymakorligida asosiy material hisoblanadi, chunki ularning o‘ziga xos afzalliklari bor. CHunonchi tarkibida smola moddalari bo‘lganligi uchun u tez chirib ketmaydi, bargli daraxtlarga qaraganda ko‘pligi va engilligi, unga ishlov berish osonligi, tanasi to‘g‘ri, silliq bo‘lgani uchun undan silliq xoda tayyorlash mumkin.
Yog’och materiallari tabiiy guli, rangi, tovlanishi va xidiga qarab aniqlanadi. O‘zbekistonlik yog’och o‘ymakor ustalar o‘z ishlari uchun eng yaxshi yong‘oq (grecheskiy orex), kayrag‘och, chinor (platan), tut, archa (mojjevelnik), nok (grusha), zarang (klyon), zirk (olxa), shumtol (yasen), mirzaterak (topol), baqaterak, tog‘ teragi (osina), terak, o‘rik (uryuk) kabi daraxtlardan va hozirda boshqa joylardan keltirilgan shamshod, eman, oq qarag‘ay (pixta), tilogoch (listvennitsa), arg‘uvon (lipa), oq qayin (beryoza), qora qayin (buk), qarag‘ay (sosna) daraxtlari yog’ochlarini ishlatadilar. Ushbu yog’ochlarni pardozlash orqali naqsh o‘yishga tayyorlaydilar. Bunda pardozlashda yog’och sirtini yaxshilab tozalash, silliqlash, o‘yma relefga uch xil: pax (yoyma), choka (yorma), lula pardoz berish hamda bo‘yab, kumush suvi yugirtirish, loklash va jilolash kabi ishlardan iborat.
Yog’och o‘ymakorligida ishlatiladigan yog’ochlarni butun yil bo‘yi tayyorlash lozim. Lekin yog’ochlarni daraxtlardan suv qochgan vaqtda, ya’ni
oktyabr, noyabr oylarida tayyorlash yaxshi natija beradi. Kesilgan daraxt uzoq saqlanganda chirimasligi va qurt emasligi uchun uning po‘stlog‘ini shilish va soya xamda shamol tegadigan joyda saqlash lozim. Yog’ochlarni ishlatish oldidan e’tibor bilan tanlash va xillash kerak, Buralgan, serbutoq yog’ochlarni olmaslik lozim, chunki ulardan yasalgan buyumlar sifatsiz chiqadi. Xo‘l taxtani ishlash quruq taxtaga qaraganda birmuncha qiyin. Nam taxtalar ko‘pincha ish
jarayonida nami qochib qiyshayishi mumkin. SHuning uchun mebel, o‘yma buyumlar yasashda ishlatiladigan yog’och materiallar quruq bo‘lishi shart.
O‘quvchilar qilinadigan ishning katta-kichikligiga qarab, yog’och materiallarni, fanerlarni xillab olishlari lozim. Materiallarni xillab olish tayyorlanadigan buyumning sifatli chiqishini ta’minlaydi. Ishlatiladigan yog’och materiallar yaxshi qurigan bo‘lsa, tob tashlab buralish, kurish natijasida darz ketish xollari yuz bermaydi.
Naqsh o‘yilishi kerak bo‘lgan buyumni yaxlit holda dastgoxga o‘rnatish birmuncha qiyin. SHu sababli uni qismlarga ajratib o‘yish oson va qulaydir. O‘yiladigan buyum qismlarini maxsus burama qisqichlar bilan dastgoh ustiga qimirlamaydigan qilib o‘rnatiladi. Buyum yuziga naqsh tushirishdan oldin buyum yuzini yumshatish uchun paxta moyi surtiladi. O‘yish vaqtida esa iskana uchi sovunga tegizib olinadi, shunda iskana ravon kesadi. Yog’och o‘ymakorligi san’atining ajoyib xususiyatlaridan biri shundaki, o‘ymakor usta ikki qo‘li bilan ishlaydi. Iskana qalamni chap qo‘liga ushlab, o‘ng qo‘li bilan bolg‘ani tutib, iskana dastasiga urib, naqshni kesadi. O‘zbekistonda ishlatiladigan o‘yma naqshlarning chuqurligi 2 mm dan 15 mm gacha boradi. Toshkent, Buxoro, Qo‘qon, Samarqand o‘ymakor ustalari buyumlarning o‘yilgan zaminini chekma uslubida maxsus chekich iskana qalam bilan chakichlab chiqadidar. Xiva ustalari naqsh zaminini chakichlamasdan tekisligicha qoldiradilar. Ular o‘yib tayyorlangan buyumlarning yuziga qizdirilgan chigit yog‘i surtadilar. Bunda buyumning namga va issiq-sovuqqa chidamliligi oshadi. Ikkinchidan chigit yogi naqsh yuzini qoramtir qilib
ko‘rsatadi. Toshkent, Qo‘qon va Samarqand ustalari esa tayyor buyumlarni maxsus lok bilan loklaydilar.
Yog’och o‘ymakorligi san’atida ishlatiladigan yordamchi materiallar va asbob uskunalarga quyidagilarni kiritish mumkin. Duradgorlik elimi, kazein elimi, chigit moyi, jilvir qog‘oz, elimdon kabilardan foydalaniladi. Bundan tashqari duradgorlikda yog’ochni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan dastaki va mexanik asboblardan ham foydalaniladi. Duradgorlik elimi - yog’och materiallarini bir-biriga elimlash uchun ishlatiladi. Duradgorlik elimi go‘sht va suyaklardan tayyorlanadi. Kazein elimi - yog’och o‘ymakorligi va duradgorlikda ishlatiladigan elim bo‘lib, sutning oxirgi ishlatib bo‘lmaydigan qismidan tayyorlanadi. U talqon xolida yoki 4-12 mm li qattiq donacha ko‘rinishida bo‘ladi.
CHigit moyi — o‘yilgan o‘yma nakati beys yordamida o‘rik, yong‘oq yoki boshqa yog’och rangiga keltirib bo‘yalgandan so‘ng chigit moyi paxtali latta bilan ishqalab surkab chiqiladi va 3,7 nomerli spirtli lok surkab chiqiladi. Knopka naqshni buyumni yuziga tushirishda shildiroq qog‘oz siljimasligi uchun uni maxkamlab qo‘yishda ishlatiladi. Moslamalardan jilvir qog‘oz, mayin yassi egovlar ishlatiladi. Jilvir qog‘ozlar donlarining yirik-maydaligiga qarab, 120 dan 180 gacha nomyorlanadi, nomerlar ortib borishi bilan donalari maydalashib boradi, 120-140 nomerlilari mayda donali jilvir deyiladi.
NAZORAT SAVOLLARI?
1. Qo‘qon, Xiva, ustalarining yog’och o‘ymakorlik ishlari nimasi bilan bir-
biridan farq qiladi?
2. O‘zbekistondagi yog’och o‘ymakor ustalar o‘z ishlari uchun qanday
daraxtlardan foydalanadilar?
3.Daraxtlar bargiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi va qaysi guruh
daraxtlaridan yog’och o‘ymakorlygida ko‘proq foydalaniladi?
4.Yog’och o‘ymakorligida ishlatiladigan qanday materiallarni va asbob-
uskunalarni bilasiz?
5. Yog’ochlarga qanday ishlov beriladi?
6. Yog’ochlarni qanday vaqtlarda tayyorlanadi?
7. Kazein elimi nima?
8. Duradgorlik elimi
9. CHigit moyi duradgorlikda nima uchun foydalaniladi?
10. Toshkent va Marg‘ilon ustalarining yog’och o‘ymakorlik ishlari nimasi
bilan bir-biridan farq qiladi?
Download 20.1 Kb.




Download 20.1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-modul. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi. Duradgorlikning xalq turmushidagi roli va vazifasi

Download 20.1 Kb.