Randa duradgorlik ishlarini bajarishda yogʻoch sirtini tekislash va silliqlash




Download 54,35 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.01.2024
Hajmi54,35 Kb.
#137077
Bog'liq
Randa - Vikipediya



Randa
Randa — duradgorlik ishlarini bajarishda
yogʻoch sirtini tekislash va silliqlash
(randalash) uchun moʻljallangan asbob.
Dastaki, elektr va mexanik turlari bor.
Dastaki R. metall yoki yogʻoch asos,
keskich (tigʻ) va ponadan iborat.
Asosning pastki qismi kaft deb ataladi.
Yassi yuzalarni ishlaydigan R. kafti yassi,
egri sirtli va shakldor yuzalarni
ishlaydigan R. kafti oʻsha yuzalar
shaklida boʻladi. R. asosidagi poʻlat


keskich oʻrnatish uchun teshik ochilgan;
bu teshik pastga tomon asta-sekin
torayib borib, uya hosil qiladi. Randalash
paytida payraha shu uyadan tashqariga
chiqib ketadi. Asosning oʻlchami, profili,
keskichining oʻrnatilish burchagiga koʻra,
R. quyidagi xillarga boʻlinadi; sherx yebel
(keskichning tigʻi yarim aylana shaklida)
— dagʻal randalash uchun; bir v a ikki
keskichli (payraxa singdirgichli) va
medvedka (qoʻsh qulokli) R. — tozalab
randalash uchun; japs va yarim japs
(daroz) R. — tozalab randalash, katta
sirtlarni randalash va qismlarni birbiriga
toʻgʻri keltirish uchun; shliftik R. — yupqa
payraha olish uchun; sinubel — detal
sirtlarida mayda yoʻllar (yelimlash


maqsadida) ochish uchun; konish R.
(zenzubel) — detal chekkalarida chorak
(tirnoq) ochish uchun; falsgobel R. —
detalda chorak (tirnoq) ochish uchun;
gruntubel R. — koʻndalanggiga trapetsiya
shaklidagi oʻyiq ochishda qoʻllaniladi; nov
randa — detallarda turli naqshli profillar
ochishda ishlatiladi; b u kri R. — egri
(botik va qabariq) sirtlarni randalashda
foydalaniladi. Elektr R. — elektr motor
yordamida aylanib turadigan ikki yoki toʻrt
pichokdan iborat. Elektr R. bilan
yogʻochni 0,75—2,0 mm qalinlikda
payraha hosil qilib randalash mumkin.
Mexanik R. (randalash dastgohi) tekis va
shakldor, metall va yogʻoch sirtlarga
ishlov berish uchun moʻljallangan


qurilma. U support, polzun va qisqichdan
iborat. Asosiy harakati (randalash)
ilgarilamaqaytma, surish harakati
davriyilgarilama. Koʻndalang randalash va
boʻylama randalash dastgoxlari bor.
Koʻndalang randalash dastgoxlarida
asosiy harakatni support va polzun bilan
birga keskich bajaradi, boʻylama
randalash dastgohlarida esa ishlov
beriladigan taxta harakatlanib turadi.
R.lar kurilishda, yogʻochga ishlov berish
korxonalarida, uyroʻzgʻorda va boshqa
joylarda ishlatiladi.


Gurvich A.O., Duradgorlik ishlari, T.,
1966; Kreyndlin L.N., Stolyarnie raboti,
M., 1986; Bozorboyev N., Uyjoy
quruvchilar uchun 1001 maslahat, T.,
1990.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga
ishorat
 yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Adabiyot
Manbalar

Download 54,35 Kb.




Download 54,35 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Randa duradgorlik ishlarini bajarishda yogʻoch sirtini tekislash va silliqlash

Download 54,35 Kb.
Pdf ko'rish