1-amaliy mashg’ulot: Qurilish ishlarini bajarishda qo’llaniladigan mе'yoriy xujjatlar: qmq, Shnk va boshqalar




Download 28.38 Kb.
bet1/5
Sana26.02.2024
Hajmi28.38 Kb.
#162648
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot
18-ma\'ruza, 1-maruza, bmi nargiza, Презентация Microsoft PowerPoint, 2-sho\'ba. Razzoqov J, 811-20 Raximov M (2), Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati suxrob, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Mavzu Global kompyuter tarmoqlari, Davriy sistemaning IVA, prepare manuscript publication scopus sciencedirect tools certificate (2), Kеrаmikа vа оlоvbаrdоsh mаtеriаlаr ishlаb chiqаrishdа hоzirgi zаmоn yutuqlаri 1 mavzu, ASSALOM, akt dan, АКТ

1-amaliy mashg’ulot: Qurilish ishlarini bajarishda qo’llaniladigan mе'yoriy xujjatlar: QMQ, ShNK va boshqalar.
Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ), Shaharsozlik normalari va qoidalari (ShNK), loyiha – smeta hujjatlarini tuzish, sanoat va fuqarolik hamda qurilishning boshqa turlarini amalga oshirish, bino va inshootlar hamda ayrim konstruksiyalarni ekspluatatsiya qilish, ularni ta’mirlash bo‘yicha asosiy me’yoriy hujjatlar tizimidan iborat. Bu me’yorlarga rioya qilish barcha loyihalash va qurilish tashkilotlari uchun majburiydir. Qurilish ishlab chiqarish texnologiyalari va qurilishni tashkil etish qoidalari, “Qurilish me’yorlari va qoidalarining” uchinchi qismida keltirilgan bo‘lib, bu qism qurilish-montaj ishlarini bajarishga, ularni xavfsiz yuritishga hamda qabul qilish, qurilish mahsuloti sifatini nazorat qilishga doir barcha zaruriy ko‘rsatmalar va talablarni o‘z ichiga olgan.
Bino va inshootlarni muvaffaqiyatli qurish uchun qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarish bo‘yicha qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL), ishlarni bajarish loyihasi (IBL) va texnologik xaritalar (TK) ko‘rinishida loyiha materiallari ishlab chiqilib, ularda qurilish ishlarini bajarishni tashkil etish va texnologiyasining asosiy masalalari bo‘yicha qarorlar (yechimlar) keltiriladi. Asosiy loyiha tashkiloti loyihani ishlashning boshlang‘ich bosqichida QTEL ni ishlab chiqadi. QTEL qurilishning qiymati, uning davomiyligini asoslash bo‘yicha birlamchi hujjat hisoblanib, qurilish texnologiyasi va qurilishni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Ishlarni bajarish loyihasi (IBL) QTEL da taklif etilgan asosiy yechimlar (qarorlar)ni yanada mufassal ishlab chiquvchi hujjat hisoblanadi. Ishlarni bajarish loyihasi qurilish-montaj ishlarini qiymati va mehnat sarfini pasaytirishga, qurilish davomiyligini qisqartirishga, qurilish-montaj ishlari sifatini yaxshilashga imkon beruvchi qurilish-montaj ishlarini bajarishning eng samarali metodlarini belgilab beradi. Qurilish ishlarini bajarish loyihasiz amalga oshirish ta’qiqlanadi. IBL qurilishni amalga oshiruvchi qurilish-montaj tashkiloti yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi. IBL loyihasi tarkibidagi murakkab va yangi texnologiya bo‘yicha o‘zlashtiriladigan ishlar(jarayonlar)ga texnologik xaritalar ishlab chiqiladi. Xaritada ishlarni bajarishning qabul qilingan usullari, qamrovlarga bo‘linishlar, mexanizmlarning joylashtirilishi va transport harakati yo‘nalishlari, jarayonlar ketmaketligi hamda davomiyligi, xaritaga kiritilgan jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mehnat va moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojlar ko‘rsatiladi. Qurilishda texnologik xaritalarning uch turidan foydalaniladi: 1) qurilayotgan ob’yektga va mahalliy sharoitlarga bog‘lanmagan tipovoy (namunaviy) xaritalar; 2) tiklanayotgan bino yoki inshootga bog‘langan lekin, mahalliy sharoitlarga bog‘lanmagan tipovoy (namunaviy) xaritalar; 3) qurilayotgan ob’yekt va qurilish joyidagi mahalliy sharoitlarga bog‘langan xaritalar.

Download 28.38 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 28.38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-amaliy mashg’ulot: Qurilish ishlarini bajarishda qo’llaniladigan mе'yoriy xujjatlar: qmq, Shnk va boshqalar

Download 28.38 Kb.