Amaliy ish-7 mavzu: yil mavsumlari davomiyligini aniqlash va yo‘lustki yuzasining hisobiy holatlarini baholash ishdan maqsad




Download 173.33 Kb.
bet1/2
Sana28.03.2024
Hajmi173.33 Kb.
#179814
  1   2
Bog'liq
AMALIY ISH-7
AMALIY ISH-3, AMALIY ISH-4, AMALIY ISH-5, AMALIY ISH-8

AMALIY ISH-7
MAVZU: YIL MAVSUMLARI DAVOMIYLIGINI ANIQLASH VA YO‘LUSTKI YUZASINING HISOBIY HOLATLARINI BAHOLASH
Ishdan maqsad: Yil mavsumlari davomiyligini aniqlash va yo‘l ustki yuzasining hisobiy holatlarini baholashni o‘rganish.
Nazariy qism:
Havo‑iqlim sharoitini tadqiq qilishda uning ta’sir davomiyligini aniqlash muhim ahamiyatga ega, chunki havo-iqlim sharoitining ba’zi bir ko‘rsatkichlari ta’siri hodisa kuzatilgandan keyin ham davom etadi. Masalan, yog‘ingarchiliklar ta’siri qoplama quriguncha davom etadi, ya’ni qordan keyin uning yer ish vaqti, yomg‘irdan so‘ng qoplamaning qurish davomiyligi va v.h.k. Tadqiqotlarda yomg‘irdan keyin 5 soatgacha uning ta’siri davom etishi aniqlangan.
Tj = tj1 + tj2 (7.1)
Bunda tj1 – hodisani kuzatilishi davomiyligi, soat;
tj2 – hodisadan keyingi ta’sir davomiyligi, soat.
Yomg‘irdan keyingi ta’sir davomiyligi havo haroratiga va harakat jadalligiga bog‘liq bo‘lib, bu ‑rasmdagi grafikda aks ettirilgan (7.1-rasm).

1‑harakat jadalligi N=100 avt/soat bo‘lganda; 2‑N=450‑550 avt/soat bo‘lganda; 3‑N=900‑1000 avt/soat bo‘lganda.
7.1-rasm. Har xil havo harorati va harakat jadalligida yomg‘irdan keyingi ta’sir davomiyligi.

O‘zbekiston sharoitida olib borilgan tadqiqotlarda asfaltbeton qoplama haroratining havo haroratiga bog‘liqligi qonuniyati aniqlangan va yilning issiq davrlarida qoplama ustki yuzasidagi harorat havo haroratiga nisbatan 4‑35 S gacha yuqori bo‘lishi kuzatilgan.


Avtomobil yo‘llaridan foydalanish jarayonida yo‘llar butun uzunligi bo‘yicha notekis buziladi va yemiriladi. A’lo va yaxshi bo‘laklar ko‘pchilik hollarda buzilgan, qoniqarsiz, deformatsiyalangan yo‘l bo‘laklariga aralashib ketadi. Buning sababi «Mikroiqlim» sharoiti hisoblanadi. Mikroiqlim kichik hududda, yo‘lning qisqa bo‘lagida yuzaga keladi.

7.2-rasm. Qoplama harorati o‘zgarishining havo haroratiga bog‘liqligi.

Harakat sharoiti qishki va bahorgi-kuzgi davrlarda noqulay, yozgi davrda etalon sharoitiga yaqin degan xulosa O‘zbekiston sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki O‘zbekistonda yilning har qaysi davrida o‘ziga xos noqulay va etalonga yaqin harakat sharoitlari yuzaga keladi.


Havo harorati +20 C bo‘lganda «avtomobil-transport oqimi-yo‘lsharoiti-havo‑iqlim sharoiti» tizimi ko‘rsatkichlari eng qulay ishchi holatda bo‘ladi va tizimining ishlashida katta ishonchlilik ta’minlanadi. Shuning uchun tadqiqotlarda +20 C havo harorati etalon sharoitga qabul qilingan.
Havo haroratining oshishi haydovchining ishchi o‘rnidagi mikroiqlim o‘zgarishiga va haydovchining ishlash qobiliyati pasayishiga, xatoliklar soni oshishiga olib keladi. Havo harorati +16+23 C bo‘lganda, haydovchi reaksiya vaqti 971 ms ni, +27 C bo‘lganda esa 1281 ms ni tashkil qilgan, ya’ni reaksiya vaqti 32 % ga oshgan. Havo harorati +16+23 C bo‘lganda, 100 kun ichida 88 ta YTH, havo harorati +27 C dan yuqori bo‘lganda 238 ta YTH yuz berganligi kuzatilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, harakat sharoitini ta’minlashda eng qulay havo harorati +16+23 C oralig‘ini tashkil qiladi. Respublika bo‘yicha eng qulay havo harorati yuzaga keladigan mavsumiy davrlar va ularning davomiyligi tadqiqotlar natijasida aniqlangan (7.1-jadval).



Download 173.33 Kb.
  1   2




Download 173.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy ish-7 mavzu: yil mavsumlari davomiyligini aniqlash va yo‘lustki yuzasining hisobiy holatlarini baholash ishdan maqsad

Download 173.33 Kb.