• 5.1-rasm. Avtomobil yo‘lining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini kompleks baholash grafigi
  • Yo‘l qoplamasining tishlashish sifatini
  • Amaliy ish-5 mavzu: avtomobil yo‘lining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini kompleks baholash topshiriq




    Download 345.41 Kb.
    Sana28.03.2024
    Hajmi345.41 Kb.
    #179812
    Bog'liq
    AMALIY ISH-5
    AMALIY ISH-3, AMALIY ISH-4, AMALIY ISH-7, AMALIY ISH-8

    AMALIY ISH-5
    MAVZU: AVTOMOBIL YO‘LINING TRANSPORT-EKSPLUATATSION KO‘RSATKICHLARINI KOMPLEKS BAHOLASH


    Topshiriq: Avtomobil yo‘lining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini kompleks baholashni o‘tganish.
    Nazariy qism:
    Avtomobil yo‘llarining transport-ekspluatatsion holati bir qator ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar avtomobil yo‘lidan va transport vositalaridan foydalanish samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi.
    Avtomobil yo‘llarining transport-foydalanish holatini baholash yo‘l korxonalarining buyurtmasi asosida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan, yo‘l korxonalarining injener-texnik xodimlari va bo‘lim boshliqlari ishtirokida o‘tkaziladi.
    Yo‘lning transport–foydalanish holatini baholashda asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan avtomobil g‘ildiragining qoplama bilan ilashish koeffitsientlari transport vositalarining tezligiga va xavfsiz harakatlanishiga ta’sir etganligi uchun tekshirilayotgan yo‘lni ko‘rib chiqilayotgan uchastkalarida avtomobillarning harakat tezligini ham aniqlash kerak.
    Quyidagi grafikda (6.1-rasm) yo‘ning transport-foydalanish ko‘rsatkichlaridan bo‘lgan qoplama bilan avtomobilning g‘ildiragini ilashish, harakat tezligiga nisbatan va nisbiy avariyalik koeffitsienti orqali baholash ko‘rsatilgan.



    5.1-rasm. Avtomobil yo‘lining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini kompleks baholash grafigi
    5.1-jadval
    Avtomobil yo‘lining ekspluatatsiya davrida talab qilingan bo‘ylama ilashish
    koeffitsienti φtr

    Harakat sharoiti

    Avtomobillarning harakat tezligiga qarab bo‘ylama ilashish koeffitsienti φtr, km/soat

    40 km/soat

    60 km/soat

    80 km/soat

    100 km/soat

    Yengil

    0,45

    0,35

    0,26

    0,23

    Qiyin

    0,50

    0,40

    0,28

    0,25

    Xavfli

    0,55

    0,45

    0,30

    0,28



    Yo‘l qoplamasining tishlashish sifatini quyidagi koeffitsient orqali aniqlanadi:
    (5.1)
    bu yerda, [φN] - me’yoriy tishlashish koeffitsienti, yangi asfaltbeton qoplamasi uchun φN = 0,7;
    φx xaqiqiy qoplamadagi tishlashish koeffitsienti.
    Yo‘l qoplamasining materialiga qarab ko‘p yilgi tishlashish koeffitsientini o‘lchash natijalari quyidagi qiymatlarga to‘g‘ri keladi. Qoplama quruq xolatda φx = 0.6, xo‘l xolatda φx = 0,5 va xo‘l va iflos bulsa φx = 0,3.
    Qoplamaning tishlashish sifatini quyidagicha aniqlash mumkin:
    1) qoplamaning g‘adir-budirligini o‘lchash yordamida. Bunda tishlash sifatini «qumli dog‘» usuli bilan aniqlanib, qoplama g‘adir-budirligining o‘rtacha chuqurligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
    (5.2)
    Bu yerda: V- qum hajmi (odatda 0,15-0,30 mm zarrachalik qumdan 10-30 sm3 olinadi);
    D qumli dog‘ diametri, sm;
    π - o‘zgarmas miqdor π = 3,14.
    2) Ma’lum tezlikda xarakatlanayotgan avtomobilning tormoz yo‘lini o‘lchash natijasida. Bu usul bilan qoplamaning tishlashish koeffitsienti quyidagi formulaga binoan topiladi:
    (5.3)
    bu yerda, V — tormozlanish boshlanishidagi tezlik, km/soat;
    St – tormoz yo‘lining uzunligi, m.
    Topshiriq: Talaba berilgan topshiriqqa asosan yo‘lni transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini kompleks baholash orqali yo‘lda bajariladigan ishlar turini belgilab olishadi.
    Download 345.41 Kb.




    Download 345.41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy ish-5 mavzu: avtomobil yo‘lining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini kompleks baholash topshiriq

    Download 345.41 Kb.