• ELEKTR YUKLAMA GRAFIKLARINI XARAKTERLOVCHI KATTALIKLARNI HISOBLASH (1-qism) Reja
  • 1.2. Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr
  • 1.3. Mustаqil yechish uchun misоllаr.
  • Fan nomi: Releli himoya va avtomatika Amaliy mashg’ulotni olib boradi




    Download 38.75 Kb.
    Sana27.04.2024
    Hajmi38.75 Kb.
    #208720
    Bog'liq
    Amaliy mashg\'ulot 1
    Organik kimyo fanidan 200 ta test o’qituvchi k f. n. M. S. Hota, 4-sinf (1), Malaka ma\'ruza 1 1, Betlik, Ёзма кўрсатма Gidromet, maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal

    Fan nomi: Releli himoya va avtomatika
    Amaliy mashg’ulotni olib boradi:
    Ro‘zinazarov M.R. → 107-17, Meliqo’ziyev M.V. → 109-17, Niyozov N.N. → 111-17.
    Lavozimi: ToshDTU “Elektr ta’minoti” kafedrasi assistenti
    Telefon raqami: +998909458700 E-mail: ilider1987@yandex.ru


    AMALIY MASHG’ULOT №1
    ELEKTR YUKLAMA GRAFIKLARINI XARAKTERLOVCHI KATTALIKLARNI HISOBLASH (1-qism)


    Reja:
    1.1. Nazariy qism.
    1.2. Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr.
    1.3. Mustаqil yechish uchun misоllаr.


    1.1. Nazariy qism
    Yuklamalarni hisoblash va tadqiqot qilishda iste’molchilarning quvvat va vaqt bo`yicha ish rejimini tavsiflovchi yuklamalar grafiklarining koeffitsiyentlaridan foydalaniladi. Bunday koeffitsiyentlar xususiy va guruhiy grafiklari uchun aniqlanib, mos ravishda kichik k va bosh K xarflar bilan belgilanadilar
    Talab koeffitsiyenti iste’molchilar guruhiga tegishli bo‘lib, u hisobiy yuklamani iste’molchilarning nominal qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi:

    Ishlatilish va maksimum koeffitsiyentlarining ifodalarini hisobga olsak:

    shuningdek,

    Talab koeffitsiyentlarining qiymatlari sanoat korxonalaridagi har xil iste’molchilar guruhlari uchun ekspluatatsiya sharoitida tajriba asosida ushbu ifoda orqali aniqlanadi:

    Bu yerda, Pq – iste’molchilar guruhining qabul qilgan aktiv quvvati. Talab koeffitsiyentining har xil iste’molchilar guruhi va korxonalar uchun qiymatlari ma’lumotnomalarda keltirilgan.
    Ishlatilish koeffitsiyenti deganda, o‘rtacha aktiv quvvatni nominal quvvatga nisbati tushuniladi va uning miqdori eng ko‘p yuklamali smena uchun aniqlanadi:

    Bu yerda, pn, Pn – mos ravishda bir yoki guruh iste’molchilarining nominal aktiv quvvatlari. Pn ni miqdorini takroriy qisqa muddatda ishlaydigan iste’molchilarda ularning pasportlaridan olinadi.
    Ps, Ps – mos ravishda ayrim guruh iste’molchilarning o‘rtacha aktiv quvvat energiya hisoblagichlarining ko‘rsatgichi bo‘yicha aniqlanadi:
    ;
    эa, ЭA – bir yoki guruh iste’molchilarning qabul qilgan aktiv elektr energiyasi.
    Ts – sikl uchun vaqt intervali.
    Yuqorida keltirilgan munosabatlarni reaktiv quvvatga ham yozish mumkin:
    ; ;
    ; .
    Har xil rejimlarda ishlovchi elektr iste’molchilari uchun ishlatilish koeffitsiyentlarining o‘rtacha qiymati ma’lumotlarda keltirilgan.


    1.2. Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr

    1-misol. Korxonada mavjud iste’molchilarning o’rnatilgan quvvati 850 kVt bo’lib, ularning hisoblangan to’la quvvati 1000 kVA bo’lsa, aktiv quvvatga nisbatan talab koeffitsiyentining qiymatini aniqlang, Kt=? (cosφ=0,7).


    Pn=850 kVt, Sx=1000 kVA, cosφ=0,7.

    2-misol. Zavodga o’rnatilgan kuch iste’molchilarining nominal quvvatlari mos ravishda 80, 40, 50, 70, 45 kVt bo’lib, ular bir sutka davomida mos ravishda 16, 12, 15, 10, 20 soat ish faoliyatida bo’lgan bo’lsa, ishlatilish koeffitsiiyentini aniqlang, Ki=?


    Pn1=80 kVt, Pn2=40 kVt, Pn3=50 kVt, Pn4=70 kVt, Pn5=45 kVt.
    t1=16 s, t2=12 s, t3=15 s, t4=10 s, t5=20 s.



    3-misol. Korxonada mavjud iste’molchilarning o’rnatilgan quvvati 8000 kVt bo’lib, ularning hisoblangan reaktiv quvvati ham 8000 kVAr hamda hisoblangan to’la quvvati 10000 kVA bo’lsa, aktiv quvvatga nisbatan talab koeffitsiyentining qiymatini aniqlang, Kt=?.
    Pn=8000 kVt, Sx=10000 kVA, Qx=8000 kVAr.



    1.3. Mustаqil yechish uchun misоllаr.

    1-misol. Korxonada mavjud iste’molchilarning o’rnatilgan quvvati 780 kVt bo’lib, ularning hisoblangan to’la quvvati 1000 kVA bo’lsa, aktiv quvvatga nisbatan talab koeffitsiyentining qiymatini aniqlang, Kt=? (cosφ=0,72).


    2-misol. Zavodga o’rnatilgan kuch iste’molchilarining nominal quvvatlari mos ravishda 40, 45, 55, 85, 95 kVt bo’lib, ular bir sutka davomida mos ravishda 16, 12, 10, 16, 22 soat ish faoliyatida bo’lgan bo’lsa, ishlatilish koeffitsiiyentini aniqlang, Ki=?


    3-misol. Korxonada mavjud iste’molchilarning o’rnatilgan quvvati 825 kVt bo’lib, ularning hisoblangan reaktiv quvvati ham 800 kVAr hamda hisoblangan to’la quvvati 1000 kVA bo’lsa, aktiv quvvatga nisbatan talab koeffitsiyentining qiymatini aniqlang, Kt=?.




    4-misol. Korxonada mavjud iste’molchilarning o’rnatilgan quvvati 800 kVt bo’lib, ularning hisoblangan to’la quvvati 900 kVA bo’lsa, aktiv quvvatga nisbatan talab koeffitsiyentining qiymatini aniqlang, Kt=? (cosφ=0,6).
    Download 38.75 Kb.




    Download 38.75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan nomi: Releli himoya va avtomatika Amaliy mashg’ulotni olib boradi

    Download 38.75 Kb.