1-Ma’ruza Mavzu




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/24
Sana16.01.2024
Hajmi0,99 Mb.
#138442
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Маруза (1)



1-Ma’ruza 
 
Mavzu: Kommutatsiya jarayoni va uning rivojlanish tarixi 
Telekommunikatsiyalar so‘zi masofadan turib muloqat qilish vositasi deganini 
anglatadi (ya’ni axborot almashinuvini) va bunday muloqotning turli usullarini amalga 
oshiruvchi 
texnologiyalar 
yig‘indisini 
ko‘zda 
tutadi. 
Telefoniya 
va 
telekommunikatsiyalar degan atamalar bilan ataluvchi tushunchalarni ba’zida 
adashtirishadi.
Birinchi atama dastlab real vaqt davomida nutq axborotini uzatishga 
mo‘ljallangan elektraloqa tizimlariga muvofiq ravishda qo‘llangan. Ikkinchisi esa diskret 
axborotni almashinuvi uchun ishlatiladigan, shu jumladan, kompyuter tizimlari ham 
ishlatilgan, qolgan barcha elektraloqa tizimlarini (shu jumladan, telefon tizimlariga 
asoslanganlar ham o‘z ichiga oladi) muvofiq ravishda ishlatilgan.
Ma’lum hududda telefon aloqasini ta’minlovchi qurilmalar va inshootlar yig‘indisi 
telefon tarmog‘i deb ataladi. Bunday tarmoq tarkibiga quyidagilar kiradi: kommutatsiya 
qurilmalar (ATS, tugun stansiyalari, stansiya tarqamalari, konsentratorlar va 
multipleksorlar), liniyaviy inshootlar (abonent va bog‘lovchi liniyalar, shaharlararo va 
xalqaro kanallar), rasmiy inshootlar (telefon stansiyalar, kuchaytirgich punktlarining 
binolari), telefon apparatlari va operatorlar pultlari.
Evolyusiya jarayonida telefon tarmog‘i raqamli telekommunikatsiyalar-ning 
qudratli infratuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib qoldi, bunda nutq uzatilayotgan 
ma’lumotlarning faqat bittagina turi bo‘lib hisoblanadi.
Telefon tarmog‘i telefoniyani qo‘llovchi telekommunikatsiya tarmoq deb, 
telekommunikatsiya tarmog‘ini esa multimediyali axborot almashinuvini qo‘llovchi 
vositalar bilan ta’minlangan telefon tarmog‘iday qarash mumkin. YA’ni telefoniya 
telekommunikatsiyaning turlaridan biri hisoblanadi.
Umumiy foydalanish telefon tarmoqlarini an’anaviy ravishda quyidagilarga 
turlarga ajratiladi: shahar, qishloq, hududiy va shaharlararo, xalqaro. Barcha zikr etilgan 
tarmoqlar birgalikda umumiy foydalanish telefon tarmog‘ini hosil qiladi. UFTT, (PSTN 
– Public Switched Telepone Network), mamlakatning o‘zaro bir – biriga bog‘langan 
aloqa tarmog‘iga kiradi.
UFTT ga majburiy qo‘yilgan talablar: barcha mahalliy, milliy va regional telefon 
tarmoqlarining orasida to‘la ulanish. 
Kommutatsiya (switchens) so‘zi «ulash va uzish» ma’nosini bildiradi. Elektr – 
muhandisi uchun kommutatsiya elementi bu ish jarayonida ikki holatdan (ulash, uzish) 
biriga o‘tishi mumkin bo‘lgan qurilmadir. Bu optik kommutatsiya elementlarga, 
tranzistorlarga, ular yordamida qurilgan mantiqiy ventellarga, trigerlarga, binarli xotiraga 
va hokazolarga nisbatan adolatlidir.
Xalqaro elektraloqa ittifoqining telekommunikatsiyani standart-lashtirish bo‘yicha 
sektori, (ITV – T) – International Telecommunications Union Standartization Sector) 
kommutatsiyani so‘rov bo‘yicha tashkil etiluvchi va axborot almashinuv uchun talab 


qilingan vaqtga kirish – chiqish juftligini beruvchi tizimning ko‘p kirishlaridan birini, 
uning ko‘p chiqishlaridan biriga ulash deb aniqladi. Boshqa so‘z bilan aytganda, ulash 
chaqirilayotgan foydalanuvchi liniya raqami bilan moslikda yaratiladi va ulardan bittasi 
go‘shagini qo‘ymagunicha saqlanadi. Bu ulanish borligida u bo‘yicha nutq, ma’lumotlar 
yoki videoaxborot uzatish mumkin. SHunday qilib, kommutatsiyalanayotgan aloqaga 
so‘rov olganda, chaqirayotgan va chaqirilayotgan foydalanuvchilar (TA, kompyuterlar 
yoki modemlar) orasida tarmoq ulash o‘rnatadi, bu ulanish faqat aloqa vaqti 
davomidagina ularga to‘la va mutloq foydalanish imkoniyatini beradi. Bu vaqt davomida 
ulanishning biron – bir resurslari boshqa talabnomalarga xizmat ko‘rsatish uchun 
ishlatilmaydi. So‘zlashuvdagi yoki ma’lumotlarni uzatishdagi tabiiy tanaffuslar boshqa 
so‘zlashuvlar yoki boshqa ma’lumotlar bilan to‘ldirilishi mumkin emas. Aloqa tugagach 
ulanish buziladi, shundan so‘ng tarmoq ulanishda qatnashgan resurslar boshqa ulanishni 
tashkil etish uchun ishlatiladi. SHunday qilib, kommutatsiya bu bir necha bir – biriga 
bog‘liq bo‘lmagan doimiy mavjud bo‘lgan kanallarni bitta ulama kanalga ketma – ket 
ulanish jarayonidir, bu ulanish faqat aloqa vaqti davrida bo‘lib, bu vaqt davomida 
kommutatsiyalanadigan kanalning chetki nuqtalaridagi foydalanuvchilar o‘zaro muloqat, 
ya’ni axborot almashinuvi imkoniga ega bo‘lishlari kerak. Kommutatsiyalanadigan kanal 
komponentlari bo‘sh, ulana oladigan va ulanishning zarur yo‘nalishida joylashgan
sonidan tanlab olinadi. Kanallar kommutatsiyasi analogli yoki raqamli bulishi mumkin.
Analogli kommutatsiya deb analogli signallar ustidan mulojamalar vositasi bilan 
kommutatsiyalanadigan kanalning chetki nuqtalari o‘rtasida ulash o‘rnatish jarayoniga 
aytiladi.
Raqamli kommutatsiya deb raqamli signallarni analogli signalga aylantirmay ular 
ustida muolajama bilan kommutatsiyalanadigan kanalning chetki nuqtalari o‘rtasida ulash 
o‘rnatish jarayoniga aytiladi.

Download 0,99 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish