• Kanallar kommutatsiyasi
  • 1-Ma’ruza Mavzu




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/24
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,99 Mb.
    #138442
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    Маруза (1)

     
    3-Ma’ruza 
     
    Mavzu: Kanalli kommutatsiya va uning amalga oshirilish mexanizmlari 
    Kanallar kommutatsiyasi tarixi dastlabki telefon tarmoqlaridan boshlanadi. 
    Paketlar kommutatsiyasi 60-yillar oxirida barpo etilib, birinchi kompyuter tarmoqlarida 
    qo‘llanilgan. Kommutatsiya usullarning har biri afzallik va kamchiliklarga ega
    mutaxassislar 
    fikriga 
    ko‘ra, paketlar kommutatsiyasiga asoslangan tarmoq 
    texnologiyalari istiqbolda asosiy o‘rin egallaydi.


    Kanallar kommutatsiyasi usulida tugunlar o‘rtasida uzluksiz fizikaviy kanal hosil 
    bo‘lib, kommutatorlar yordamida alohida kanal qismlari ketma- ket ulangan bo‘ladi: bir 
    nechta fizikaviy kanallar yagona fizikaviy kanalni tashkil etadi va har bir kanalda uzatish 
    tezligi bir xil bo‘lishi sharti asoslangan. Bunday yagona kanal ma’lumot uzatish 
    jarayonidan avval o‘rnatilishi kerak bo‘ladi va bu kanal ulash o‘rnatish jarayonida faqat 
    ushbu bog‘lanishga xizmat qiladi.
    1- rasm. Tarmoqda foydalanuvchilar kommutatsiyasi 
    Misol uchun, rasmdagi 1-tugundan 7-tugunga ma’lumot uzatish uchun avval 1-
    tugun A kommutatoriga ulash o‘rnatish uchun 7-tugun adresini belgilagan holda maxsus 
    so‘rov signalini yuboradi. A kommutatori yagona kanal hosil qilish uchun marshrut 
    aniiqlab, so‘rov signalini keyingi kommutatorga yuboradi va h.k. 7-tugun so‘rov belgisini 
    olganligi to‘g‘risida 1-tugunga javob signalini qaytaradi va yagona kanal hosil 
    bo‘lganligi (kommutatsiyalanganligi) belgilanadi; shundan so‘ng 1-tugun 7-tugun bilan 
    ma’lumot almashishi mumkin.
    Kanallar kommutatsiyasining afzalliklari: 

    foydalanuvchilar aro o‘rnatilgan kanalda ma’lumot uzatish tezligi doimiy 
    va ma’lum bo‘ladi (foydalanuvchi sifatli uzatishga mo‘ljallangan kanalning o‘tkazish 
    qobiliyatiga moslab kerakli tezlikni belgilash imkoniyatiga ega); 

    tarmoq orqali ma’lumot uzatishda to‘xtalishlar darajasi past va doimiy 
    bo‘lishi (to‘xtalishlarga sezgir real vaqtli trafik (ovoz, video)ning sifatli uzatilish 
    imkoniyati). 
    Kanallar kommutatsiyasining kamchiliklari: 

    kanal bandligida foydalanuvchiga rad javobi berilishi; 



    fizikaviy kanallar o‘tkazish qobiliyatining samarasiz ishlatilishi (kanal ulash 
    o‘rnatish jarayoni mobaynida band bo‘ladi); 

    avvaldan ulash o‘rnatilishi tufayli ma’lumot uzatish jaraenidan oldin shartli 
    to‘xtalish mavjudligi. 
    Bu kommutatsiya usuli telefon so‘zlashuvlarni uzatishda qo‘llaniladi. 

    Download 0,99 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish