51
5.7-rasm. Kontakt payvandlash mashinasi ish zonasini tashkil etish
.
Nazorat savollari
1. Bo‘ylama yo‘nalishli ishlab chiqarish
oqimiga ega payvandlash
sexi tuzilishi qanday kamchiliklarga ega?
2. Aylanma yo‘nalishli ishlab chiqarish oqimiga ega payvandlash
sexi tuzilishi qanday afzalliklarga ega?
3. Loyihalanayotgan sex prolyot balandligini tanlashda qanday qiyin-
chiliklar mavjud?
4. Jihozlarni joylashtirishda avtomatlashtirilgan grafik loyihalash
tizimi qanday afzalliklarga ega?
6-MA’RUZA
Balkali konstruktsiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi
Reja
6.1. Payvand balkalar haqida ma’lumot
6.2. Qo‘shtavrli balkalarni tayyorlash texnologiyasi
6.3. To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli balkalarni tayyorlash texnologiyasi
6.4. Balka va sterjenlarni tutashtirish
.
6.5. Balkali zagotovkalardan konstruktiv elementlarni tayyorlash.
52
6.1. Payvand balkalar haqida ma’lumot
Balka konstruksiyalar qurilishda bino va ko‘priklarning fermalarini,
tayanchlar, elektr
tokini uzatish liniyalari, issiqlik va gidroelektr stan-
siyalari va boshqa inshootlarning konstruksiyalarini tayyorlashda, shu-
ningdek ko‘tarish
kranlari, vagonlar, teplovozlar,
avtomobillar, qishloq
xo‘jalik mashinalari, poydevor romlari
va boshqa buyumlar tay-
yorlashda, mashinasozlikda qo‘llaniladi.
6.2. Qo‘shtavrli balkalarni tayyorlash texnologiyasi
Devorlarining kesimi yaxlit balkalar list metaldan tayyorlanadi.
Qo‘shtavr va qutisimon kesimdagi balkalar ham ishlatiladi. Keyingi
vaqtlarda egilgan list elementlardan iborat qutisimon payvand balkalar
keng qo‘llanila boshlandi. Yakkalab va kichik seriyalab ishlab chiqarish
sharoitlarida balkalar reja bo‘yicha dastaki va yarim avtomatik
payvandlab yig‘iladi. Ko‘plab va yirik seriyalar
ishlab chiqarishda
buyum konduktorlarda yig‘iladi va maxsus qurilmalarga o‘rnatib flus
ostida hamda karbonat angidrid gazida dumalatgich (kantovatel) dan
foydalanib, avtomatik payvandlanadi. 6.1,a-rasmda metal listdan
yasalgan qo‘shtavr balkalarning uchma-uch tutashgan joylarini
payvandlash usullari ko‘rsatilgan. Uchma-uch joyi balkaning eng ko‘p
yuk tushadigan qismida bo‘lganidagina qo‘shimcha
qoplamlardan
foydalaniladi.
Sidirg‘a devorli payvand balkalar va ustunlar, avvalo, bikrlik qo-
birg‘asisiz yig‘iladi. 6.1,b-rasmda 1, 2, 3 va 4
raqamlari bilan balka
choklarini payvandlash tartibi ko‘rsatilgan. I, II, III va IV holatlardan
o‘tishda balka dumalatgich bilan 90° ga buriladi. Galdagi har qaysi chok
avvalgisiga teskari yo‘nalishda payvandlanadi. Bikrlik qobirg‘alari yoy
yordamida dastaki yoki yarim avtomatik usulda ikkita payvandchi bir
yo‘la ikkala tomondan balkaning o‘rtasidan
chetlari tomon pay-
vandlaydi. Balkalarni montaj qilishda birinchi navbatda uchma-uch
joylarini, shundan keyingina valikli choklarni payvandlash kerak.
Prokat qilingan balkalarning montajda uchma-uch ulanadigan
joylarini payvandlash tartibi 6.1,a-rasmda ko‘rsatilgan. Avvalo
vertikal chok (1), so‘ngra chok (2) va (3) lar payvandlanadi.
List chok (2) va (3) lari bir vertikal tekislikda (6.1,b-rasm) yoki
bir-biriga nisbatan surilgan (6.1,b -rasm) bo‘lishi mumkin.
Dastlab
vertikal devor choki (1), so‘ngra list chok (2) va (3) lari payvand-
lanadi. Bo‘ylama choklar odatda balka uchlariga 400-500 mm etka-