• PAYVAND BIRIKMALARNI TURLARI.
  • Andijon-2023 y. Mavzu: Payvand balkani balandligini aniqlash
  • Qo‘shtavrli balkalarni tayyorlash texnologiyasi
  • Texnologik mashinalar va jihozlari




    Download 146.97 Kb.
    bet1/2
    Sana09.05.2023
    Hajmi146.97 Kb.
    #57797
      1   2
    Bog'liq
    Payvand balkani balandligini aniqlash
    Payvand birikma xususiyatlariga yuqori va past haroratlarning ta’siri, Payvandlashda deformatsiyalar, kuchlanishlar va ko‘chishlarga qarshi kurash usullari., 5-snf test, dasturlash tillari

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
    «MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI» fakulteti

    TEXNOLOGIK MASHINALAR VA JIHOZLARI”


    Kafedrasi


    SIRTQI TA’LIM
    61 -20 GURUX TALABASI
    SHERMATOV 1KBOLJON NING

    PAYVAND BIRIKMALARNI TURLARI.


    KUCHLANISHLAR VA DEFORMASTIYLAR
    fanidan tayorlagan


    MUSTAQIL ISHI



    Ta’lim soxasi: 320 000– Ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari
    Ta’lim yo’nalishi: 5320200–Texnologik mashinalar va jihozlar
    (mashinasozlik va metalga ishlov berish)

    Andijon-2023 y.

    Mavzu: Payvand balkani balandligini aniqlash

    Reja
    1. Payvand balkalar haqida ma’lumot


    2. Qo‘shtavrli balkalarni tayyorlash texnologiyasi
    3.Xulosa
    4. Foydalanilgan adabiyotlar

    1.Payvand balkalar haqida ma’lumot


    Balka konstruksiyalar qurilishda bino va ko‘priklarning fermalarini, tayanchlar, elektr tokini uzatish liniyalari, issiqlik va gidroelektr stan­siyalari va boshqa inshootlarning konstruksiyalarini tayyorlashda, shu­ningdek ko‘tarish kranlari, vagonlar, teplovozlar, avtomobillar, qishloq xo‘jalik mashinalari, poydevor romlari va boshqa buyumlar tay­yorlashda, mashinasozlikda qo‘llaniladi.
    Qo‘shtavrli balkalarni tayyorlash texnologiyasi
    Devorlarining kesimi yaxlit balkalar list metaldan tayyorlanadi. Qo‘shtavr va qutisimon kesimdagi balkalar ham ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda egilgan list elementlardan ibo­rat qutisimon payvand balkalar keng qo‘llanila boshlandi.Yakkalab va kichik seriyalab ishlab chiqarish sharoitlarida balkalar reja bo‘yicha dastaki va yarim avtomatik payvandlab yig‘iladi. Ko‘plab va yi­rik seriyalar ishlab chiqarishda buyum konduktorlarda yig‘iladi va maxsus qurilmalarga o‘rnatib flus ostida hamda karbonat angidrid gazi­da dumalatgich (kantovatel) dan foydalanib, avtomatik payvandlanadi.6.1,a-rasmda metal listdan yasalgan qo‘shtavr balkalar­ning uchma-uch tutashgan joylarini payvandlash usullari ko‘rsatilgan. Uchma-uch joyi balkaning eng ko‘p yuk tushadigan qismida bo‘lganidagina qo‘­shim­cha qoplamlardan foydalaniladi.
    Sidirg‘a devorli payvand balkalar va ustunlar, avvalo, bikrlik qo­birg‘asisiz yig‘iladi. 6.1,b-rasmda 1, 2, 3 va 4 raqamlari bilan balka choklarini payvandlash tartibi ko‘rsatilgan. I, II, III va IV holatlardan o‘tishda balka dumalatgich bilan 90° ga buriladi. Galdagi har qaysi chok avvalgisiga teskari yo‘nalishda payvandlanadi. Bikrlik qobirg‘alari yoy yor­damida dastaki yoki yarim avtomatik usulda ikkita payvandchi bir yo‘la ikkala tomondan balkaning o‘rtasidan chetlari tomon pay­vandlaydi.Balkalarni montaj qilishda birinchi navbatda uchma-uch joylarini, shundan keyingina valikli choklarni payvandlash kerak. Prokat qilingan balkalarning montajda uchma-uch ulanadigan joylarini payvandlash tartibi 6.1,a-rasmda ko‘rsatilgan. Avvalo vertikal chok (1), so‘ngra chok (2) va (3) lar pay­vandlanadi.
    List chok (2) va (3) lari bir vertikal tekislikda (6.1,b-rasm) yoki bir-biriga nisbatan surilgan (6.1,b -rasm) bo‘lishi mumkin. Dastlab vertikal devor choki (1), so‘ngra list chok (2) va (3) lari pay­vand­lanadi. Bo‘ylama choklar odatda balka uchlariga 400-500 mmetka­zilmaydi va montaj joyida choklar (4)bilan tugallanadi. Bu choklar oxirgi navbatda payvandlanadi.



    1.1-rasm. Qo‘shtavrli balkalarni tutashtirish turlari
    Qurilish amaliyotida ustunlar, kolonnalar, tayanchlar va shunga o‘xshash boshqa konstruksiyalarni tayyorlash uchun asosiy elementlar tariqasida ba’zan trubalardan foydalaniladi. Diametri 300 mm gacha bo‘lgan trubalarni tutashtirishda chok hamda butun konstruksiyaning mustahkamligini oshiradigan qo‘shimcha detallar ishlatiladi (6.1-rasm). Qoldiriladigan tag­lik halqada uchma-uch birik­ti­rilgan choklar puxta bo‘ladi (6.1,a-rasm), Bunday birik­tirishda tirqish bir xilda bo‘lishi hamda chetlar va taglik halqa to‘la payvandlanishi uchun qirralarini to‘mtoqlash lozim. Toresiga list qistirma qo‘yib uchma-uch tutashtiriladigan choklar tavsiya etiladi (6.1,b,d-rasm). Trubalar tores listga burchak chok yordamida payvand­lanadi (6.1,d-rasm), mas‘uliyatliroq uzellarda esa truba devori butun qalinligi baravari eritib payvandlanadi (6.1,b-rasm). Bunda chok ancha puxta chiqadi. Montajda, ya‘ni truba uchlarini bir-biriga aniq to‘g‘rilash qiyin bo‘lgan sharoit­larda payvandlashda muftalar (6.1,e-rasm) ishlatiladi. Shakldor kesikli muftalardan (6.1,f-rasm) diametri 250 mm dan ortiq trubalarni payvand­lashdagina foydalaniladi. Polosalar (6.1,g-rasm) hamda burchak­liklar (6.1-rasm) vositasida biriktirishda mustahkamligi kamayishi tufayli bu usul tavsiya etilmaydi.

    2. Qo‘shtavrli balkalarni tutashtirish.


    Poyas va stenka payvand choklarini bajarish ketma-ketligini tayin­lashda quyidagilarni hisobga olish kerak. Ikki balkani bir-biriga tutash­tirishda birinchi navbatda poyaslarni uchma-uch choklari bajarilsa,stenkalarni uchma-uch choklarini bajarish qattiq mahkamlanish sharoi­tida amalga oshirishga to‘g‘ri keladi, bu esa payvand choklarda darzlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Agar birinchi navbatda stenka choklari uchma-uch payvandlansa, keyin payvandlanadigan poyas choklarida kat­ta miq­dorda cho‘zilgan qoldiq kuchlanishlar hosil bo‘ladi, bu esa bal­ka egi­lishga ishlaganda toliqish mustahkamligini pasaytiradi. Pay­vand­lash sharoitlarini yaxshilash maqsadida L uzunlikdagi poyasni stenka bilan choklari payvandlanmay qoldirilib, avval stenka uchma-uch chok­lari bajarilgandan so‘ng tugatib qo‘yiladi. Oxirgi navbatda pay­vandlangan chokni ko‘ndalang cho‘kishi L uzunlikdagi elementga ta’sir etib, qoldiq kuchlanishlar qiymati qattiq mahkamlanishga qara­ganda kam bo‘ladi. Ammo birinchi navbatda payvandlanadigan elementlarda erkin L qismni paydo bo‘lishi bu elementlarda siqilish kuchlanishi ta’sirida turg‘unlikni yo‘qolishiga olib keladi. Ko‘rsatib o‘tilganlarni hisobga olib har bir holatda payvandlash texnologiyasi har xil bo‘lishi mumkin.6.4,c-rasmda ko‘rsatilgan tutashtirish turi texnologiya bo‘yicha das­taki payvandlash ko‘zda tutilmaganda qo‘llaniladi. Rasmda 1-6 raqamlar bilan choklarni bajarish tartibi ko‘rsatilgan.
    Profil elementlarni to‘liq eritib uchma-uch birikma bilan yoyli pay­vandlash payvandchidan yuqori malaka va nazoratni talab etadi. Statik yuklanishda ishlaydigan konstruksiyalarni tayyorlashda balkalarni tutash­tirish uchun burchak choklar yordamida ustqo‘ymalardan foy­dalaniladi. Bunday birikmalar texnologik jihatdan oson bo‘lishi bilan birga, ortiqcha metall sarfini keltirib chiqaradi. Vibrasion yuklanishlarda ishlaydigan konstruksiyalarda esa bunday birikmalarni qo‘llash to‘g‘ri kelmaydi.

    Xulosa
    Xulosa qilib attganda balka konstruksiyalar qurilishda bino va ko‘priklarning fermalarini, tayanchlar, elektr tokini uzatish liniyalari, issiqlik va gidroelektr stan­siyalari va boshqa inshootlarning konstruksiyalarini tayyorlashda, shu­ningdek ko‘tarish kranlari, vagonlar, teplovozlar, avtomobillar, qishloq xo‘jalik mashinalari, poydevor romlari va boshqa buyumlar tay­yorlashda, mashinasozlikda qo‘llaniladi.
    Poyas va stenka payvand choklarini bajarish ketma-ketligini tayin­lashda quyidagilarni hisobga olish kerak. Ikki balkani bir-biriga tutash­tirishda birinchi navbatda poyaslarni uchma-uch choklari bajarilsa,stenkalarni uchma-uch choklarini bajarish qattiq mahkamlanish sharoi­tida amalga oshirishga to‘g‘ri keladi, bu esa payvand choklarda darzlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘lar ekan.



    Download 146.97 Kb.
      1   2




    Download 146.97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologik mashinalar va jihozlari

    Download 146.97 Kb.