Amaliy mashgulot№1. Yordamchi qurilmalarni hisoblash




Download 0.59 Mb.
bet1/2
Sana25.03.2024
Hajmi0.59 Mb.
#177242
  1   2
Bog'liq
1- Amaliy mashgulot
Laylo Usman, Ma`ruza № 9.

Amaliy mashgulot№1.
Yordamchi qurilmalarni hisoblash (stropa, travers).
Tayanchlar va oraliq qurilmalarning yig’ma temirbeton konstruksiyalarini montaj qilishning alohida belgilari quyidagicha:
a) yig’ma bloklar og’irligi tufayli katta yuk ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lgan jihozlar talab qilinadi;
b) yig’ma temirbeton elementlar tayanish va ko’tarish holatiga ko’ra, turli mustahkamlikka ega bo’ladi, ayniqsa zo’riqtirilgan elementlar (nuqsonlardan saqlash uchun tashishda, ko’tarishda va taxlashda e’tiborga olinishi kerak);
v) konstruksiyalarning choklari, tutashmalari elementlarni aniq joyiga o’rnatishni talab qiladi;
g) choklarni yaxlitlash maxsus temperatura rejimiga va texnologik qoidalarga amal qilishni talab etadi.
Yig’ma tayanchlar va oraliq qurilmalar montaj qilish tartibi quyidagicha:
a) elementlarni qulay joylarga olib kelib tushirish;
b) elementlarni montaj qilishga tayyorlash va ularni tozalash;
v) chok armaturalari va metall detallarini to’g’rilash;
g) stropalarni tekshirib ko’rish;
d) ko’tarish jihozlari va yordamchi jihozlarni tekshirish va tayyorlash;
ye) elementlarni o’rnatishga tayyorlash;
j) stropalarga osish va elementlarni loyihaviy joyiga uzatish;
z) o’rnatish, tekshirish va choklarini yaxlitlash;
i) choklar betonini tez qotishi uchun sharoit yaratish.
Montaj qilinadigan qurilmalarning o’rnini oldindan tayyorlanadi, ya’ni:
a) oldindan joylari tozalanadi;
b) elementlarni o’zi ham tozalanib, zaruriy havonlar moslanadi;
v) o’qlari va qo’yish joylari belgilanadi.
Montaj qilish jihozlari:
a) tashish uchun transport vositasi;
b) yuklash-tushirish ishlari uchun ko’targichlar (kranlar);
v) loyihaviy holatiga o’rnatish uchun ishlatiladigan kran va agregatlar;
g) har xil montaj qilish moslamalari (stropalar, traverslar, aravacha, narvonlar va x.k).
Kranlar ish boshlanishidan oldin tekshirilgan va davlat nazorat korxonalari tomonidan sinab ko’rib ruxsat etilgan bo’lishi lozim.
Stropa va traverslar yetarli darajada ko’tarish qobiliyatiga va mustahkamlikka ega bo’lishi kerak. Og’irligi minimal bo’lishi kerak.
Stropalarning oddiy tuzilgani 16 38mm diametrdagi yumshoq po’lat arqonlardan bo’ladi.
Afzalligi - yengil, egiluvchan va mahkamlashga qulay.
Kamchiligi - tez ishdan chiqishi va gorizontal joylashgan elementlarni ko’tarishda kran ilgagining balandligi katta bo’ladi.
Kranlarning balandligidan foydalanish va element ilgichlaridagi kuchlanishni kamaytirish uchun traverslardan foydalaniladi.
Traverslar ko’pincha keng polosali dvutavrlardan tayyorlanadi. Stropovka ilgichlarining o’rni hisoblash orqali aniqlanadi.
MVQvaU loyihalashda quyidagi shartlarga rioya qilish kerak:

  • montaj (o’rnatish) ishlarida oddiylik va qulaylik, foydalanishda xavfsizlik va ishonchlilik;

  • daryodagi suvning joriy darajasi sifatida qurilish davridagi eng yuqori fasliy sathini, foydalanish 10 % ga ko’payish ehtimoliga ko’ra, oraliq qurilmalarini tashish uchun mo’ljallangan portlar va suzuvchi tayanchlarni loyihalashda suv sathini darajasini tashish vaqtida 10 % ga kamayishini inobatga olish kerak;

  • shpuntli to’siqlar, tubsiz qutilar va gruntli to’siqlarning ustki qismi yer osti suvlari va maydon sathidan kamida 0.7 metrga balandroq, quduqlarning orolchalarini ustki qismidan kamida 0.5 metrga balandroq bo’lishi lozim;

  • yordamchi kichik ko’priklar, kran osti estakadalari va yordamchi qurilmalarning (xovonlar) ostki qismi suv sathi joriy darajasidan 0.7 metrga balandroq bo’lishi lozim;

Yordamchi qurilmalar, vaqtinchalik tayanchlar, port qurilmalari (damba) va boshqalari uchun MIK (MIK-S va MIK-P), YK pontonlari, temir shpunt va ko’prik osti qurilmasining uzluksiz turg’un elementlari (KOUT).
MIK va UIKM invertar konstruksiyalari. MIK-S konstruksiyasining elementlari (3.1-3.2 rasmlar) diametri 203 mm bo’lgan, devor qalinligi δ = 9 mm va ichki diametri 159 mm (δ = 5 mm) po’lat shaklidagi quvurlar ko’rinishida ishlab chiqarilgan , ustunlar uzunligi – 4 va 2 m,quvurli tirgaklar diametri 99 mm. Ustunlar birikkan (stыki) flanetsli bo’ladi, panjara elementlari ustunlarga diametri 24 mm bo’lgan yuqori mustahkmalangan boltlar bilan o’rnatiladi.
Tayanch ustunlarining tepa va ostki qismlarida 2 tavrli N55 to’sinlardan payvandlangan rostverklarni o’rnatiladi, rejadagi o’qlarni rostverklar o’lchamlari – 3300*2000 m. Ularni tayanchlarga boltlar yordamida mustahkamlanadi.
Ustki rostverklarda bo’ylama to’sinlari o’rnatiladi. Ostki rostverklar vaqtinchalik tayanch ustuniga qoziqli poydevor yoki yordamchi qurilmaga (xovonlar) o’rnatiladi. MIK-P elementlari to’sin konstruksiyalari hisoblanib, balandligi 1040 mm, uzunligi 8 va 12 m payvandlangan to’sin ko’rinishida yasalgan (qurilgan). Ular yordamchi qurilmalar (xovonlar), vaqtinchalik kichik ko’priklar va boshqalar uchun qo’llaniladi. Ehtiyoj bo’lsa to’sinlarni 16, 20 va 24 m yig’maga birlashtiriladi.

Download 0.59 Mb.
  1   2




Download 0.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy mashgulot№1. Yordamchi qurilmalarni hisoblash

Download 0.59 Mb.