Mavzu: Neft sathini o’lchash uskunalarini o’rganib chiqish. Rеjа




Download 237.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana06.11.2023
Hajmi237.08 Kb.
#94816
  1   2
Bog'liq
Neft sathini o’lchash uskunalarini o’rganib chiqish.
Sobirova-R.A-biokimyo (1), 8-лекция, quduqlarni-ta-mirlashda-kaltyubing-texnologiyasidan-foydalanish (1), shuhart, Статья по SiC (4), Электросон, 11- maruza, 3 laboratoriya, Администрирование информационных сетей compressed, 2, 60730300-Nasos va kom stans loy, qurish va ish, 12 11 2022 Плагиатга жавоб хати Тураев Х С, nizom tyutor, 20-dekabr VIKTORINA YAPON MARKAZI bayonnoma, MIBICHT


Mavzu: Neft sathini o’lchash uskunalarini o’rganib chiqish. 
Rеjа: 
1. Sаth hаqidа tushunchа. 
2. Sаth o’lchаgichlаrning klаssifikаtsiyasi. 
4. Gidrоstаtik sаth o’lchаgichlаr. 
Gidrostatik sath o'lchagichlar (24- rasm) ham neft va gaz sanoatida suyuqliklar sathini o'lchashda keng 
qo'llaniladi. Ularning ishlashi quyidagi usulga asoslangan. Agar suyuqlikli idishga vertikal holatda o'rnatilgan trubka 
tushirilib, unga siqilgan havo berilsa, havoning pezometrik trubkadagi bosimi idishdagi puflanadigan suyuqlik 
balandligining og'irligiga teng bo'ladi. Bu esa o'z navbatida idishdagi suyuqlik sathini belgilaydi. 
Pezometrik sath o'lchagichlar asosan aralashmalar va agressiv suyuqliklar sarfini o'lchash uchun qo'llaniladi. 
Gidrostatik sath o'lchagichlar ikki turga bo'linadi: 
1. Pezometrik sath o'lchagichlar. 
2. Difmanometrik (suyuqlikning balandligini bevosita o'zgartirish yo'li bilan sathni o'lchash). 
 
 
24- rasm.Gidrostatik sath o'lchagichlar. 
a) pezometrik: 1 - rotametr; 2 - o'lchov asbobi; 3 - pezometrik trubka; 4 - idish; 
b) difmanometrik: 1,2 - suyuqlikli idishlar; 3 - difmanometr. 
Difmanometrik sath o'lchagichlarda sath o'zgarishini idishdagi suyuqlik ostidagi va ustidagi bosimlar farqi 
bilan aniqlanadi. O'lchash asboblarining shkalalari sath o'lchov birliklarida yoki foizlarda darajalanadi. 
 
ELEKTRIK SATH O'LCHAGICHLAR 
 
Elektrik sath o'lchagichlar orasida eng ko'p ishlatiladigan sig'imli va omik (qarshilikli) asboblardir. Ularda 
suyuqlik sathining o'zgarishi biror elektr signaliga o'zgartiriladi. 
Sig'imli sath o'lchagichlarda sezgir element sifatida kondensatorli o'zgartgichlar qo'llanilib, moddaning sathi 


o'zgarishi bilan ularning sig'imi o'zgaradi. Sig'imli sath o'lchagichlarda nazorat qilinayotgan muhitning dielektriklik 
xususiyatlaridan foydalaniladi. Ular odatda silindrik o'zgartgich va ikkilamchi asboblardan iboratdir (25- rasm).
Sathi o'lchanishi kerak bo’lgan suyuqlik quyilgan idish 1ga izolyatsion material bilan qoplangan elektrod
tushiriladi. Elektrod idish devorlari bilan birgalikda silindrik kondensatorni tashkil qilib, uning sig'imi suyuqlik sathi 
tebranishi bilan o'zgaradi. Sig'imning kattaligi elektron blok 3 orqali o'lchanadi va o'lchash asbobi 4 ga uzatiladi. 
Sath o'zining ma'lum qiymatiga erishganda o'lchash asbobi signalizatsiya sxemasida releli elementdan yoki sathni 
o'lchash sxemalarida ko'rsatuvchi asbobni tashkil qiladi. 
Elektrik sig'im, odatda, rezonans va ko'prik sxemalarida o'lchanadi. Rezonans usulida o'lchanayotgan sig'im 
induktivlik konturiga parallel ulanadi va rezonans konturini hosil qiladi. Rezonans konturi o'zgartgichning 
sig'imidagi ta'minlovchi chastota rezonansiga rostlanadi. O'zgartgichning sig'imi o'zgarishi natijasida uning 
chastotasi o'zgaradi va rezonans buziladi. Bu usuldan ko'pchilik sig'imli sath signalizatorlarida foydalaniladi.
Ko'prik usulida esa nazorat qilinayotgan sig'im ko'prikning bir yelkasiga ulanadi. Sath o'zgarishi bilan sig'im 
o'zgaradi va ko'prikda balans vujudga keladi. Nobalanslik signali kuchaytirgich orqali sath birligida darajalangan 
ko'rsatuvchi elektr asbobiga uzatiladi. Ko'prik usuli ko'pchilik sig'imli sath o'lchagichlarda ishlatiladi. Rezervuardagi 
sathni o'lchash chegaralari 0 - 5 m; elektron blokdan sathni distansion ko'rsatgichgacha bo'lgan eng katta masofa 
1000 m bo'lib, ko'rsatish xatoligi 2 % ga teng. 
25- rasm.Sig'imli sath o'lchagich sxemasi. 

Download 237.08 Kb.
  1   2




Download 237.08 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Neft sathini o’lchash uskunalarini o’rganib chiqish. Rеjа

Download 237.08 Kb.
Pdf ko'rish