|
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова
|
bet | 1/8 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 168,13 Kb. | | #257412 |
Bog'liq 22437 Sillobus MKG EUT, AT (2)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI
FANINING
ISHCHI O’QUV DASTURI
(SILLABUSI)
Bilim sohasi:
|
700 000 – Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari
|
Ta’lim sohasi:
|
710 000 – Muhandislik ishi
|
Ta’lim yo‘nalishlari:
|
60712400 – Avtomobilsozlik va traktorsozlik
|
|
60712500 – Transport vositalari muhandisligi (yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatasiyasi)
|
Urganch - 2021
Mazkur fanning ishchi o’quv dasturi(sillabusi) Urganch davlat universiteti Kengashi tomonidan 2021 yil “___” ____________ dagi №___ bayonnomaga asosan tasdiqlangan “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanining o`quv dasturi asosida tuzilgan.
FAN TO‘GʻRISIDA MA’LUMOT
Fan/modul kodi
MKGB106
|
O‘quv yili
2021-2022
|
Semestr
1-2
|
ECTS - Kreditlar
1-semestr – 3
2-semestr – 3
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
1-semestr – 3
2-semestr – 3
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Muhandislik va kompyuter grafikasi
|
1-semestr – 45
2-semestr – 45
|
1-semestr – 45
2-semestr – 45
|
180
|
FAN O‘QITUVCHILARI XAQIDA MA’LUMOT:
Kafedra:
|
Fakultetlararo umumtexnika fanlari
|
Dastur muallifi:
|
Ismailov E.D.
|
Telefon raqami
|
+998939223353
|
E-mail:
|
ism_erkin@mail.ru
|
Tashkilot:
|
Urganch davlat universiteti. Texnika fakulteti, texnologik laboratoriya binosi, 101 - xona
|
1.
|
I. FANNING MAZMUNI
Fanni o’qitishdan maqsad: “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fazodagi turli uch o’lchamdagi ob’ektlarni va ulardagi bog’liqliklarni, tekislikdagi ikki o’lchamli chizmalar ko’rinishidagi fazoning grafik modellari asosida shu ob’ektlarning fazoviy xususiyatlarni tasavvur qilish, fazoviy konstruktiv – geometrik tuzilishlarini mantiqiy taxlil qilish va umumlashtirish bilan bog’liq bo’lgan fikrlash qobiliyatlarini oshirish va rivojlantirish bo’yicha yo’nalish profiliga mos, ta’lim standartida talab qilingan bilimlar darajasida ta’minlashdir. Talabalarni xozirgi zamon grafik dasturlar vositalari bilan tanishtirish, ulardan mutaxassislik o’nalishiga mos keladigan grafik primitivlarni bajarish, ularni taxrir qilib maqbul variantlarini xosil qilish, bajarilgan grafika axborotlarni xotirada saqlash va qog’ozga chop etib olish kabi bilim va ko’nikmalarni puxta egallashlarini ta’lim standartlarida talab qilingan darajada o’rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi: “Muhandislik va kompyuter grafikasi” bo’yicha fazoning markaziy va ortogonal proyeksiyalashga asoslangan muayyan grafik modellarini xosil qilish usullarini mukammal egallash va bu grafik modellardan foydalanib, fazoviy ob’ektlar hamda ularning munosabatlariga oid pozitsion va metrik masalalarni mustaqil yechishda yetarli darajada bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishdir. Talabalarni muhandislik va mutaxassislik fanlariga oid grafik axborotlarining, ya’ni geometrik ob’ektlarning ikki va uch o’lchamli tasvirlarini loyihalash, hamda texnologik jarayonlarning modellarini yaratish kabi ishlarni avtomatlashtirish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarga yetarli darajada o’rgatishdan iborat.
Prerekvizitlar. Talaba shaxsiy ta’lim traektoriyasini shakllantirishida va tanlov fanlariga yozilishida, ushbu fanga asos bo’ladigan fanlarni o’qiganligi (prerekvizitlar) hisobga olinadi (Ushbu fanni o’qish uchun quyidagi fanlarni bilishi lozim):
- Informatika
- Matematika
- Geometriya
- Chizmachilik
Postrekvizitlar tayanch nazariy fanlar ro’yxati (Ushbu fan quyidagi fanlarni o’rganishga asos bo’ladi).
Mexanika
- Transport vositalari konstruksiyasi
- Materialshunoslik
- Issiqlik texnikasi va ichki yonuv dvigatellari
- Avtotransport korxonalarini loyihalash va jihozlash
- Avtomobillarni texnik ekspluatasiyasi va servisi
- Elektr mashinalari
- Elektr yuritma asoslari
- Mikromashinalar
- Elektr mashinalari va transformatorlarni ta’mirlash va sinash
|
|
| |