2. 1-§ Videokompyuterli o’qitish texnologiyasi




Download 56 Kb.
Sana29.01.2024
Hajmi56 Kb.
#147900

2.1-§ Videokompyuterli o’qitish texnologiyasi



Videokompyuterli o’qitish texnologiyasi – o’quvchilarning faol bilish, bilim orttirish jarayonlarini rag`batlantiruvchi texnologiyadir. Bu texnologiya o’quv axborotlarining verbal va tasavvurli shakllarini birgalikda namoyon etish, o’qitish jarayonini maqsadlarga moslashtirish imkonini beradi. O’quvchilar kompyuter bilan individual o’qitilganda darslarda kommunikativ faoliyat ko’rsata olmaydi.
O’qitishning videokompyuterli modelini ochiq tizim sifatida qarab, unga o’qitishning boshqa an’anaviy vositalari qo’shilishi mumkin. Albatta, har bir alohida holda verbal-vizual va tasvirli axborotning salmog`i o’zgarishi mumkin. Bularning barchasi kompyuterli va videotexnologiyalar tasvirlash vositalarining mazmuni va xususiyatlariga va mazkur mavzuni o’rganishda erishish lozim bo’lgan didaktik maqsadlarga bog`liq.
Hozirgi kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan to’rt yo’nalishda foydalanilmoqda:
-o’rganish ob’ekti sifatida;
-o’qitishning texnik vositalari sifatida;
-ta’limni boshqarishda;
-ilmiy-pedagogik izlanishda.
Kompyuterli o’qitishning afzalliklari juda ko’p: o’quvchilarda ma’lum malakalarni shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan topshiriqlar soni oshadi; o’quvchilarning ishlash sur’ati jadallashadi; kompyuter tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi natijasida o’quvchi ta’lim sub’ektiga aylanadi; o’quvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin bo’lgan jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish qilish imkoniyati hosil bo’ladi; kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda darsni uzoqdagi manbalar bilan ta’minlash imkoniyati hosil bo’ladi; kompyuter bilan muloqot didaktik o’yin xarakterini oladi va bu bilan o’quvchilarda o’quv faoliyatiga motivatsiya kuchayadi va hokazo.
Kompyuterli ta’lim jarayonida ta’lim o’quvchi va kompyuter orasidagi munosabatlarga ko’ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi.
Kompyuterli ta’limni tashkil etish – o’quvchi bilan o’quv materiali o’rtasidagi bog`lanishni kompyuter vositasida yo’lga qo’yish. O’quvchi bilan o’quv materiali o’rtasidagi bog`lanishni tashkil etish uchun ta’lim loyihalanadi. O’quvchilarning o’quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini rag`batlantirish tegishli vositalar asosida modellashtiriladi.
Ta’lim jarayonida foydalanishga mo’ljallangan ko’plab elektron o’quv materiallari yaratilganki, unga elektron darslik, elektron o’quv qo’llanma, o’rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Ular o’zida boshqarilish imkoniyati, interfaol uslublar, sun’iy intellekt elementlari, hissiy moslashuvchanlik kabi xususiyatlar muvjudligiga ko’ra ta’limda ma’lum samaradorlikni ta’minlaydi.
Kompyuterlarni o’quv jarayonida qo’llash quyidagilarga imkon beradi:
- o’quvchilarda bilish ehtiyojini shakllantiradi;
- o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi;
- o’quvchilarda fanni o’rganishga qiziqishni oshiradi;
- kompyuter bilan ishlashni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqini oshiradi;
- kompyuterlardan foydalanish bilan bog`liq dunyoni ilmiy bilishning hozirgi zamon metodlari bilan tanishtiradi;
- ta’limda o’quvchining individuallik darajasini oshiradi;
- o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi;
- materiallar mazmunining xilma-xilligini ta’minlaydi;
- ta’limda foydalaniladigan o’quv materiallari doirasini kengaytiradi;
- ta’limda ko’rgazmalilikni kuchaytiradi;
- o’quvchilarning o’z-o’zini nazorat qilishi, ya’ni baholash jarayonining omillarini kengaytiradi va h.k.
Kompyuterli ta’lim tamoyillari:
-ilmiylik
-tizimlilik va ketma-ketlik
-ko’rgazmalilik
-o’quvchilar faoliyatini individuallashtirish
-nazariyaning amaliyot bilan aloqadorligi
-tushunarlilik
-fanlararo, ham fan ichidagi bog`liqlikni ta’minlash
-fanning turmush bilan bog`liq bo’lishi
-bilish faoliyatini faollashtirish
-izlanishga o’rgatish
K ompyuterli ta’lim vositalarini quyidagi to’rt guruhga ajratish mumkin:
Pedagogik, kompyuter va axborot texnologiyalar ta’lim jarayonini tashkil etish, tayyorlash, ilmiy-metodik materiallar bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini amalga oshirish, ta’lim natijalarining sifatini baholashdan iborat bo’lgan yaxlit tizimda o’z ifodasini topadi.
Umumta’lim fanlarini o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi.
Keyingi o’n yillikda matematika fanini o’qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.
O’qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo’nalishi ayrim o’quv holatlarini modellashtirishdir. Modellashtirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o’qitishning boshqa usullari qo’llanganda tasavvur qilish, ko’z oldiga keltirilishi qiyin bo’lgan materiallarni tushunarli bo’lishini ta`minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko’rinishida taqdim qilish mumkin.
Axborotlarni ifodalash va uzatishga bo’lgan ehtiyoj so’z, yozuv, tasviriy san’atda, kitob chop etish, pochta aloqasi, telegraf, telefon, radio, oynai jahon va ishlab chiqarishning boshqa jabhalarini boshqarishning barchasi kompyuter texnologiyalari yordamida osongina hal qilinmoqda.
Buning siri shundaki, axborotning katta qismi, shu paytgacha asosan, qog`ozlarda, magnit tasmalarida, ya’ni EHM dan tashqarida saqlanmasdan, matn, chizmalar, sur’atlar, tovushlarning barchasini axborot shaklida EHM larda saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini ishlab chiqilganligidadir.
Kompyuter texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar, shakllar va shunga o’xshash boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik bilan hal etilmoqda. Shuning uchun matematika, fizika, ximiya, biologiya, chet tillarni va boshqa fanlarni o’qitishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish ijobiy natijalarni olib kelmoqda.
Haqiqatdan o’qituvchi Windows operatsion tizimi bilan ishlatiladigan Word matn muharriri, Power Point, Internet, Excel va boshqa maxsus amaliy dasturlar, Multimedia vositalari yordamida yengilgina o’z darsini kompyuter texnologiyasidan foydalanib tashkil etishi mumkin.
Buning natijasida o’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqish ortadi, o’tilgan mavzuni tushinish, kerakli tushunchani anglash va o’zlashtirish jarayoni tez kechadi.
Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lsada. Uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo’yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga katta yordam beradi.
Elektron jadval yordamida berilgan algoritm asosida masalalarni hal etish, jadvaldagi qiymatlar bo’yicha turli shakllar yasash va bosmaga chiqarish ishlarini bajarish mumkin.
Exceldagi avtomatik to’ldirish imkoniyatidan foydalanib sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtirish mumkin. Bu imkoniyat ayniqsa funksiya qiymatlarini jadvallashtirishda katta yordam beradi.
Funksiya qiymatlarini ma’lum qadam bilan hisoblash matematikaning juda ko’p bo’limlarida uchraydi. Ayni shu imkoniyatlardan foydalanib matematika fakultetidagi talabalar funksiyalarning grafiklarini hosil qilishlari va shu tariqa ayrim murakkabroq funksiyalarning xossalarini ekranda aniq ko’rishlari mumkin.
Excel dagi funksiya ustasi funksiya va uning argumentlarini yarim avtomatik tartibda kiritishga yordam beradi. Funksiyalar ustasini qo’llash funksiyaning yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik to’g`ri tartibda kiritilishini ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida talabalarning funksiyalarning xossalarini qiynalmay va tezda o’rganishlariga juda katta yordam beradi.
Ma’lumotlarni diagrammalar shaklida namoyish etish, bajarilayotgan ishni tez tushunishga va uni tez hal etishga yordam beradi. Jumladan, diagrammalar juda katta hajmdagi sonlarni ko’rgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda foydalidir.
Download 56 Kb.




Download 56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. 1-§ Videokompyuterli o’qitish texnologiyasi

Download 56 Kb.