O‘zgaruvchan tok elektr mashinalari




Download 0.71 Mb.
bet1/5
Sana09.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#71295
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ETQ m ish 1
2 3 Mustaqil qo`zg`atishli o`zgarmas tok motorining statik tavsiflarini, Документ Microsoft Word (2), rftgyuikol, 2 5373000144516026976, bu aziz vatan barchamizniki 5-9 sinf, Документ Microsoft Word, Telekom-ya texnologiya Ishchi dastur 1-kurs , 1-amaliy topshiriq, IQTISODIYOTNI TARTIBLASHNING BOZOR MEXANIZMI.2, 639836ea661da172076081, 8 Le-Shatele Principi jáne onıń ximiyalıq processlerdegi áhmiyeti, 4 Elementlerdiń túrleri hám áhmiyeti, 8- mavzo\' taqtimoti, IELTS WRITING COLLOCATIONS

Asinxron elektr mashinalari


Reja:

1. Asinxron elektr dvigatellari


2. Asinxron dvigatelning ishlash printsipi
3. Asinxron dvigatelning xarakteristkalari

Asinxron elektr dvigatellari.
Elektr mashinalari elektr stantsiyalarida, sanoat, transport, aviatsiya, avtomatik rostlash va boshkarish sistemalarida hamda turmushda keng ishlatiladi.
Elektr mashinalari mexanikaviy energiyani elektr energiyaga va aksincha elektr energiyani elektr energiyaga aylantiruvchi mashinalar generatorlar deb, elektr energiyasini mexanikaviy energiyaga aylantiruvchi mashinalar esa dvigatellar deb ataladi.
Har qanday elektr mashinasi ham generator, ham dvigatel sifatida ishlatilishi mumkin. Elektr mashinalarining uz energiyasining yo‘nalishini o‘zga rtirish xususiyatiga kaytuvchanlik deyiladi. Elektr mashinalari bir tur energiyani ikkinchi tur energiyaga aylantirishda ham kullaniladi. Bunday elektr mashinalarga o‘zga rtirgichlar deyiladi.
Elektr mashinasi tok tipiga karab o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok mashinalariga bulinadi. O‘zgaruvchan tok mashinalari bir fazali yoki ko‘p fazali bulishi mumkin. Bulardan eng ko‘p ishlatiladiganlari uch fazali sinxron asinxron mashinalardir.

Elektr mashinalarining ishlash printsipi elektromagnit induktsiya qonuniga asoslangan. Agar o‘zgarmas magnit yoki elektromagnit kutblari orasiga o‘tkazgich joylashtirib, uni xarakatlantirilsa, o‘tkazgichda quyidagi formula bilan ifodalanadigan e.yu.k. hosil bo‘ladi:


е = В 
bu yerda V-magnit induktsiyasi; l…-o‘tkazgichning aktiv uzunligi; (…- magnit maydonida o‘tkazgichning xarakatlanishi tezligi.
Utkazgichdan induktsiyalangan E.YU.K. yo‘nalishi ung kul koidasiga asosan aniklanadi.
Agar o‘tkazgichni biror energiya is’temolchisi bilan tutashtirilsa, bunday zanjirda yo‘nalishi o‘tkazgichdagi E.YU.K yo‘nalishi bilan bir xil bulgan tok hosil bo‘ladi. Utkazgichdagi tok I bilan qutblar magnit maydonining o‘zaro ta’siri natijasida yo‘nalishi chap qul koidasi bilan aniklanadigan elektromagnit kuch Fe hosil bo‘ladi. Bu kuchning yo‘nalishi o‘tkazgichni magnit maydonida xarakatlantiradigan kuchga karama- qarshi bo‘ladi. Agar bu kuchlar teng, ya’ni F1 = Fe bo‘lsa o‘tkazgich o‘zgarmas tezlik bilan xarakatlanadi. Demak, bunday eng sodda elektr mashinasida o‘tkazgichni xarakatlantirishga sarflangan mexanikaviy energiya tashki iste’molchi qarshiligiga beriladigan elektr energiyaga aylanadi, ya’ni mashina generator sifatida ishlaydi. Xuddi shu elektr mashinasi dvigatel sifatida ham ishlash mumkin. Utkazgichni biror tashki elektr manbaiga ulab, undan tok utkazsak, o‘tkazgichdagi tok bilan magnit maydonining o‘zaro ta’siri natijasida elektromagnit kuch Fe hosil bo‘ladi. Bu kuch ta’sirida o‘tkazgich mexanikaviy energiya iste’molchisi qarshiligini yengib, magnit maydonida xarakatlanadi. Shunday qilib, bu mashina xar qanday elektr mashinasi kabi ham generator, ham dvigatel sifatida ishlay oladi.
E.YU.K va elektromexanikaviy kuchni oshirish uchun elektr mashinalar ko‘p miqdordagi simlardan iborat bulgan chulg‘amlar bilan ta’minlanadi. Chulgam simlari o‘zaro shunday ulanadiki, ulardagi E.YU.K ning yo‘nalishi bir xil bulib, qiymatlari esa kushiladi. Elektr mashinalari asinxron va sinxron mashinalarga bulinadi.


Download 0.71 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 0.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zgaruvchan tok elektr mashinalari

Download 0.71 Mb.