• 5. Diffuziya jarayonining bosqichlari. Zarrachalar yig‘indisidan (moyli mahsulotdan) moyni ekstraksiyalash jarayoni.Turli omillarning moy
  • Ekstraksiya jarayonining mohiyati va erituvchilar sifatiga qo‘yilgan umumiy talablar. Ekstraksiya usuli bilan yog‘ olishning qisqcha tarixi
  • Texnologiyasi




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/17
    Sana07.02.2023
    Hajmi0.53 Mb.
    #41313
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    14. O‘simlik moylarini ekstraksiya usuli bilan olish
    pirazooool, Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari (N.Yusupbekov), MUNDARIJA, 5 – mavzu Tarmoq texnologiyalari va ma\'lumotlarni uzatish vosit


    3-MODUL 
    O‘SIMLIK MOYLARINI EKSTRAKSIYA USULI BILAN OLISH 
    TEXNOLOGIYASI 
    14-Ma’ruza

    O‘simlik moylarini ekstraksiya usuli bilan olish 
    Reja 
    1. Ekstraksiya jarayonining mohiyati va uni qo‘llaganda moyni to‘liq 
    ajratib olishning ehtimolliligi.
    2. O‘simlik moylarining organik erituvchilarda eruvchanligi.
    3. O‘simlik moylarini ekstraksiya qilish uchun ishlatiladigan sanoat 
    erituvchilari va ularning sinflanishi.Eritish qobiliyati. Fizik- kimyoviy
    xossalari.Erituvchilarni saqlash va ularni ekstraksiya jarayoniga 
    tayyorlash. Ekstraksiyalanuvchi materiallarga qo‘yiladigan talablar. 
    4. O‘simlik moylarini ekstraksiya qilish jarayonining nazariy asoslari. 
    Molekulyar va konvektiv diffuziya .Alohida mahsulot zarrachasidan 
    moyni erituvchi yordamida ekstraksiyalashning umumiy tasviri. 
    5. Diffuziya jarayonining bosqichlari. Zarrachalar yig‘indisidan (moyli 
    mahsulotdan) moyni ekstraksiyalash jarayoni.Turli omillarning moy 
    ekstraksiyasi to‘liqligiga va tezligiga ta’siri. 
     
    Tayanch so„z va iboralar:Molekulyar diffuziya. Konvektiv diffuziya. 
    Molekulyar va konvektiv diffuziya koeffisienti. Chegaraviy qavat qalinligi. 
    Diffuziya bosqichlari. Gidromodul. Mahsulotning ichki va sirtqi strukturasi.
    Ekstraksiya jarayonining mohiyati va erituvchilar sifatiga qo‘yilgan umumiy 
    talablar. Ekstraksiya usuli bilan yog‘ olishning qisqcha tarixi 
    Fermentlar, ba‟zi bir erituvchilar yordamida yog„li urug„lardan maksimal 
    ravishda yog„ olish muammosi olimlar diqqatini ko„pdan buyon o„ziga jalb qilib 
    kelgan. 
    Birinchi marta muhandislardan Gramm va Kolloglar mayda yanchilgan 
    yong„oq mag„izidan suv yordamida yog„ olishni taklif qildi. 


    Shu usulning bir oz o„zgartirilgan nusxasini Skipin ham amalga oshirdi. 
    Lekin suv bilan ish olib borilganda kunjarada ko„p yog„ qolishi sababli ba‟zi 
    polyar bo„lmagan erituvchilarni ishlatish yo„llari qidirila boshlandi. Shvitserning 
    aytishicha, o„simlik urug„laridan erituvchilar yordamida yog„ ekstraksiya qilish 
    tajribalari 1843 yildan boshlanib, 1856 yilda Fransiyada birinchi marta sanoatda 
    qo„llanilgan. Bu zavodda zaytun urug„ining kunjarasidan uglerod sulfid 
    (sulfinikum korbanikum) yordamida yog„ ekstraksiya qilingan. Bundan keyingi 
    qurilgan zavodlarda benzin bilan ishlaydigan ekstraktorlar o„rnatila boshlandi. 
    Fol, so„ngra (1879 yil) Adamson, undan keyingi yillarda Seltsaem, Rixter va 
    Merular yaratgan apparatlarni yaxshi ishlangan birinchi ekstraksion agregatlar deb 
    hisoblash mumkin. Meruning apparati o„z-o„zidan (sifon prinsipida) yog„ni 
    avtomatik ravishda apparatdan haydab turishi va boshqa bir qancha afzalliklari 
    tufayli sanoatda ko„p tarqalgan edi. 
    O„tgan asrning oxirida batareyalik ekstraktor ixtiro qilinib, Geyl sistemasida 
    ishlangan agregatlar qo„llana boshladi. 
    Mintaqamizda birinchi ekstraksion zavod 1926 yilda Kropotkin shahrida 
    qurilgan. Bu zavodda Keber sistemasida ishlangan batareyali ekstraktor o„rnatilgan 
    edi. 
    Ekstraksion usul rivojlanib borib, uzlukli ishlovchi ekstraktorlar uzluksiz 
    ishlaydigan nusxalari (Bolman, Gildebrandt) bilan almashtirildi. Gildebrandtning 
    shnek shaklida ishlangan vertikal ekstraktori o„zining qulayligi, ishlatishda 
    o„ng„ayligi sababli keng tarqaldi.
    Birinchi uzluksiz ishlovchi ekstraktor 1947 yilda Ukrainada kungaboqar 
    xom ashyosini ishlash uchun ishga tushirildi. Keyingi yillarda O„rta Osiyodagi 
    ko„pgina zavodlarning press agregatlari uzluksiz ishlovchi ekstraktorlar bilan 
    almashtirildi. 
    Ekstraksion usul xom ashyodan maksimal ravishda yog„ olish imkoniyatini 
    beradi. Lekin benzin yoki boshqa xil o„ta xavfli bo„lgan erituvchilar ishlatilgani 
    uchun yong„inga, portlashga va zaxarlashga qarshi tadbiriy choralar ko„rish 
    alohida diqqatni talab qiladi. 
    Ekstraksiya usuli bilan moyli mahsulotdan maksimal ravishda moy olish 
    imkoniyatini beradi. Lekin ekstraksiya benzini va boshqa xil erituvchilar 
    ishlatilganda yong„inga, portlashga va zaharlanishga qarshi tadbiriy choralar 
    ko„rish alohida diqqatni talab qiladi. 


    O„simlik moylarini ekstraksiya usuli bilan olishda ishlatiladigan erituvchilar 
    ekstraksiya jarayonining texnika va texnologiyasi talablariga javob berishi kerak. 
    Bular, ekstraksiya bilan to„liq miqdorda yog„ olish, sifatli yog„ va shrot olish, 
    erituvchini odam organizmiga zararli ta‟sir qilmasligini ta‟minlash va ishlaganda 
    xavfsizlikni kamaytirish maqsadida qo„yilgan talablardir. 
    Ma‟lumki, o„simlik moylari organik moddalardan tashkil topgan bo„lib, 
    ko„pchilik organik erituvchilarda yaxshi eriydi, sanoatda ishlatiladigan erituvchilar 
    quyidagi asosiy talablarga javob berishlari lozim: 
    1. faqat moyni yaxshi va tez eritib, u bilan aralashib yuradigan hamrox 
    moddalarni va boshqa komponentlarni eritmasligi kerak; 
    2. kimyoviy jihatdan sof, yuqori bo„lmagan qaynash haroratiga, past issiqlik 
    sig„imiga va yuqori bo„lmagan nisbiy bug„lanish issiqligiga ega bo„lishi kerak; 
    3. saqlanayotgan paytda va ekstraksiya jarayonining turli bosqichlarida o„zining 
    kimyoviy tarkibini va xususiyatlarini o„zgartirmasligi kerak; 
    4. suv bilan aralashmasligi va u bilan azeotrop birikmalar bermasligi kerak; 
    5. moy va shrotdan imkoniyati boricha past haroratda to„liq haydalishi, ularga 
    begona hid va ta‟m bermasligi va organizm uchun zararli mahsulotlar paydo 
    qilmasligi kerak;
    6. toza holda, suv va suv bug„lari bilan aralash holda ishlatilayotgan apparaturaga 
    yemiruvchi sifatida ta‟sir qilmasligi kerak;
    7. suyuq, bug„ va suv bug„lari bilan aralash holda xizmat ko„rsatish hodimlarining 
    sog„lig„iga zarar keltirmasligi lozim; 
    8. yong„in va portlashga nisbatan xavfsiz bo„lishi darkor; 
    9. ishlab chiqarishda katta mashtablarda foydalanilishi uchun bemalol topiladigan 
    ya‟ni arzon va notanqis bo„lmog„i kerak. 
    Hozirgi davrda ushbu talablarga javob beruvchi bironta ham erituvchi 
    topilmaydi. Shunga qaramasdan sanoat miqyosida neftning yengil fraksiyalaridan 
    bo„lgan, yengil uchuvchi benzin fraksiyasi ekstraksiya sanoatida keng ishlatiladi. 
    Ekstraksiya benzinlar asosan ikkita talabga to„liq javob bermaydi: 
    1) yong„in va portlash nisbatan o„ta xavfli;
    2) oz bo„lsada, benzin bug„lari nerv-paralitik zahar hisoblanadi. Agarda 
    qo„yilayotgan talablarning barchasiga javob beruvchi erituvchi topilagnda, u ideal 
    erituvchi hisoblanard edi. Shuning uchun sanoat erituvchilarini tanlashda ularni 
    xossalarini ideal erituvchi xossalari bilan taqqoslab, farqi eng kam bo„lgan 
    erituvchi olinadi. 

    Download 0.53 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish