O‘simlik moylarining organik erituvchilarda eruvchanligi va




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana07.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#41313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
14. O‘simlik moylarini ekstraksiya usuli bilan olish
pirazooool, Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari (N.Yusupbekov), MUNDARIJA, 5 – mavzu Tarmoq texnologiyalari va ma\'lumotlarni uzatish vosit
O‘simlik moylarining organik erituvchilarda eruvchanligi va 
eritmalarning tabiati. O„simlik moylarining organik erituvchilarda eruvchanligi 
ularning ba‟zi bir xususiyatlari yaqinligidan namoyon bo„ladi. Avvalo bu xususiyat 


o„xshashligi erituvchilarning va o„simlik moylarining elektrik o„tkazuvchanligi 
yoki ularning polyar yoki nopolyarligida akslanadi. Bu xususiyat o„simlik 
moylarining dielektrik doimiylik koeffisienti bilan belgilanadi va solishtirish uchun 
qulay hisoblanadi. Oddiy sharoitda barcha o„simlik moylarining dielektrik 
doimiylik koeffisienti 3,0-3,2 atrofida bo„ladi. Faqat kanakunjut urug„idan olingan 
moyning tarkibida retinol kislotasi bo„lganligi uchun, bu moyning dielektrik 
doimiyligi 4,6-4,7 ga teng. Organik erituvchilarga kelsak, ko„pchilik alifatik 
uglevodorodlar o„zlarining dielektrik doimiyligi bilan o„simlik moylariga yondosh 
keladi va bu qiymat 3-16 atrofida bo„ladi o„zgarishi mumkin. 
Boshqaroq qilib aytganda erituvchi va o„simlik moylarining elektr 
o„tkazuvchanligi nihoyatda past bo„lib, ular orasida o„zaro molekulyar tortish 
kuchlari Vander-Vals nazariyasi asosida nihoyatda bir-biriga yaqinligidan deb 
hisoblanadi. Shuning uchun uzun uglevodorod radikali eritmalarda, ya‟ni alifatik 
to„yingan ular vodorodlar gomolog qatorida yaxshi eriydi. Deyarli barcha 
to„yingan uglevodorodlar nopolyar erituvchi turkumiga kiradi. 
Polyar erituvchilarga kelsak, masalan, spirtlar, ketonlar va boshqalarning dielektrik 
doimiyligi yuqori bo„lganligi uchun o„simlik moylarini yomon eritadi yoki yuqori 
temperaturagina lozim bo„lgan erituvchanlikka ega bo„lishi mumkin. Masalan, 
ketonlar turkumiga kiruvchi aseton (dielektrik doimiyligi ε=21,5ga teng) faqat, 
quruq holatda o„simlik moylarini eritadi, lekin ozgina namlanishi bilan 
erituvchanlik qobiliyati susayib ketadi, chunki suvning dielektrik doimiyligi yuqori 
bo„lib, 81 ga teng. Shu sababli moylarning suvda eruvchanligi arzimas bo„lib, 
amaliy jihatdan ahamiyatsizdir. 
Xlorli uglevodorodlarni oladigan bo„lsak ular ham polyar eritmalarga xos 
bo„lib, moylarni yomon eritish lozim edi, lekin erituvchida galogen elementi 
borligi sababli dielektrik doimiyligi katta bo„lishidan qat‟iy nazar o„simlik 
moylarini yaxshi eritadi. Bundan kelib chiqadiki, bir-biriga yaqinlashtirilgan 
triglitserid va erituvchi molekulalari o„rtasida o„zaro molekulalar tortish kuchlari 
nisbatan tenglashish kerak va shu holdagina turli qovushqoqlikka ega bo„lgan 
suyuqliklar bir-birida cheksiz aralashishi yoki erishi mumkin. 
Metil, etil va izopropil spirtlar xona haroratida o„simlik moylarini qisman eritadi, 
isitilganda moyning erishi ortadi. Kastor moyining erishi boshqa yog„lardan farq 
qiladi. Xona xaroratida bu moy benzin va geksanda yomon eriydi, agar qizdirilsa 
erish tezlashadi. Xona haroratida kastor moyi toza etanolda va metanolda yaxshi 
eriydi, bu moy tarkibidagi retinol kislotasining spirtdagi OH– guruhi bilan bog„ 
hosil qilishi bilan tushuniladi. 


O„simlik moylari kichik qutblilikka ega. Shuning uchun «qutbsiz» 
erituvchilarda (benzin, geksan, dixloretan va boshqa u.v.lar) yaxshi eriydi. Qutbsiz 
erituvchilarda moy har qanday nisbatda aralashadi. 
Erituvchilarning qutblanganligiga bog„liq holda ularda moylarning va suvning 
eruvchanligi 9.1-rasmda illyustratsiya qilingan.

Download 0.53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘simlik moylarining organik erituvchilarda eruvchanligi va

Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish