O‘simlik moylarini ekstraksiya qilish uchun ishlatiladigan sanoat




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana07.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#41313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
14. O‘simlik moylarini ekstraksiya usuli bilan olish
pirazooool, Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari (N.Yusupbekov), MUNDARIJA, 5 – mavzu Tarmoq texnologiyalari va ma\'lumotlarni uzatish vosit
O‘simlik moylarini ekstraksiya qilish uchun ishlatiladigan sanoat 
erituvchilari va ularning sinflanishi 
Erituvchilar eng muhim tavsiflari qutblanganlik ko„rsatgichi, qovushqoqligi 
va qaynash harorati bo„yicha sinflanadi:
Qutblanganlik ko„rsatgichi jihatidan past qutblangan
( = 9 12), o„rta qutblangan ( = 12 50) va yuqori qutblangan ( >50) 
erituvchilarga bo„linadi. 
Qovushqoqligi jihatdan erituvchilar past qovushqoq (η < 2 10-3Pa s), 
o„rtacha qovushqoq (η = (2 10) 10-3 Pa s) va yuqori qovushqoq (η ≥ (10 10-
3Pa s) turlarga bo„linadi. 
Qaynash haroratiga ko„ra 0,1 MPa bosimda past haroratda qaynovchi 
(<1000S), o„rtacha haroratda qaynovchi (100-1500S) va yuqori haroratda 
qaynovchi ( > 1500 S) turidagi erituvchilarga bo„linadi. 
Yog„-moy sanoatida ishlatiladigan erituvchilar kichik qutblangan, past 
qovushqoqlikka ega va qaynash harorati past bo„lishi kerak. Erituvchilar yana ikki 
tipga bo„linadi: texnik toza erituvchilar va texnik toza erituvchilarning o„zaro yoki 
suv bilan aralashmasi. 
Eng ko„p tarqalgan erituvchilar birinchi tipga mansub bo„lib, ular 
quyidagilardir: alifatik uglevodorodlar (ekstraksiya benzinlari), xlorli alifatik 
uglevodorodlar, aromatik uglevodorodlar, alifatik ketonlar, spirtlar va boshqalar. 
Ekstraksiya benzinlarining keng qo„llanilishiga sabab shuki, uning eritish 
xususiyati yaxshi va nisbatan arzonligidir. 
Ikkinchi turkum erituvchilarini shartli ravishda ikki guruhga bo„lish 
mumkin: kimyoviy tabiati har xil bo„lgan organik erituvchilarni bir-biri bilan 
aralashmasi va organik erituvchilarning suv bilan aralashmasi. Bu sinflanish shu 
bilan o„zini oqlaydiki, ko„p hollarda bir xil moddalarni bitta turkumdagi 
erituvchilardagi eritmalari juda o„xshash xossalarni namoyon qiladi. 
Ikkinchi guruh erituvchilari hozirgi vaqtda sanoat miqyosida ishlatilmaydi, lekin 
ma‟lum bir qiziqish uyg„otadi, chunki erituvchilar aralashmasi benzin va etanol, 
texnik geksan va etanol yoki suvli etanol, suvli asetondan foydalanib, ekstraksiya 
jarayonini selektiv olib borish mumkin. 
MDH va horijda o„simlik moylarini ekstraksiyalash uchun alifatik 
uglevodorodlar ishlatiladi. Ularning asosiy vakillaridan biri ekstraksiya benzinidir. 


Butan – propan aralashmasi, normal sharoitda gazsimon bo„lib, samarali 
hisoblanadi. Chunki bu aralashma siqilgan holatda (odatdagi harorat va birmuncha 
bosim ostida) o„simlik yog„i ekstraksiya qilinganda, ular past haroratda yog„ va 
shrotdan oson haydaladi, bu esa issiqlik sarfini kamaytirish va mahsulot sifatini 
yaxshilash imkonini beradi. 
Tarkibida xlor tutuvchi alifatik uglevodorodlardan MDHda texnik 
dixloretan, AQSHda esa trixloretilen ishlatiladi. 

Download 0.53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘simlik moylarini ekstraksiya qilish uchun ishlatiladigan sanoat

Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish