• Etil spirti: C2H5OH
  • Moyli mahsulotdan moyni ekstraksiya qilib olish.
  • Texnologiyasi




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/17
    Sana07.02.2023
    Hajmi0.53 Mb.
    #41313
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
    Bog'liq
    14. O‘simlik moylarini ekstraksiya usuli bilan olish
    pirazooool, Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari (N.Yusupbekov), MUNDARIJA, 5 – mavzu Tarmoq texnologiyalari va ma\'lumotlarni uzatish vosit
    Aseton CH3 –CO – CH3 Suv bilan har qanday miqdorda aralasha oladi. 
    Aseton uskunalarni zanglatmaydi, yaxshi erituvchi hisoblanadi. Asetonni yaxshi 
    xususiyati uning suvda yaxshi erishidir. Ekstraksiyadan keyin suv qo„shish bilan 
    uni ajratib olish mumkin. AQSHda keng qo„llaniladi. 
    Etil spirti: C2H5OH Eritish xususiyati 300C haroratgacha katta emas
    harorat 100-1200Cgacha bo„lsa juda yaxshi eritadi, sovutganda 16-240Cda 
    yog„dan ajrab qoladi. Shunday qilib etil spirti bilan olingan yog„ni undan issiqlik 
    sarflamasdan ajratib olish qulay va osondir. 
    Moyli mahsulotdan moyni ekstraksiya qilib olish. Ma‟lumki, har qanday 
    presslash usuli bilan moy olinganda qoldiq mahsulot kunjarada anchagina 
    miqdorda (7-16%) moy qoladi. Shu tufayli kunjaradan yoki to„g„ridan-to„g„ri ham 
    moyi ajratib olinmagan mahsulotdan moyni organik erituvchilar yordamida eritib 


    olish ekonomik jixatdan zarur hisoblanadi, chunki presslash yo„li bilan olinayotgan 
    o„simlik moylari miqdori xalq iste‟moli talablariga yetarlicha emas. Albatta 
    ekstraksiya bilan olingan o„simlik moyining sifati presslash usuli bilan olinganga 
    nisbatan pastroqdir, chunki ekstraksion moy tarkibida lipidlardan tashqari 
    organizm uchun foydasiz bo„lgan turli organik moddalar erib o„tgan bo„ladi. 
    Imkoniyat boricha ekstraksiya usuli bilan olingan o„simlik moylari texnikada 
    ishlatilishi lozim. Ma‟lumki ekstraksiya uchun ishlatilayotgan xomashyo ikki turda 
    bo„lib: 
    1. presslashdan qolgan qoldiq kunjara;
    2. mexaniq yo„l bilan moyi siqib olinmagan moyli urug„ning o„zi. 
    Xom ashyo qaysi turda bo„lishidan qat‟iy nazar, ekstraksiya jarayoniga 
    tayyorlanishi lozim. Bu tayyorlanish asosan mahsulotning ichki strukturasini 
    imkoniyat boricha to„liq buzib, mahsulot tarkibidagi moyni erkin holatga 
    o„tkazishdan iboratdir. 
    Shuning uchun forpress kunjarasi sovutilgach (50-600Cgacha) albatta 
    maxsus yanchish mashinalarda maydalanish past temperatura va oz namlash bilan 
    qovurilishi va hosil bo„lgan mahsulotni targsimon mahsulot hosil qilish uchun 
    maxsus uzuvchi, ya‟ni plyushel valsovkalardan o„tkazilish lozim. 
    Paxta chigitining kunjarasi esa bir muncha oddiyroq yo„li bilan ekstraksiyaga 
    tayyorlanadi, ya‟ni sovutilgan kunjara maydalanib, aniq bir razmerga ega bo„lgan 
    holatda 
    ekstraksiyaga 
    beriladi.Agarda 
    mahsulot 
    forpresslanmasdan 
    maydalangandan so„ng yanchilma holatida qovurilib,plyushel valsovkada 
    tavorgsimon mahsulot hosil qilingandan so„ng ekstraksiyaga berilsa, bu usulni 
    to„g„ri ekstraksiya usuli deb ataymiz.Qanday usul bilan tayyorlashdan qat‟iy nazar 
    mahsulot tarkibidagi moy maksimal darajada erkin holatda bo„lishi lozim. 

    Download 0.53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish