Erituvchilarni saqlash va ularni ekstraksiya jarayoniga tayyorlash




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana07.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#41313
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
14. O‘simlik moylarini ekstraksiya usuli bilan olish
pirazooool, Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari (N.Yusupbekov), MUNDARIJA, 5 – mavzu Tarmoq texnologiyalari va ma\'lumotlarni uzatish vosit
Erituvchilarni saqlash va ularni ekstraksiya jarayoniga tayyorlash 
Ekstraksiya usuli bilan moy olishda moy va shrotdagi bug„latilgan erituvchi 
regenerasiya qilinib, bug„ holidan suyuq holga o„tkaziladi va yana qaytadan 
ishlatiladi. 
Biroq suv ajratgichda erituvchi va suv aralashmasidan erituvchini ajratib 
olinayotganda uning tarkibida suv, shlam va emulsiyalangan moy bo„lishi 
mumkin. Sirkulyasion (aylanma) benzinni qo„shimcha tindirish hamda uni 
ekstraksion sexlarda saqlash uchun ND-1250 liniyali sexlarda aylanma benzinni 
saqlash rezervuarlaridan foydalaniladi. Mavjud normalar bo„yicha bitta ND-1250 


ekstraksion liniyali zavodlarda har birining sig„imi 22 m3 gorizontal, silindrik yer 
osti rezervuarlaridan kamida uchta bo„lishi lozim. Ulardan biri suv ajratgichdan 
kelayotgan erituvchini qabul qilib olishga, ikkinchisi – tindirishga, uchinchisi – 
tindirilgan erituvchini ishlab chiqarishga berishga mo„ljallangan. 
Ayrim ektraksion liniyalarda (DS, T1-MEM) sirkulyatsion erituvchini oraliq 
saqlagichlarda qo„shimcha tindirmasdan qayta ishlatishga yuborishni ko„rish 
mumkin. Bunday hollarda ekstraksiya uskunalaridagi asosiy erituvchining qaytmas 
yo„qotishlari rezervuarlardan to„ldirib turiladi. 
Ekstraktorga tarkibida suv va yot aralashmalarsiz 0,10% dan ortiq yog„i 
bo„lmagan va optimal haroratgacha qizdirilgan erituvchi beriladi. 
Sirkulyasion erituvchida suvning bo„lishi ekstraksiyalanuvchi material namligining 
oshishiga, sochiluvchanligi yo„qolib, hamirsimon massa hosil bo„lishiga, hamda 
erituvchini ekstraktordan shrotni qayta ishlash uskunalariga o„tib ketishiga va 
ekstraktorni presslanib qolishiga olib keladi. Bu esa o„z navbatida ekstraksion 
qurilmalarga va ularning dvigateliga ortiqcha yuklama beradi. 
Ekstraktorga suvning tushishi shrot bug„latgichlarni ishchi qismlarini yopishib 
qolishiga va sexning uzoq vaqt to„xtashiga olib keladi. 
Erituvchini separasiyalash ishchi hajmi 0,41 m3 bo„lgan, silindrik kolonnali 
avtomatik suv tutgichlarda (14.3-rasm) amalga oshiriladi. 


14.3-rasm. Avtomatik suv ajratkich 
Benzin, markazdan qochma nasos bilan patrubka (1) orqali yuqorigi 
yo„naltiruvchi truba(3)ga uzatiladi. Truba(3)dan chiqayotgan benzin apparatning 
pastki qismidagi apparatni ishchi bo„shlig„iga tushadi va u to„lishi bilan patrubka 
(2) orqali ekstraktorga beriladi. Suvsizlangan erituvchi apparatga kelib 
tushayotganda qalqovuch (4) pastga tushib, klapan (5) yopiladi. Agar erituvchi 
bilan birga suv o„tib ketsa, apparatning pastki qismida yig„iladi va kritik darajaga 
yetganda, qalqovuch yuqoriga qalqib ko„tariladi va avtomatik klapan (5) richag 
sistema orqali ochiladi. Apparatda yig„ilgan suv klapan (6) orqali chiqib ketadi. 
Apparat ishlayotgan vaqtda u doim ochiq turishi kerak. Apparatning pastki qismi 
benzin bilan to„lgach, qalqovuch sekin-asta tusha boshlaydi va pastki qismiga 
kelganda klapan avtomatik tarzda yopiladi.Ekstraksiya jarayonini jadallashtirish 
maqsadida benzin suv cho„ktirish uskunasidan ekstraktorga berilishidan oldin
ishlatiladigan benzin markasiga qarab A marka uchun 50-530Cgacha, B marka 
uchun 55-600Cgacha gorizontal – trubali issiqlik almashgich – benzinqizdirgichda 
isitiladi. Uning isitish yuzasi 10 m2 ga teng. Issiqlik tashuvchi sifatida suv bug„i 


ishlatilib, u trubalar orasiga beriladi. Tasvirlangan benzin qizdirgich ND-1250 
uskunasi komplektiga kiradi. “Lurgi”, T1-MEM, DS, “Ole” va boshqa ekstraksion 
qurilmalari truba ichida truba turkumidagi isitkichlar bilan ta‟minlangan bo„lib, 
ular suv bug„i bilan qizdiriladi. 
Asosiy benzin saqlagichlar erituvchilarni temir yo„l sisternalaridan qabul 
qilish va ularni alangalanish, havo bilan portlovchi konsentrasiya hosil bo„lishi va 
erituvchini qabul qilish, bo„shatish, uzatish va saqlash operatsiyalari bilan band 
bo„lgan ishchilarni zaharlanishi yuz bermaydigan sharoitda saqlash uchun 
mo„ljallangan. 
Erituvchilarni asosiy saqlash rezervuarlari sig„imi 50 m3 bo„lgan po„lat 
silindrik shaklda (2-4 dona)dan tayyorlanadi. Ular er ostida saqlanadi. 
Rezervuarlarning tashqi yuzasi korroziyadan himoyalash uchun gudron yoki 
boshqa suvdan himoyalovchi qatlam bilan qoplanadi.
Erituvchini saqlovchi asosiy rezervuarlarning sig„imi zavodning 40 kunlik 
ehtiyojini qondirishga mo„ljallangan bo„lishi lozim. 

Download 0.53 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Erituvchilarni saqlash va ularni ekstraksiya jarayoniga tayyorlash

Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish