• Dixloretan (ikkixloretan). CH2CL – CH2CL
  • To‘rtxloruglerod CCL4
  • Benzol C6H6
  • Texnologiyasi




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/17
    Sana07.02.2023
    Hajmi0.53 Mb.
    #41313
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    14. O‘simlik moylarini ekstraksiya usuli bilan olish
    pirazooool, Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari (N.Yusupbekov), MUNDARIJA, 5 – mavzu Tarmoq texnologiyalari va ma\'lumotlarni uzatish vosit
    Benzinning kamchiliklari: Havo bilan aralashib portlovchi aralashma hosil 
    qilishi va tez alangalanishidir. Benzinni havodagi miqdori 47-300 mg/l gacha 
    bo„lsa portlashga xavfli hisoblanadi. Benzin bug„lari havoga nisbatan 2,7 marta 
    og„ir, shuning uchun pastki qismga tushib, chuqurlik va shunga o„xshash joylarda 
    uning bug„lari to„planib qoladi. Asabga qattiq ta‟sir etadi. Yengil fraksiyasiga 
    qaraganda og„ir fraksiyasi kuchliroq ta‟sir etadi. Benzinda benzol va toluol borligi 


    uni zaharliligini oshiradi. O„tkir nosistematik zaharlanishlar jabrlanuvchini ochiq 
    havoga olib chiqilsa, kislorod bilan nafas oldirilsa tez va izsiz o„tib ketadi.
    Mehnat muhofazasining amal qiluvchi normalariga ko„ra ish joylaridagi havoda 
    benzin bug„larining miqdori 1 l havoda 0,3 mg dan oshib ketmasligi kerak. Bu 
    normalarni ta‟minlash uchun ekstraksiya sexlarida havoni tortib oluvchi 
    ventilyatsiyalar o„rnatiladi. Ayniqsa benzin bug„lari yig„iladigan va ko„p 
    ajraladigan joylarga mahalliy so„rgichlar o„rnatish yo„li bilan jadal aspiratsiya 
    qilinadi. Benzin alangalanishi yuz bersa, kichik uchqunlarni uchirish uchun 
    avtomatik olov o„chirish sistemasidagi to„yingan bug„dan foydalaniladi. 
    Shuningdek ko„pikli o„t o„chirish moslamalari va qum ishlatiladi. 
    Dixloretan (ikkixloretan). CH2CL – CH2CL, hidi xloroformni eslatadi. 
    O„ta zaharli, bug„larini havodagi miqdori 0,05 mg/l dan oshmasligi kerak. Uni 
    gidrolizga uchrashi va HCL ajralishi, uskunalarni kuchli zanglatadi. Yong„inga 
    xavfliligi pastroq. 1950 yillargacha MDHda erituvchi sifatida foydalanilgan. 
    To‘rtxloruglerod CCL4 qiyin alangalanadigan, havo bilan har qanday 
    nisbatdagi aralashmasi portlamaydi. Moy va yog„simon moddalarni yaxshi eritadi. 
    Harorat va bosimni oshirishga chidamsiz. Suv ishtirokida CO2 va HCL ga 
    parchalanadi. Bug„lari narkotik xususiyatga ega. AQSH da ishlatiladi. 
    Benzol C6H6 ning eritish xususiyati benzindan yuqori. Benzol kuchli zahar 
    hisoblanadi, asabga ham ta‟sir qiladi, benzol boshqa erituvchilarga nisbatan inson 
    organizmini tezda zaharlash qobiliyatiga ega. MDX da benzol sanoat erituvchisi 
    hisobida qo„llanilmaydi. 

    Download 0.53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish