Texnologiyasi




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana07.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#41313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
14. O‘simlik moylarini ekstraksiya usuli bilan olish
pirazooool, Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari (N.Yusupbekov), MUNDARIJA, 5 – mavzu Tarmoq texnologiyalari va ma\'lumotlarni uzatish vosit
O‘simlik 
moylari 
eritmalarining 
tabiati. 
Moylarni 
organik 
erituvchilardagi eritmasini tabiati qanaqa, molekulyar eritmami yoki kolloid 
eritmami? Shuni hisobga olish kerakki ekstraksiya jarayonida faqat yog„lar emas, 
balki yog„ tarkibiga kiruvchi hamroh aralashmalar ham mitssellaga o„tadi. 
Triglitserid molekulasi o„lchami katta, lekin kolloid zarrachalarnikidan kichik, bu 
mitssellani kolloid eritma bo„lishiga sabab bo„lmaydi. 
Kungaboqar, paxta, soya, zig„ir va boshqa keng tarqalgan moylarni 
triglitseridlarining 
molekulyar 
massasi 
863-938 
bo„ladi. 
Triglitseridlar 
molekulasining shakli, tarkibidagi yog„ kislotalar radikaliga qarab har xil bo„ladi. 
Ularning o„lchamlari kolloid zarrachalarnikiga o„xshash bo„lib, kolloid xossalarni 
namoyon etmaydi.
Moylarning organik erituvchidagi eritmalari esa kolloid eritmalarga xos 
xususiyatlarni namoyon etmaydi: agregativ barqarorligini oson o„zgartirmaydi 
(masalan, koagulyatsiya). Bu xususiyat kolloid eritmalarni chin eritmalardan 
ajratib turadi.
Moyli eritmalarning kolloid holat ko„rsatkichlariga xos birgina xususiyati bu 
ularning struktura qovushqoqligidir. 
Kolloid eritma deb hisoblashga asos shuki, yog„ eritmalarini analiz qilganda shu 
narsa ma‟lum bo„ladiki yog„ni qovushqoqligining tuzilishi kolloid holatga 
yaqindir. 
Struktura qovushqoqligi moydagi hamroh moddalar borligi sababli va 
harorat pasayishi bilan moydagi yuqori haroratda eruvchan triglitseridlar va boshqa 
moddalar holatining o„zgarishi bilan yuzaga kelishi mumkin. Masalan kungaboqar 
moyi tarkibida to„yingan yog„ kislotalar ko„pligi sababli zig„ir moyiga nisbatan 
ko„proq struktura qovushqoqligiga ega.
Eritmalar tabiati haqida erituvchida erigan moddalarning diffuziya 
koeffitsientidan foydalanib fikr yuritish mumkin. Masalan, 200Cda ekstraksion 
benzinda eritilgan muhim o„simlik moylarining molekulyar diffuziya koeffisienti 


0,59 ·10-5 – 0,72·10-5 sm3/s ga teng, kolloid eritmalarda esa bu ko„rsatkich ancha 
past.
Yuqorida keltirilgan dalillar yog„ning erituvchidagi eritmalarini molekulyar 
eritmaga yaqin deb qarashga olib keladi. Moylarni organik erituvchilar bilan 
aralashtirganda quyidagi hodisalar kuzatiladi: eritma hajmining oshishi, 
(zichlikning kamayishi); eritma qovushqoqligining kamayishi, eritma ustidagi bug„ 
bosimining ortishi (14.1-rasm).
Adabiyotlarda, soya moyini erituvchilardan biri bilan aralashtirilganda 
qandaydir ijobiy issiqlik effekti hosil bo„lishi (bir xil og„irlikdagi moy va erituvchi 
aralashtirilganda harorat 0,25–3,010Cga oshadi) va boshqa erituvchilar bilan esa 
aksincha bo„lishi (0,67–3,000Cga kamayadi) ko„rsatilgan. Biroq issiqlik effekti 
haqidagi u ma‟lumotlar ushbu erituvchilarning boshqa xususiyatlari bilan 
bog„lanmaydi va issiqlik effektlaridagi farq sabablari aniqlanmagan. Moylarni 
erituvchila bilan aralashtirganda shu kabi hodisalarning borligi – shuni 
ko„rsatadiki, ular molekulasi orasidagi o„zaro ta‟sir moy va erituvchi 
molekulalarining o„zaro ta‟siridan farq qiladi. Bularning barchasi yog„ning organik 
erituvchilardagi eritmalarini o„zining ayrim xossalari bilan ideal eritmalardan farq 
qilib, Raul qonuniga to„liq bo„ysunmasligini ko„rsatadi. 
Ekstraksiya vaqtida missellaga o„tgan yog„ning hamroh moddalari uning 
xossalariga sezilarli ta‟sir ko„rsatadi, chunki ular moy tarkibida kolloid zarracha 
ko„rinishida bo„lishi mumkin. 
Shunday qilib, mitssellaning ayrim xossalarini belgilab beruvchi, ajratib 
olingan erituvchi va moyning molekulyar eritmalari, yog„dagi hamroh 
moddalarning kolloid zarrachalariga muhit hisoblanadi. 
Masalan, ma‟lum konsentrasiyali mitssella gidratlanishi va undagi fosfatid 
emulsiyasi ajralishi mumkin, chunki undagi fosforli birikmalar kolloid holatda 
bo„ladi. Mitssellani distillyatsiyalash vaqtida hosil bo„ladigan ko„pik unda ko„pikni 
barqarorlashtiruvchi sirt faol moddalar borligi bilan izohlanadi. Bu moddalar 
mitssellada kolloid zarracha ko„rinishida mavjud bo„lishi mumkin. Mitssella 
xossalarining Raul qonunidan chetlanishi ko„plab tadqiqotchilar tomonidan 
o„rganilgan va bu chetlanish ayniqsa yuqori konsentrasiyadagi mitssella misolida 
ko„rinadi. 


14.1-rasm. Misyella (kungaboqar moyi ekstraksiya benzini) ustidagi erituvchi 
bug„lari bosimining 70

Sda uning konsentrasiyasiga bog„liqligi 
14.2- rasm. Missella faollik konsentrasiyasining uning tarkibiga bog„liqligi: 1-
paxta moyi-texnik geksan (93,2
0
Sda): 2-kungaboqar yog„i engilfraksiyali benzin. 
Bu chetlanishlar erituvchi turiga va haroratga bog„liq bo„lib, komponentlar 
aktivligini mol ulushiga nisbatini ifodalovchi faollik koeffisienti bilan 
harakterlanadi. 
Ideal erituvchilar uchun faollik koeffisienti birga teng. 
Paxta va kungaboqar mitssellalarining faollik koeffisientlarini ularning tarkibiga 
bog„liqligi 14.2-rasmda keltirilgan. Ikkala egri chiziqlar bir turkumli bo„lib, 
erituvchining miqdori oshishi, ya‟ni mitssella konsentratsiyasining kamayishi 
bilan, “bir”ga yaqinlashadi. 
Bu egri chiziqlardan ko„rinadiki, o„simlik moylarini erituvchilardagi, xususan 
benzin va geksandagi, eritmalari ideal eritmalarning xususiyatlaridan sezilarli 
chetlashadi. Faqatgina mitssella juda suyultirilgan ko„rinishida bo„lgandagina ideal 
eritma xossalariga yaqinlashadi. Buning isboti sifatida tajriba va additivlik 
qonuniyati bo„yicha hisoblab aniqlangan nur sindirish ko„rsatkichi, qovushqoqlik 
va sirt tarangliklari orasidagi farqlarni keltirish mumkin. 



Download 0.53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish