12 – ma’ruza tog‘ jinsi namunalarining issiqlik xossalari. Reja




Download 0,59 Mb.
bet1/2
Sana05.12.2023
Hajmi0,59 Mb.
#112002
  1   2
Bog'liq
12-ma\'ruza


12 – MA’RUZA


TOG‘ JINSI NAMUNALARINING ISSIQLIK XOSSALARI.


Reja:
1.Tog‘ jinsida issiqlik tо‘planishi va tarqalishi.
2.Tog‘ jinslarining issiqlik sig‘imi.
3.Tog‘ jinsinig xarorat va issiqlik о‘tkazuvchanligi.
Xar doim tog‘ jinsi issiqlikni о‘ziga olishi bilan atom va molekulalarning kneyetik energiyasi oshadi natijada tog‘ jinsining xarorati о‘zgaradi. Molekula va ionlarning tebranish amplitudasi oshishi bilan xarorat kо‘tariladi. Bunda issiqlik miqdori dQ orasidagi tо‘g‘ri proporsionallikdan tog‘ jinsining ichki energiyasi va temperaturasi ortishi kuzatiladi.
dQ=Cdt
Bunda: C-proporsionallik koyeffitsiyenti ya’ni tog‘ jinsining xaroratini 10 C ga о‘zgartirish uchun kerak bо‘ladigan issiqlik miqdori tog‘ jinsiga issiqlik sig‘imi deyiladi, J/K.
Ma’lumki elektronlarning о‘zaro tо‘qnashuvida kinetik energiyalarini almashish yoʻli bilan bir jinsli qattiq tog‘ jinslarida issiqlik uzatish (issiqlik о‘tkazuvchanlik) rо‘y beradi. Bunda kristal panjaradagi elementar zarralar biri boshqasiga tebranishni uzatadi. Birinchi turdagi issiqlik о‘tkazuvchanlik elektronlar orqali Yuzaga kelgani uchun bunday issiqlik uzatishni elektronli issiqlik uzatish deyish mumkin. Bundan ma’lumki elektr tokini yaxshi о‘tkazadigan jismlar (metall va yarim о‘tkazgichlar va xokoza) issiqlikni ham yaxshi о‘tkazadi.
Ikkinchi turdagi issiqlik о‘tkazuvchanlik ham kristal panjaralardagi elementar zarralarning elastik tebranishidan yuzaga keladi. Faqatgina bunda elektronlar emas fononlar (yelektromagnit maydonidagi fotonlarga о‘xshash elementar zarra) tebranadi.
Fanon bu kvant nazariyasiga asosan kvant maydonida kristal panjarlarda tebranuvchi elementar zarra.
Tog‘ jinsi tarkibidagi fononlar soni doimiy bо‘lmaydi ularning soni issiqlik haroratining jadalligiga qarab о‘zgarib turadi. 3000 C haroratda tog‘ jinsining 1sm3 о‘rtacha 1020 ta fanon bо‘ladi. Fononlarning issiqlik uzatish jarayoni gazlarning harakat qonuni kabi zichligi Yuqori bо‘lgan muhitdan zichligi past bо‘lgan muhitga harakatlanadi. YA’ni tog‘ jinsining harorati Yuqori bо‘lgan qismida fononlar kо‘p bо‘ladi unda fononlar zichligi ham Yuqori , natijada harorati nisbatan past bо‘lgan qismiga harakatlanib о‘zi bilan issiqlik olib о‘tadi.
Ikkinchi turdagi issiqlik о‘tkazuvchanlikni fononlar orqali Yuzaga kelgani uchun bunday issiqlik uzatishni fononli issiqlik uzatish deyish mumkin. Fonon ham foton kabi energiyaga ega bо‘lib quyidagicha ifodalanadi.
YE=f·h
Bunda: h - Plank doimiysi, h=6,64·10-34 J·s.
f - fononning tebranish chastotasi, 1/s.
1900-yilda nemis fizigi M. Plank atomlar elektromagnit energiya’ni alohida parsiol kvantlar shaklida nurlantirish haqidagi gepotezani ilgari surdi.
Tog‘ jinslarining fizik xossalari turlicha bо‘lganligi sababli bir xil miqdordagi Q issiqlik berilganda ularvfpsh harorati о‘zgarishi turlicha bо‘ladi. Tog‘ jinsining issiqlik sig‘imining miqdorini quyidagicha hisoblaymiz.
C=c·m
Bunda: m - tog‘ jinsining massasi, kg.
c - solishtirma issiqlik sig‘imi, J/(kg·K).
Solishtirma issiqlik sig‘imi bu 1kg tog‘ jinsining xaroratini 10 C ga oshirish uchun kerak bо‘ladigan issiqlik miqdori
c= dQ/(m·dt)
Tog‘ jinslari va minerallarda solishtirma issiqlik sig‘imi 0,2 kJ/(kg·K) dan 4 kJ/(kg·K) gacha о‘zgaradi.
Minerallarning zichligi kamayib borishi bilan ularning solishtirma issiqlik sig‘imi ortib borishi kuzatiladi. Bunda ularning hajmiy issiqlik sig‘imi 1,5·106 J/(m3·K) dan 3·106 J/(m3·K) gacha о‘zgaradi.
Tog‘ jinslarining solishtirma issiqlik sig‘imi tog‘ jinsi tarkibidagi minerallarga bog‘liq bо‘lib quyidagi formula bilan hisoblanadi.

Bunda: ci - har bir mineralning solishtirma issiqlik sig‘imi, J/(kg·K).

Download 0,59 Mb.
  1   2




Download 0,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12 – ma’ruza tog‘ jinsi namunalarining issiqlik xossalari. Reja

Download 0,59 Mb.