|
12 – ma’ruza tog‘ jinsi namunalarining issiqlik xossalari. Reja
|
bet | 2/2 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #112002 |
Bog'liq 12-ma\'ruzami - mineral massasini tog‘ jinsi massasidan hissasi (ulishi).
Ruda tarkibli tog‘ jinsi solishtirma issiqlik sig‘imi rudasiz tog‘ jinslarining solishtirma issiqlik sig‘imiga nisbatan past kо‘rsatkichda bо‘ladi.
Tog‘ jinslarining solishtirma issiqlik sig‘imi uning tuzilish holatiga (amorf yoki kristal) bog‘liq bо‘lmay, uning mineral tarkibiga va sezilarli darajadagi havo miqdorini yuzaga keltiruvchi g‘ovakdorligiga bog‘liq.
5-rasm. Tog‘ jinsining solishirma issiqlik sg‘imi va zichligi orasidagi munosabat.
Tog‘ jinslari va minerallar issiqlikni yomon о‘tkazuvchilar hisoblanadi (0,1 Vt/(m·K) dan 7 Vt/(m·K) gacha). Bir qancha minerallar masalan sfolerit Yuqori issiqlik о‘tkazuvchanlik (30 Vt/(m·K) dan 40 Vt/(m·K) gacha) xususiyatiga ega. Olmosda katta miqdordagi issiqlik о‘tkazuvchanlik mavjud bо‘lib 200 Vt/(m·K) ga teng. Olmosning yuqori issiqlik о‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega ekanligiga sabab, uning kristal panjaralarida nuqsonlar (defektlar) miqdori katta emasligi va fononlarning erkin yugurish yoʻli katta uzunlikga ega ekanligi.
dt vaqt mobaynida elementar ∆S Yuza orqali T1 haroratli bir tekislikdan T2 haroratli boshqa tekislikga kо‘chuvchi issiqlik miqdori quyidagicha.
dQ=λ(∆T/∆x)∆S·dt
Bunda: λ – berilgan moddadagi issiqlik о‘tkazuvchanlik kо‘rsatkichi,
Vt/(m·K).
∆T/∆x – x о‘qi bо‘yicha harorat uzatish gradiyenti.
6-rasm. Elementer parallelepiped shaklidagi tog‘ jinsi namunasida issiqlik oqimining о‘tishi.
Chiziqli va hajmiy issiqlik tarqalish koyeffitsiyenti issiqlik fizikasining muxum parametrlaridan hisoblanadi va mexaniqada issiqlik energiyasini boshqa turdagi energiyalarga aylantirish uchun xizmat qiladi.
Chiziqli issiqlik tarqalish koyeffitsiyenti α minerallarning zichligi va kristal panjaralaridagi energiya ortishi bilan kamayadi. Minerallarda chiziqli issiqlik tarqalish koyeffitsiyenti miqdorining о‘zgarish chegarasi 10-6 K-1 dan 10-4 K-1 gacha о‘zgaradi. Tog‘ jinslarida esa chiziqli issiqlik tarqalish koyeffitsiyentining о‘zgarishi diapazoni juda kichik 10-6 K-1 dan 10-5 K-1 gacha qiymatni tashkil etadi.
Chiziqli issiqlik tarqalish koyeffitsiyenti yuqori bо‘lgan minerallar oltingugurt (8·10-5 K-1), osh tuzi (4·10-5 K-1) va kvars (1,3·10-5 K-1) hisoblanadi.
Hajmiy issiqlik tarqalish koyeffitsiyenti γt kо‘p mineralli tog‘ jinslarida namoyon bо‘ladi. Hajmiy issiqlik tarqalish koyeffitsiyenti miqdori har bir minerallar issiqlik tarqalish koyeffitsiyenti kо‘rsatkichlari orqali aniqlanadi. Bundan tashqari barcha tomonlama siqlish moduliga ham bog‘liq holda aniqlanadi.
|
| |