• Quduqlar va ularning texnologik jihozlarini optimal ishlash rejimini tanlash uchun quyidagilar zarur
  • Ochilgan qatlamlarning ishlash xususiyatlari, shu jumladan uni o‘zlashtirish va quduq oqimni jadallashtirish bosqichlarini aniqash quyidagilarni nazarda tutadi
  • Fanning mazmuni, uning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Reja




    Download 19,01 Kb.
    bet1/3
    Sana23.01.2024
    Hajmi19,01 Kb.
    #144153
      1   2   3
    Bog'liq
    1-Ma\'ruza


    FANNING MAZMUNI, UNING BOSHQA FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGI.


    Reja:

    1. Kirish.

    2. Fanning mazmuni.

    3. Neft, gaz va gaz kondensati konlarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va yerosti gaz omborlaridan foydalanish.

    Quduqlarni o‘rganish va qatlamlarni sinash bo‘yicha olib boriladigan geofizik ishlar tizimi konlarda geofizik nazoratni asosi bo‘lib xizmat qiladi. Geofizik nazorat qilish texnologiyalari konlarda bir qator muhim vazialarni hal qilishga imkon beradi:


    a) quduqning optimal ishlash rejimini va uning texnologik jihozlarini tanlash (texnologik nazorat);
    b) ochilgan qatlamlarning gidrodinamik xususiyatlarini aniqlash (ekspluatatsionn nazorat);
    v) neft va gazning qatlamda siljish jarayonini o‘rganish (kon geologik nazorat);
    d) quduq fondining hozirgi holatini o‘rganish (texnik nazorat).
    Quduqlar va ularning texnologik jihozlarini optimal ishlash rejimini tanlash uchun quyidagilar zarur:
    a) Quduq stvolida ajratilgan fazalarning statik va dinamik satxini baxolash; b) Quduqning gidrodinamik parametrlprini quduq ustidagi o‘lchov bo‘yicha ; c) texnologik uskunalarning ishlashini nazorat qilish; d) quduq stvolidagi ko‘p fazali oqimning tarkibini va tuzilishini o‘rganish e) quduqning umumiy fazaviy miqdorini aniqlash
    Ochilgan qatlamlarning ishlash xususiyatlari, shu jumladan uni o‘zlashtirish va quduq oqimni jadallashtirish bosqichlarini aniqash quyidagilarni nazarda tutadi: a) qatlamning ishchi qalinligini tanlash; b) ishlab chiqarish quduqlaridagi oqim yo‘nalishini va xaydovchi quduqlardagi qabul qilish yo‘nalishlarini aniqlash; c) neft, gaz va suv beradigan intervallarning oqimi tarkibini aniqlash (kallonna ortidagi qatlamlar aro oqimlarni va tortib olishni xisobga olgan xolda); d) fazalar va maxsulotning tarkibiy qismlari (gaz, suyuqlik, neft va suv) bo‘yicha intervallarning debitini miqdoriy baholash; e)Qatlamlarning gidrodinamik parametrlarini aniqlash (qatlam bosimi va xarorati, maxsuldorlik koyefisentlari, o‘tkazuvchanlik va bosh.).

    Zaxiralarning rivojlanishini nazorat qilish va neft (gaz) qazib olishni ko'paytirish usullarini qo'llash samaradorligini baholash maqsadida neft va gazni qatlamda siljish jarayonlarini o'rganish quyidagilarni o'z ichiga oladi: a) Belgilangan maxsuldor qatlamni, samarali qalinligini, bir xil emasligini, qumtoshlik koyefisentini, gillik koyefisentini, g‘ovaklik koyefisentini, kollektorlik xususiyatlari va boshqa xusuiyatlarni aniqlash orqvli batafsil qismlarga ajratish (asosan quduqlarning ochiq stvolida olib borilgan geofizik tadqiqotlar natijasida); b) faol qalinliklarni ajratish, tozalash va suv bostirishda qatlamni xozirgi ko‘rsatkichlarini aniqlash. v) qatlamning boshlang‘ich va xozirgi neft(gaz) ga to‘yinganligi ko‘rsatkichlarini, SNK va GSK xolatini aniqlash. g) siljish koyefisentini va qoldiq neft gazga to‘yinganlik ko‘rsatkichlarini aniqlash.

    Download 19,01 Kb.
      1   2   3




    Download 19,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanning mazmuni, uning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Reja

    Download 19,01 Kb.