• 14.1-jadval Sanoatda qo‘llaniladigan benzinlar tavsifi
  • Texnologiyasi




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/17
    Sana07.02.2023
    Hajmi0.53 Mb.
    #41313
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    14. O‘simlik moylarini ekstraksiya usuli bilan olish
    pirazooool, Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari (N.Yusupbekov), MUNDARIJA, 5 – mavzu Tarmoq texnologiyalari va ma\'lumotlarni uzatish vosit
    Alifatik uglevodorodlardan ekstraksion benzinlar keng qo„llanilib, nisbatan 
    arzon, apparat materiallariga nisbatan neytral va moyni eritish qobiliyati yaxshi 
    hisoblanadi. 
    Yog„ ekstraksiyalash sanoatida ishlatiladigan benzin neftni krekinglash 
    mahsuloti hisoblanadi. Oxirgi vaqtda ekstraksion benzinni TSH 101303-72 
    bo„yicha A va B markalari ishlatilmoqda. Ular bir biridan tubdan farq qiladi. 
    Hozirgi vaqtda MDHda ishlatiladigan ekstraksion benzinlarning barcha turlari 
    uglevodorodlarning murakkab aralashmalari bo„lib, asosan CnH2n+2 qatorining 
    normal parafin va izoparafinlari, umumiy formulasi CnH2n bo„lgan siklik 
    uglevodorodlar (sikloparafinlar), biroz miqdorda aromatik uglevodorodlar CnH2n-
    6 (benzol va uning gomologik qatori)dan tashkil topgan (14.1-jadval). 
    14.1-jadval 
    Sanoatda qo‘llaniladigan benzinlar tavsifi 
    Ko„rsatkichlar 
    TU 38.101303-
    91 
    TU 38101303-72 
    A markali 
    B markali
    200C dagi zichligi kg/m3, ortiq 
    emas 
    715 
    685 
    715 
    Bug„lanish, boshlanishi, 0C 
    68 
    63 
    70 
    Haydash harorati, 98 %, kam 
    emas
    85 
    75 
    85 


    Aromatik uglevodorodlar 
    miqdori, %, ortiq emas
    2,0 
    0,5 
    3,0 
    Oltingugurt miqdori, %, ortiq 
    emas
    0,001 
    0,001 
    0,01 
    Portlash chegarasi (xona harorati 
    va 0,1 MPa bosimda) 
    pastki: % hajmga nisbatan
    mg/l
    yuqorigi: % hajmga nisbatan
    mg/l 
    1,33 
    47,0 
    8,5
    300,6 
    1,1 
    40,7 
    6,3
    233,1 
    Shuningdek benzin tarkibida juda kam miqdorda (0,007-0,15%) 
    to„yinmagan uglevodorodlar ham uchraydi. “A” markali ekstraksion benzin 63-
    750C atrofida qaynaydi. U quyidagi uglevodorodli tarkibga ega: (%da): 
    n – geksan 54,39; n – pentan 0,23; butan – 0,13; izopentan – 0,19; 3-metilpentan 
    20,02; 2,3-metilbutan va 2-metilpentan 11,59; metilsiklopentan 9,0 va benzol 0,50.
    Bu benzinning afzalligi shundaki, uning tarkibida past haroratda qaynovchi 
    uglevodorodlar mavjud va aromatik uglevodorodlar (0,5%dan ko„p emas) boshqa 
    ekstraksion benzinlarga qaraganda kam miqdorda bo„ladi. Erituvchi tarkibida 
    aromatik uglevodorodlar bo„lsa, erituvchida mumsimon va rang beruvchi 
    moddalarning erishi ko„payadi, bu esa yog„ning sifatini buzilishiga va rafinatsiya 
    vaqtida yo„qotishlar miqdorini oshishiga olib keladi. 
    Benzin tarkibida to„yinmagan va aromatik uglevodorodlar bo„lsa, ularning 
    dielektrik o„tkazuvchanligi to„yingan uglevodorodlarnikiga nisbatan bir muncha 
    yuqoriroq bo„ladi va ikkiga teng deb olinadi. Shunday qilib benzinlar sof qutbsiz 
    erituvchilar bo„lib, moylarni yaxshi eritadi
    ( = 3,0†3,2), boshqa tomondan suvda kam eriydi. Ma‟lumotlarga qaraganda, turli 
    ekstraksion benzinlarning suvda eruvchanligi 20-250C haroratda 0,00007dan 
    0,0015gacha mas.% bo„ladi. 


    Avval ishlatilgan benzinlarning shuningdek B markali benzinning ham 
    kamchiligi ularning kimyoviy tarkibi bir xil emas va u olingan neftning qazib 
    olingan joyiga bog„liqligidir. Shu sababli ularning boshlang„ich qaynash harorati 
    yuqori va qaynash harorat intervali katta (70-950Cva 70-850C) bo„ladi. 
    Bu esa mitssella va shrotdan benzinni haydashga yuqori harorat talab etadi, 
    natijada ularning sifat ko„rsatkichlari yomonlashadi. Ya‟ni shrot oqsillarining 
    denaturasiyasi, moyning kislota soni va rangining o„zgarishi sodir bo„ladi. 
    Bu kamchiliklarni A markali benzinni ishlatib, bartaraf etish mumkin. 
    Chunki uning qaynash harorati ancha past (630C) va uning asosiy qismi (98%) 
    750Cgacha haydaladi. Shu sababli erituvchini haydash vaqtida shrot va mitssellaga 
    issiqlik ta‟siri kam bo„ladi va tayyor mahsulotning sifat ko„rsatkichlari 
    yaxshilanadi. 
    “A” markali benzin ishlatishni boshlanishi bilan erituvchilarning 
    rekuperatsiyasiga bog„liq ishlar qiyinlashadi. Qattiq yog„ kislotalarning 
    triglitseridlari suyuqlarnikiga qaraganda benzinda qiyin eriydi, oksikislotalar va 
    oksidlanish mahsulotlari erimaydi. Benzin bilan ekstraksiyalangan yog„lar 
    tarkibida hamroh moddalar (fosfor tutuvchi, bo„yovchi va boshqalar) miqdori 
    ularning past qutbli erituvchilarda yomon eruvchanligi tufayli kamroq bo„ladi. 
    Benzin ko„p marta ishlatilganda uning fraksion tarkibi o„zgarmasdan qolmaydi. 
    Dastlab yengil qaynovchi fraksion ulushi oshadi; ma‟lum bir vaqt o„tganidan keyin 
    esa fraksion tarkibi barqarorlashadi. Bu esa yengil fraksiyali deflegmatsion sistema 
    va uskunalardagi tirqishlar orqali havo bilan yo„qotilishiga nisbatan og„ir 
    fraksiyani shrot va moy bilan yo„qotilishi ko„proq bo„lishi bilan tushuntiriladi. 
    Benzinda benzol va to„yinmagan uglevodorodlarning bo„lishi maqsadga muvofiq 
    emas. Benzol bo„yovchi, mumsimon va boshqa moddalarning eruvchanligini 
    oshiradi va moyning sifatini yomonlashtiradi. To„yinmagan uglevodorodlar, ayrim 
    adabiyotlardagi ma‟lumotlarga qaraganda ekstraksiya vaqtida shrot va yog„dan 
    qiyin ajraladigan polimerizatsiya va kondensatsiya mahsulotlarini eritishi mumkin.

    Download 0.53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish