O'zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, O'zgarish va muammolar




Download 17,76 Kb.
bet1/2
Sana22.12.2023
Hajmi17,76 Kb.
#126863
  1   2
Bog'liq
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI
FAOLIYATI, O'ZGARISH VA MUAMMOLAR
KIRISH
Bugungi kunda OAV jamiyat hayotida asosiy rolni o'ynamoqda. Shu
jumladan, OAV ning O'zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o'rni ham tezlik bilan
mustahkamlanib bormoqda. Ommaviy axborot vositalarining mamlakatimizdagi
faoliyatining tarixiga nazar tashlaydigan bo'Isak, 1991-yili mamlakatimizda bor yo'gi 395 ta OAV faoliyat yuritgan. 2016- vilga kelib ularning soni 1437 taga yetgan bo'lsa, bugun ularning soni 2 mingga yaqinlashdi va ularning aksariyati xususiydir.
O'zbekistondagi ommaviy axborot vositalari uchun zamonaviy mutaxassislarni
tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Jurnalistika va ommaviy
kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi. O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy matbuot markazi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Xalqaro press klub kabi tashkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O'zbekistonda yetakchi xorijiy OAV vakillari, jumladan Reuters, France Press, BBC, The Economist, Xinhua, «Amerika Ovozi», «Fergana.Ru», Eurasianet muxbirlari erkin ishlamoqdalar.
ADBIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O'zbekistonda jamoatchilik bilan aloqalar, xalq bilan muloqot muhim ijtimoiy
institutga aylanmoqda. Jamoatchilik fikri - fuqarolik jamiyatini o'zida aks ettiradigan
bamisoli bir ko'zgu ekanligi hayotda o'z isbotini topmoqda. Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev 2017 yil 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari
kuni munosabati bilan soha xodimlariga yo'llagan tabrigida ta 'kidlanganidek, "Xalq bilan muloqot, odamlarning orzu-intilishlari, dardu tashvishlari bilan yashash davlat siyosati darajasiga ko'tarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi
chinakam muloqot maydonchasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz o'z oldimizga qo'ygan maqsadlarga erisha olamiz"[1].
O'zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 mayda qabul qilingan "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida"gi qonunida (1-
ilova) Axborot xizmatlarining huquqiy asosi mustahkamlandi.O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 fevralda qabul qilingan
"O'zbekiston Respublikasi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining axborot
xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 125-
qarorida (2-ilova) davlat va xo'jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka
asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas 'uliyatini
ta'minlash vazifalari belgilab berildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi "Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat
organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo' yicha
qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisida"gi qarori (3-ilova) mazkur sohani yanada
rivojlantirishda g"oyat muhim qadam bo'ldi.
Mazkur gonun va qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Mirzo Ulug'bek
nomidagi O'zbekiston Milliy universitti Jurnalistika fakultetida, O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universittida, O'zbekiston davlat jahon
tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida, Qoraqalpog'iston davlat
universiteti Jurnalistika bo'limida "Axborot xizmatlari" fani o'qitilmogda. Mazkur oliy ta'lim muassasalariga 2019-2020 o'quv vilidan e'tiboran Axborot xizmatlari yo'nalishida ham abituriyentlar qabul qilina boshlagani, shu sohada kadrlar
tayyorlashga ixtisoslashtirilgan fakultetlar tashkil etilayotgani muhim voqelikdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevral kuni gabul qilingan
"Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmonida "Davlat organlari, xo'jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari matbuot xizmatlarining
jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro hamkorligi yetarli darajada
yo'lga qo'yilmagan"I qayd etilib, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi zimmasiga davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini ta'minlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq,
ommaviy o'zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning Axborot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo yicha bo'linmalari) faoliyatini
muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta'minlash orqali ko'maklashish vazifasi ham
yuklatildi. Bu vazifalar to'la-to'kis bajarilishi uchun avvalo har bir vazirlik, idora, muassasa va tashkilotning Axborot xizmatlari ham mas'uldirlar.

Download 17,76 Kb.
  1   2




Download 17,76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, O'zgarish va muammolar

Download 17,76 Kb.