O'zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, O'zgarish va muammolar

Download 17,76 Kb.
bet2/2
Sana22.12.2023
Hajmi17,76 Kb.
#126863
1   2
Bog'liq
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI

MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hayot ko'zgusi hisoblanmish matbuot "to'rtinchi hokimiyat" darajasiga
ko"tarilmog'i lozimligi ko'p bora ta'kidlangan. Bu borada hali oldimizda turgan vazifalar juda ko'p. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari uzoq vaqt mafkuraviy va ma'muriy nazorat ostida ishlagani tufayli ularning hali-beri bu holatdan chiqishi, avvalo psixologik jihatdan o'zini erkin his etishi qiyin kechmoqda. Shu sababli ular o'zi uchun yangi bo'lgan hozirgi vaziyatda ba'zan hali ham nima qilish yoki nima qilmaslik haqida yuqoridan ko'rsatma kutib o'tirgandek ko rinishi togri tanqid qilinmoqda. Shu o'rinda ba'zi tanqidiy-tahliliy fikrlarga e tibor qaratsak.
www.kun.uz saytida berilgan xabarda quyidagilar bayon etilgan:
"O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov OAV bo'yicha selektor o'tkazmoqda. Hukumat rahbari vazirlik, hokimlik idoralari va boshqa tashkilotlarda
OAV bilan ishlash talab darajasida emasligini tanqidga oldi. «Bugungi kunda OAV mamlakatda sodir bo layotgan dolzarb voqealarga tezkor munosabat bildirmoqda.
Matbuotda ham turli mavzulardagi tanqidiy va tahliliy materiallar keskin ko'paydi.
Bu esa jamoatchilik fikri shakllanishida muhim rol o'ynamoqda. Tan olish kerak,
bundan 2-3 yil avval OAVdagi bunday ochiqlikni ko'pchilik tasavvur ham qila
olmasdi.
Ammo davlat organlari va OAV o'rtasida hamkorlik qanday yo'lga qo' yilgani haqidagi savolga javob yo'q. To'g"risini aytish kerak, ba'zi rahbarlar matbuot bilan ishlashni ikkinchi va hatto beshinchi darajali ish deb qaramoqda. Ba'zi tashkilotlar Axborot xizmati vakillariga yetarli sharoit yaratib bermagan. Shu kungacha 20 ga yaqin davlat va xo jalik boshqaruv organlarida, 150 dan ortiq tuman, shahar va viloyat hokimliklarida Axborot xizmatlari tashkil qilinmagan. Boriga ham yana
boshqa ishlar topshirib qo yilganki, u o'z ishi bilan shug'ullanishga ulgurmaydi
ham.." deya Aripovning so' zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri"[2].
Bunday tanqidiy-tahliliy fikrlarga yana bir misol tariqasida www.uza.uz saytida
berilgan "Saida Mirziyoyeva: "Axborot xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish
lozim!" sarlavhali xabarda yanada teranroq va tahliliy fikrlar bayon etilgan. Berilgan
xabarga ko'ra "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasida "OAV sohasida milliy gonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari" mavzusida respublika konferensiyasi o'tkazilgan. Konferensiyada agentlik direktor o'rinbosari
Saida Mirziyoyeva ham o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etgan. Ma'ruzada ta'kidlanishicha, o'tkazilgan tahlillar va o'rganishlar shuni ko'rsatmoqdaki, sohada eng asosiy muammo, bugungi kunda yagona davlat axborot siyosati to'g risidagi konseptual hujjatning mavjud emasligidir. Hozirda esa ushbu hujjat tayyorlanmoqda. Shuningdek, Saida Mirziyoyeva o'z nutqida davlat va xo jalik tashkilotlari Axborot xizmatlari faoliyatidagi mavjud kamchiliklar xususida alohida to'xtaldi. Sohada ish hajmining kop, zamonaviy talablarga javob bera olmayapti. Mavjud sharoitlarning yetarli darajada emasligi sabab axborot xizmatlari faoliyati qoniqarsiz ahvolda qolib ketmogda. Ondan ortiq respublika darajasidagi tashkilotlar, kopgina tuman va shahar hokimliklarida haligacha axborot xizmati faoliyati tashkilotlari etilmagan. Ko'plab davlat va xo'jalik tashkilotlari veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida axborotlar yetarli darajada emasligini ham tanqid qilindi. - Ularning veb-saytlariga kiruvchilarning umumiy soni 400 ming, Facebook ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifalariga murojaat qiluvchilar soni 150 ming, Telegram tarmog'ida a'zolar 300 ming nafardan oshmaydi,- dedi Saida Mirziyoyeva.-O'zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 20 milliondan ortiq ekanini hisobga olsak, yuqoridagi korsatkichlardan o'zingiz xulosa olishingiz mumkin. Saida Mirziyoyeva shu va boshqa bir qator kamchiliklarni sanab o'tar ekan, «Axborot xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish lozim», deya qat'iy ta'kidladi" Mamlakatimizda Axborot xizmatlari tizimini takomillashtirish borasida muhim qadamlar qo'yildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15
fevral kuni e'lon qilingan "O'zbekiston Respublikasi davlat va xo jalik boshqaruvi
organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 125-sonli qarori sohani yanada rivojlantirish uchun huquqiy asos bo lib xizmat qiladi. Qarorda qayd etilganidek, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda axborot va bilim eng muhim milliy resurslarga, ularni yaratish va tarqatishni ta'minlovchi tizimlar esa - barqaror rivojlanishning strategik omillariga aylanmoqda. Ushbu sharoitlarda O'zbekistonda demokratik huquqiy davlatni va ochiq adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, shuningdek, insonning huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta'minlashdek strategik maqsadga erishish, davlat boshqaruvining sifati davlatning axborot, bilim va innovatsiyalarga asoslangan modeliga o'tishini ta'minlaydigan axborotni va bilimni yaratish, qabul qilish va tarqatish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan davlat va xo'jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas'uliyatini ta'minlash zarur. Bu davlat va xo jalik boshqaruvi apparatining samarali faoliyat yuritishi hamda jamiyatda adolatni qaror toptirishning muhim sharti hisoblanadi. Bunda jamiyatni davlat va xo jalik boshqaruvi organlarining faoliyatidan keng xabardor qilish, ularning aholi oldidagi hisobdorligini ta'minlash «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir» degan konstitutsiyaviy normani amalga oshirishning, «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ezgu g'oyani ro'yobga chiqarishning muhim sharti hisoblanadi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda OAV alohida o'rin tutadi. Chunki aynan OAV globallashuv sharoitida yurtimizda kechayotgan eng muhim voqealar, amalga oshirilayotgan yangilanishlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni keng yoritish orqali davlat va jamiyat o'rtasida o'ziga xos ko'prik vazifasini bajarmoqda. Mazkur qonun axborotdan foydalanish erkinligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining jurnalistga zarur axborotni, qonunda belgilanganidek, 7 kunlik muddatda tagdim etish majburiyatini ta'minlash orqali ushbu kafolatlarni yanada mustakamlaydi. Bu axborot olishdagi bazi paysalga solish holatlarini bartaraf giladi, shuningdek, jurnalist materialining tezkorligini, ishonchliligini hamda sifatli bo 'lishini ta'minlaydi.
Mamlakatimizda Axborot xizmatlari tizimini takomillashtirish borasida muhim qadamlar qo'yildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa

O'zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, O'zgarish va muammolar

Download 17,76 Kb.