2. Kompyuterlarning tezkorligini aniqlovchi asosiy ko‘rsatkichlari




Download 16.4 Kb.
Sana23.12.2023
Hajmi16.4 Kb.
#127484
Bog'liq
M2
15, баён кирилда, Samatov, SHAMSIDDINOV ISAQJON, KT Laboratoriya ishi 4, 4-7-lab S.T, Заголовок отчета, mobiledan manga tushga test, loyiha ishi 2 cmestir, add, 4 Amaliy ish Operatsion tizimda Windows OT parolga asoslangan autentifikatsiya, 4.10, Fizika” fani bo’yicha, Ulugʻbek.M Akademik yozuv Reklama matni mustaqil ta\'lim 2, 1-Amaliyot ishi

2.Kompyuterlarning tezkorligini aniqlovchi asosiy ko‘rsatkichlari.
Kompyuterning tashkiliy komponentlari Zamonaviy kompyuter tizimlarida axborotlarga ishlov berish asosiy vazifa hisoblanadi, lekin yagona vazifa emas. Kompyuter tizimlarining boshqa vazifalari axborotlarni yig’ish (kiritish), o’zgartirish, axborotlarni to’plash va saqlash, ma’lumotlarni qabul qilish-uzatish, nusxa ko’chirish va ko’paytirish hisoblanadi. Bu barcha vazifalarni bajarishda bevosita amalga oshiruvchi tizimlar va tarmoqlarning eng asosiy elementi bo’lgan kompyuterdir. Uning ishlov berish tezligi va ishlov berish natijasi, aniqligi, umuman, tizimning ishlash samaradorligi unga bog’liq. Kompyuterning yuqorida sanab o’tilgan vazifalari asosiy elementlar arifmetikmantiqiy qurilma, prosessor, xotira, kiritish/chiqarish qurilmasi, boshqarish qurilmalaridan foydalanib amalga oshiriladi. Buning asosida barcha elementlarning o’zaro birgalikda ishlashi asosida dasturiy boshqarish tizimidan iborat bo’lgan, xotirada saqlanadigan ishlov berish dasturi va ma’lumotlarni boshqarish tamoyili yotadi. Kompyuterlar va kompyuter tizimlarini qurish, va ishlash tamoyillari ularning arxitekturalarini qurish o’zaro bog’liq ko’plab komponentlarga: apparat ta’minotiga (hardware), dasturiy ta’minotiga (software), ma’lumotlarga ishlov berishning amaliy dasturlariga, qabul qilish, o’zgartirish, ma’lumotlarni saqlash hamda uzatish vositalariga, shuningdek, ishlov berishning umumiy masalasi bajarilganda, komponentlar orasida vazifalarning taqsimlanishiga uzviy bog’langan. Zamonaviy kompyuterlarning funksional sxemasi (2.4-rasm) saqlash, ishlov berish va boshqarish qurilmalaridan tashkil topgan. Bundan tashqari, kompyuterning ichki resurslardan foydalanish uchun ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridan foydalaniladi. Bu sxema universal kompyuterlarning klassik variantidir. Ish unumdorligi – bu kompyuterning ishlash tezligi ko’rsatgichidir. Ilgari bu parametr sekundiga bajariladigan operasiyalar (oper/sek.) soni bilan o’lchangan. Biroq keyinroq turi bo’yicha turli buyruqlarning turli tezliklarda bajarilishini hisobga olib ish unumdorligini ikki asosiy baholash turlari qabul qilindi. MIPS (Million Instruction Per Second) baholash qayd etilgan vergulli sonlar ustida sekundiga millionta bajariladigan operasiyalarga mos keladi. MFLOPS (Million of Floating Point Operation Per Second) baholash suriladigan vergulli (nuqtali) sonlar ustida sekundiga millionta bajariladigan operasiyalarga mos keladi. Ikkinchi baholash ko’p prosessorli tizimlarning unumdorligini keskin o’sishiga bog’liq suriluvchi vergulli sonlar uchun GFLOPS (sekundiga millard operasiyalar) va TFLOPS (sekundiga trillion operasiyalar) variantlarga ega. Alohida olingan bir kristalli prosessorlar uchun, ayniqsa shaxsiy kompyuterlarda ish unumdorligi takt chastotasi (kGs, MGs, GGs) orqali baholaniladi. Masalan, 100 MGs takt chastotali prosessor sekundiga 20 millionta oddiy arifmetik operasiyalarning bajarilishini ta’minlaydi. Xotira sig’imi. Zamonaviy kompyuterda sig’imi, o’qish/yozish vaqti va apparatli ishlatishi bilan farqlanadigan bir necha xotira turlari mavjud. Operativ, eng tezkor ishlaydigan xotira ona platada alohida KIS ko’rinishida joylashtiriladi va adreslanadigan hotiraning eng tezkor turi hisoblanadi. Uning sig’imi Kbayt yoki Mbayt (ming va million bayt) larda o’lchanadi. Qattiq magnit disklardagi (vinchester deyiladigan) saqlovchilar sig’imi, odatda, gigabaytlarda (milliard bayt) o’lchanadi. 3,5 dyumli ixcham magnit diskidagi saqlovchining sig’imi 1,44 Mbaytni tashkil etadi. Razryadlilik (mashina so’zining uzunligi) bu kompyuter operasiyalarni amalga oshiriladigan standart mashina formatidagi so’zni ikkilik sanoq tizimidagi xonalar sonidir. Zamonaviy kompyuterlarda u 32 yoki 64 ikkilik razryadlarni tashkil etadi. So’zning uzunligi kompyuterning ko’plab parametrlariga: tezkor ishlashiga, hisoblash aniqligiga, xotiraga o’qish yoki yozish tezligiga ta’sir etadi. U ayniqsa ko’paytirish, bo’lish, darajaga ko’tarish, ildizdan chiqarish kabi ko’p vaqt talab qilinadigan operasiyalarni bajarish ishida hisoblash aniqliligini belgilab beradi. O’tkazuvchanlik qobiliyati tashqi qurilmalar yoki boshqa kompyuterlar bilan axborotlar almashtirishda ma’lumotlarni kiritish va chiqarish kichik tizimlarining xarakteristikalariga kiradi. O’tkazuvchanlik qobiliyati vaqt birligida uzatiladigan mukammal miqdordagi axborotlar birligi bit bilan o’lchanadi. Ishlash ishonchliligi quyidagi ko’rsatgichlar orqali baholanadi: −berilgan vaqt mobaynida buzilishsiz ishlash ehtimolligi; −birinchi buzilishgacha ishlash vaqti; −ish xususiyatini qayta tiklanishining o’rtacha vaqti. Texnik parametlari bilan bir qatorda zamonaviy kompyuterlar ularning sifatiga va narxiga ta’sir etadigan funksional imkoniyatlar nuqtai nazaridan baholanadi: − axborotlarni kiritish/chiqarish, almashtirish va saqlash tashqi qurilmalarining nomenklaturasi va xarakteristikalari (printerlar, skanerlar); − barcha turlardagi xotirada saqlovchi qurilmalarning (OXQ, DXQ, diskli xotira) nomenklaturasi, sig’imi va tezkor ishlashi; − tashqi qurilmalar bilan uyg’unlashtirish (moslashtirish) bog’lamalarning turlari va o’tkazish xususiyati; − ma’lumotlarga ishlov berish ish tartibi (bir dasturli, ko’p dasturli, ko’p foydalanuvchili); − foydaniladigan operasion tizimning xarakteristikalari; − foydalanuvchi amaliy dasturlarning to’liqligi; − boshqa turdagi kompyuterlar bilan dasturiy moslanuvchanligi; − tarmoq yoki hisoblash tizimi tarkibida ishlash imkoniyati. Hozirgi vaqtda kompyuterni ishlatishning asosiy maqsadlari axborot xizmat ko’rsatish va boshqarish, ya’ni axborot-hisoblash masalalarini yechish hisoblanadi. Shuning uchun yuqori ish unumdorligini zamonaviy kompyuterlar ma’lumotlarga ishlov berish masalalarini birgalikda yechish uchun tashkil etilgan bir yoki bir necha kompyuterlar, ularning dasturiy ta’minoti va tashqi qurilmalari birligidan iborat bo’lgan hisoblash tizim sanaladi (Multi Processor Systems – ko’p prosessorli tizimlar). Hisoblash tizimlari foydalanuvchi yechadigan masalaning xarakteriga bog’liq ravishda majmualashtirilishi (komplektlashtirilishi) mumkin. Bir jinsli hisoblash tizimlari bir turdagi kompyuterlar yoki prosessorlar asosida quriladi, standart dasturiy vositalar to’plamini, namunaviy uyg’unlashtirish protokollarini ishlatadi, sodda arxitekturaga ega. Bir jinsli bo’lmagan hisoblash tizimlari turli texnik va funksional xarakteristikalari, turli ko’rinishlardagi arxitektura o’z tarkibiga har xil turlardagi kompyuterni yoki prosessorlarni oladi. Markazlashtirilgan boshqarishli hisoblash tizimlari hududiy yo’naltirilgan bo’lib, ularning komponentlari bir – birlaridan bevosita yaqinda joylashadi. Markazlashtirilmagan hisoblash tizimlari hududiy taqsimlangan bo’lib, ularning komponentlari sezilarli masofalarda joylashadi va hisoblash tarmoqlarini tashkil etadi.
Download 16.4 Kb.




Download 16.4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Kompyuterlarning tezkorligini aniqlovchi asosiy ko‘rsatkichlari

Download 16.4 Kb.