Zamonaviy televizion studiya
1.
Toshkent teleminorasi haqida ma’lumot bering.
Toshkent teleminorasi Hakimov Farrux Nuralibek o'g'li tomonidan qurilgan Oʻrta
Osiyodagi eng baland binodir. Uning balandligi 375 metrdir. Rasmiy tilda Toshkent
teleminorasi H-375m obyekti deb ataladi. Teleminora 1978-yildan boshlab, 6 yil davomida
qurib bitilgan. 1985-yilning 15-yanvarida ishga tushirilgan.
XX asrning 60-yillariga kelib televideniye va radio O‘zbekiston madaniy hayotida
mustahkam joy egallay boshladi. 1957-yilda bunyod etilgan 180 metrlik birinchi Oʻzbekiston
telemarkazi 4 millionlik poytaxt va Toshkent viloyati aholisi ehtiyojini yetarlicha qondirish,
televizion koʻrsatuvlarni koʻpaytirish va togʻli tumanlarga dasturlarni yetkazishga ojizlik
qilib qoldi.1971-yilning 1-sentyabrida Oʻzbekiston Aloqa vazirligi (hozirgi Respublika Aloqa
va axborotlashtirish agentligi) tasarrufida Toshkent radiotelevizion uzatish markazi qurilishi
direksiyasi tashkil etildi. Qisqa fursat ichida yangi teleminora loyihasini tayyorlashga
kirishildi. Loyiha juda sinchkovlik bilan oʻrganildi, qayta-qayta sinovlardan oʻtkazildi.
Chunki bunday balandlikdagi inshoot qurilishi hali tajribada boʻlmagandi. 1978-yilda
teleminora qurilishi boshlandi.Har qanday inshootning mustahkamligi albatta poydevoriga
bogʻliq. Teleminoraning toʻrt tayanchi va unga tutashgan uchta oyoqlari 11 metrlik
chuqurlikdan koʻtarilib chiqilgan, bir-biri bilan bogʻlanmagan temir-beton asoslarga tayangan
boʻlib, muvozanatini oʻta yuqori darajada ushlab turishga qodir klassik tizim
yaratildi.Teleminora qurilishi “11-Balandqurilish” boshqarmasi quruvchilari tomonidan
amalga oshirildi. 1984—1985-yillardagi qahraton qish sharoiti, balandlik va muntazam
shamol, tobora yuqorilab borayotgan qurilmalar nishab oʻlchovini toʻgʻri olish oson
kechmadi. Qurilishda Rossiyalik mutaxassislar ham faol ishtirok etishgan. Minora qurilishi
25 tonna yukni 240 metr balandlikka koʻtarish qobiliyatiga ega boʻlgan maxsus kran
yordamida amalga oshirilgan.1985-yil 15-yanvarda Poytaxtning Yunusobod tumani Boʻzsuv
yoqasida Toshkent teleminorasi qad rostladi, inshootning eng baland nuqtasida bayroq
hilpiray boshladi.
|