moʻljallangan qaytargich qurilma; R.ning qaytaruvchi sirti bir yoki bir necha koʻzgudan
iborat. Toʻlqinlar yoki oqimlarni tuplash uchun R. sirti botik, (sferik, paraboloidal va
boshqalar) boʻlishi lozim. R. akustika, radiotexnika (antenna), uyroʻzgʻorda ishlatiladi; 2)
astronomiya da — koʻzguli obyektiv bilan jixrzlangan teleskop. R.da tasvir okulyar orqali
kuzatiladi, boshqa yorugʻlik qabul qiluvchi qurilma bilan suratga olinadi yoki qayd qilinadi.
R.da asosiy koʻzgudan tashqari abberatsiya hodisasini kamaytiradigan qoʻshimcha koʻzgu
yoki linza ham boʻlishi mumkin. R.da yulduzlar, sayyoralar, Quyosh va boshqalarning tasviri
asosiy botiq koʻzguda va qoʻshimcha qavariq yoki yassi koʻzgularda hosil boʻladi. R.ning
Nyuton, Kassegren, Gregori va boshqa tizimli turlari bor (racmga k,.). Dunyodagi eng katta
R. asosiy koʻzgusining diametri 6 m (Rossiya). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya
institutidagi R. koʻzgusining diametri 1,5 m.
5.
Televideniyeda qo‘llaniladigan kameralar va ularning turlari.
Televizion kamera, telekamera —obʼyektning optik tasvirini tasvirning uzoqqa
uzatish mumkin boʻlgan elektr signallari (videosignallar)ga aylantirib beradigan apparat.
Televizion koʻrsatuvlar (telestudiya va telestudiyadan tashqaridan uzatiladigan, diktorlik va
boshqalar) hamda sanoat (shu jumladan, suv osti) Televizion kameralari farq qilinadi. Oqqrra
varangli televideniye uchun moʻljallangan Televizion kameralar bor. Televizion kameraning
asosiy qismi fotoelektron oʻzgartirgich, yaʼni uzatuvchi televizion trubka. Videosignallar ana
shu trubkada shakllanadi. Televizion kameraning boshqa qismlari: obyektiv,
videokuchaytirgich va satrlarni yoyish generatori. Televizion koʻrsatuvlar uchun
moʻljallangan Televizion kamera kineskopli videoqidirgich kurilma bilan taʼminlanadi. Bu
qurilma teleoperatorning obʼyektni koʻrib turishi va nazorat qilishiga imkon beradi. Rangli
televideniye uchun moʻljallangan Televizion kamerada yorugʻlik oqimi maxsus prizmalar
yoki koʻzgular bilan turli sohalarga ajratiladi. Telestudiyada yoki Kuchma televizion styada,
odatda, bir nechta Televizion kamera boʻladi. Telerejissyor televizion koʻrsatuv ssenariysiga
moye ravishda ularni uzatuvchi kameraga galmagal ulab turadi.
Studiya telekamerasi (STK) televizion markazlarning apparatlar va studiyalar
birlashmasida (ASB), ko‘chma televizion stansiyalarda (KTS) qo‘llaniladi, hajmi va og‘irligi,
murakkabligi, sifatining yuqoriligi, ishlatilgan optikaning katta imkoniyati bilan boshqa
turlardan farq qiladi.
Studiyadan tashqarida tasvir ishlab chiqaruvchi telekamera (STVTK) yengil, u bilan
ko‘chma telestansiyalar jihozlanadi. Ular shtativga o‘rnatilib yoki operator yelkasiga qo‘yilib
ishlatilishi mumkin. Bu kameralar STK turdagidan sifat jihatidan qolishmaydi, yengilligi va
ixchamligi bilan ulardan ajralib turadi.
Videojurnalistlar telekamerasi (VJTK), asosan, tasvir magnitofon bilan birlashtirilgan
va olingan mahsulot telemarkaz bilan bog‘langan holda magnit tasmalarga tushiriladi. Ular
avtonom holda ishlatilishi va olib yurilishi hamda ishlatilishining qulayligi bilan ajralib
turadi. Olinayotgan tasvir yuqori sifatli.
Telekino va telediokameralar (TKK, TDK), bunday kameralar kino va fototasvirlarni
uzatish uchun qo‘llaniladi. Ulardan olinayotgan tasvir yuqori sifatli.