Televideniyeda foydalaniladigan mikrofonlar va ularning turlari




Download 58,24 Kb.
bet6/19
Sana18.01.2024
Hajmi58,24 Kb.
#140132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Zamonaviy televizion studiya-fayllar.org
botir tamirlash 1, 8-Ma\'ruza, Azizbek Operatsion tizim, MTAdan Universal Baza Tuit Yordam Kanali uchun , Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili-fayllar.org, 1. Buxgalteriya hisobining schetlari Reja Aktiv schyotlar (A) Ta-fayllar.org, 70-73 (1), Содержание УКПО, 8 ozb mavzuli 2019, Printir ichida yoki rangli bezak naqish yoki birnechta rangli bezak tortilgan oqimli plentirlar siyoqning purklovchi soqol mavjut foto prentirnig maxsus raqamli foto apratlar bilsan ishlashga moljalash gan foto pre, PEDAGOGIKA YUZKKKK, My family, Оценка экономической и социальной эффективности управления на предприятии, Fizika 3 kitob Optika, atom va yadro fizikasi M O\'lmasova 1 (5), MUS ISH
7.
Televideniyeda foydalaniladigan mikrofonlar va ularning turlari.
«Mikrofon» so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib, mikros – kichkina, phone – ovoz
ma’nosini anglatadi. Mikrofonlarning asosiy vazifasi ovoz tebranishini elektr toki
tebranishiga aylantirib berishdan iborat.
Ko‘mirli mikrofon. Ko‘mirli mikrofon 1877-yil Emil Berliner tomonidan ixtiro
qilingan va Devid Xyuz tomonidan takomillashtirilgan. Ko‘mirli mikrofon mikrofonlar ichida
birinchi bo‘lib ixtiro etilgan bo‘lib, ko‘mir kukunining qisilishi natijasida unga kelayotgan
bosim orqali ovozga aylangan.





Induksion g‘altakli mikrofon. Bu mikrofonlar ishlash jarayonida elektromagnit
induksiya paydo bo‘ladi, ya’ni 50 akustik energiyani elektr energiyaga aylantiradi. Energiya
magnit maydonidagi g‘altakning harakati ostida doimiy magnit maydonini hosil qiladi.
Kondensatorli mikrofon. Bu mikrofonlarning ularga o‘rnatilgan kondensator hajmiga
bog‘liq. Unga ovoz to‘lqinlarining kelib urilishi natijasida uning plastinasi harakatga keladi,
ya’ni ovoz tebranishi hosil bo‘ladi.
Pyezoelektrik mikrofon. Ushbu mikrofon kristalli mikrofon deb ham ataladi. U
shunday effektda ishlaydiki, bunda unga elektr zaryadi yuborilganda uning ustki qismidagi
kristall jism ovoz bosimi ostida deformatsiyalanadi.
Elektromagnit mikrofon. Bu turdagi mikrofonlarda ovoz magnit maydonining
o‘zgarishi natijasida, ya’ni harakatdagi 51 yakor orqali paydo bo‘ladi.
8.
TATU Mediamarkazi haqida umumiy ma’lumot bering.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Oʼquv media markazi Oʼzbekiston Respublikasi va Yaponiya Hukumatlari oʼrtasida
imzolangan Аnglashuv Memorandumi asosida tashkil etilgan.
Markazning maqsadi: Universitetda taʼlim jarayonini bevosita ishlab chiqarish
jarayoni bilan integratsiyalashuvida faol ishtirok etgan holda vatanimizdagi televizion va
media mahsulotlar bozorini rivojlantirish, taʼlimga yoʼnaltirilgan oʼquv media maxsulotlari
yaratgan holda daromad olish, televizion texnologiyalari sohasida jaxon darajasidagi yetuk
mutaxassislarni tayyorlash orqali malakali hodimlar zaxirasini yaratish va ish oʼrinlarini
kengaytirish.
Markazning vazifalari: Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy taʼlimning ilgʼor
standartlarini taʼlim jarayoniga joriy etish; taʼlim tizimida eng soʼnggi zamonaviy
texnologiyalarni qoʼllash; shuningdek, talabalarga nazariy bilimlar berish bilan birga ularda
amaliy koʼnikmalarni ham rivojlantirish; taʼlim jarayonini ishlab chiqarish jarayoniga
integratsiyalashuvida faol ishtirok etish; media ishlab chiqarish sohasida malaka oshirish
kurslarini hamda qisqa muddatli ixtisoslik kurslari koʼrinishidagi treninglarni tashkil etish;
Oʼzbekiston Oliy va oʼrta maxsus va umumtaʼlim muassasalari rahbar hodimlari va
professor-oʼqituvchilarining media kompetentliligini oshirishga qaratilgan oʼqitish faoliyatini
olib borish; media va televizion ishlab chiqarish texnologiyalarini chuqur oʼrganishga oʼz
istagini bildirgan universitet, uning filiallari va unga qarashli oʼrta-maxsus kasb hunar taʼlimi
muassasalari hodimlari va talabalarini tanlov asosida oʼqitish; masofaviy taʼlim uchun turli
koʼrinishdagi interaktiv, media oʼquv manbaalari, videodarslarni yaratish.
Oʼquv media markazida jami 48 nafar tinglovchiga moʼljallangan 2 oʼquv
auditoriyasi, jami 52 nafar tinglovchiga moʼljallangan televizion studiya, kichik pavilьon,
rejissyorlik pulьt xonasi, oʼquv montaj laboratoriyasi, professional montaj studiyasi, ovoz
yozish studiyasi, fotostudiya, virtual televizion studiyasi kabi oʼquv laboratoriya xonalari



bilan taʼminlangan va 24 kishilik filьmlar koʼrigi xonasi mavjud. Oʼquv laboratoriyalari va


oʼquv-maʼruza xonalarining umumiy maydoni 584.2 kv.m.ni tashkil etadi.

Download 58,24 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 58,24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Televideniyeda foydalaniladigan mikrofonlar va ularning turlari

Download 58,24 Kb.