|
Shovqinlar haqida umumiy ma’lumot bering
|
bet | 5/19 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 58,24 Kb. | | #140132 |
Bog'liq Zamonaviy televizion studiya-fayllar.org6.
Shovqinlar haqida umumiy ma’lumot bering.
Shovqin — 1) keng maʼnoda — nutq va musiqani toʻgʻri qabul qilishga, xordiq
chiqarishga va aqliy mehnatga xalaqit beruvchi begona tovushlar. Sh. detsibel bilan
oʻlchanadi. Mas, nafas olish, barglarning shitirlashi 10, qattiq gapirish 60—70, transportning
shovqini 80—100, reaktiv samolyot ovozi 140—175 detsibelga teng va h.k. Qattiq, suyuq,
gazsimon muhitlardagi har qanday tebranishlar, turli dvigatel va mexanizmlar Sh.larning
asosiy manbaidir. Mashinalarning detallarini aniq qilib ishlash, mexanizmlarning tovush
chiqarishini pasaytirish, tovushni toʻsadigan, yutadigan va titrashni kamaytiradigan
vositalarni qoʻllash yoʻli bilan Sh. kamaytiriladi; 2) texnika va fizikada (tebranma jarayonlar
bilan bogʻliq boʻlgan radio, elektronika, radiolokatsiya, radioastronomiya, akustika, tovush
yozish, optika va boshqalarda) davriy boʻlmagan tartibsiz tebranishlar. Mas, elektron
lampalarda elektr tokining tartibsiz tebranishi, oʻtkazgichlarda elektronlarning issiqlik
harakati (issiqlik Sh.i), Yer va yer atmosferasidan, Quyosh, yulduzlar, yulduzlararo muhit va
boshqalardan tarqalayotgan issiqlik nurlanishlari (kosmik Sh.lar) natijasida Sh. hosil boʻladi.
shahrining umumiy foydali jihatlari ham bor. Mas, radioastronomiyada chastotaning maʼlum
diapazonidagi Sh. boʻyicha yulduzlar va boshqalar kosmik jismlarning radionurlanishi
tekshiriladi, harbiydengiz texnikasida esa suv osti qayiq va kemalari topiladi; 3) gigiyenada
— odam organizmiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan va turli kasalliklarga sabab boʻladigan
tovushlar. Odam organizmiga uzoq vaqt taʼsir etishi natijasida markaziy asab sistemasi,
tomirlar tonusi, hazm yoʻllari aʼzolari, endokrin sistemasi va h.k.ning faoliyati buzilishi,
quloq ogʻirligi, karlik paydo boʻlishi mumkin. Sh. taʼsirida harakatning aniq muvozanati
buzilib, mehnat unumdorligi pasayadi. Ortiqcha Sh. odamni ham jismoniy, ham maʼnaviy
jihatdan kuchsizlantiradi. Inson uchun 20—30 detsibel zararsiz hisoblanadi. Bu tabiiy
holatdir. Umuman odamga 80 detsibelli Sh. ruxsat etiladi. Qiymati 130 detsibelga teng Sh.
inson quloqlarida ogʻriq paydo qiladi, 150 detsibelga yetganda chidash qiyin boʻladi, 180
denibelda hatto metall chatnab ketadi. 20-asr 70-yillarida shahar koʻchalaridagi Sh. 60—70
detsibelni tashkil qilgan, 21-asr boshida bu koʻrsatkich 100 detsibel va bundan yuqori
qiymatga yetdi.
|
| |