• 6.6-rasm
  •  Balkali zagotovkalardan konstruktiv elementlarni




    Download 365,84 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/5
    Sana14.02.2024
    Hajmi365,84 Kb.
    #156706
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Извлеченные страницы из Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

     
    6.5. Balkali zagotovkalardan konstruktiv elementlarni 
    tayyorlash 
     
    Kran osti balkasi qattiqlik qovurg‘asiga ega qo‘shtavrli balka 
    ko‘rinishida tayyorlanadi (6.5-rasm). Ularni ishlash sharoitiga bog‘liq 
    ravishda payvand birikmalarini bajarish texnologiyasi tanlanadi. Pay-
    vandlangan qo‘shtavr balkalar bo‘ylama eguvchi moment bilan yuklan-
    ganda stenkadagi kesik yoki poyas choklaridagi chalapayvand kabi nuq-
    sonlar normal va urinma kuchlanishlarga parallel joylashganligi sababli 
    katta xavf tug‘dirmaydi (6.5,a,b-rasm.).
    6.5-rasm. Qo‘shtavrli balkalarda qattiqlik qovurg‘alari ko‘rinishi. 
    a-vertikal va gorizontal qattiqlik qovurg‘alari, b-vertikal qovurg‘alarni yuqori 
    poyasga tutashtirish, c-vertikal qovurg‘alarni pastki poyasga biriktirish 
    Lekin qo‘shtavrli balka kesimi qo‘shimcha davriy ravishda kran 
    g‘ildiraklaridan P kuch ta’sirida yuklanib, relsdan yuqori poyasga va 
    poyas choklari orqali stenkaga ta’sir etadi (6.5,c-rasm). Balka o‘qiga 
    nisbatan rels o‘qi simmetrikligi noto‘g‘ri bo‘lganda poyas va stenka 
    choklariga ta’sir etuvchi ko‘ndalang yo‘nalishdagi qo‘shimcha moment 
    hosil bo‘ladi. Bu holatda poyas chokidagi chalapayvand yoki stenkadagi 
    kesiklar kuch oqimiga ko‘ndalang joylashib, toliqish darzlari hosil 


    58
    bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Shu sababli qo‘shtavrli balkalarda yuqori 
    poyasni stenka bilan biriktirishda stenkani to‘liq eritib, poyas choklarini 
    “qayiqcha” holatida payvandlash kerak bo‘ladi.
    6.6-rasm. Qo‘shtavrli balka poyasini stenka bilan biriktirishda qo‘yiladigan 
    talablar 
    6.6-rasm. Qo‘shtavr balka 
    Uzunligi 12 m va balandligi 1100-1600 mm, qattiqlik qovurg‘alari 
    bo‘lgan qo‘shtavrli balka namunaviy konstruksiyasi 6.6-rasmda tasvir-
    langan.
    Bunday balkalarda poyas choklari bajarilgandan so‘ng, qattiqlik qo-
    vurg‘alari o‘rnatilib payvandlanadi. Ikki kran osti balkasi kolonna ta-
    yanchlarida tutashtiriladi va ular boltlar yordamida biriktiriladi (6.7-
    rasm)


    59
    6.7-rasm. Kran osti balkasini kolonnaga o‘rnatish 
    Kolonnalar yaxlit va ferma konstruksiyasiga ega bo‘lishi mumkin. 
    Sex kolonnalari kran osti balkasi tayanchlari orqali ko‘prikli kran va 
    tomdan yuklanishlarni qabul qiladi. Bu tayanchlarda normal kuch va 
    eguvchi momentni qiymati katta bo‘lganligi sababli kolonna kesimi 
    o‘zgaruvchan qilib tayyorlanadi. Kolonna pastki qismidagi tayanch pli-
    tasi orqali yuklanishlarni beton fundamentga uzatadi. 
    6.8-rasm. O‘zgaruvchan (b,c) va doimiy (a) qirqimga ega kolonnaga misol: 
    а, b-sidirg‘a; c-panjarali 


    60
    Kolonnalarni joylariga o‘rnatishda quyidagi talablar qo‘yiladi: 
    kolonna o‘qi bashmak plitasi tekisligiga perpendikular bo‘lishi; montaj 
    teshiklar ferma tayanch stoliklariga nisbatan to‘g‘ri joylashishi. 
    Balka va balkali elementlarni yirik seriyali sharoitda tayyorlashda 
    yig‘ish-payvandlash ishlari uzluksiz konveyerlarda bajariladi. Misol 
    sifatida yuk avtomashinasi platformasi balkasini yig‘ish-payvandlash 
    yarimavtomat liniyasini ko‘rsatish mumkin. 

    Download 365,84 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 365,84 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Balkali zagotovkalardan konstruktiv elementlarni

    Download 365,84 Kb.
    Pdf ko'rish