56
6.4-rasm. Qo‘shtavrli balkalarni tutashtirish.
Poyas va stenka payvand choklarini bajarish ketma-ketligini tayin-
lashda quyidagilarni hisobga olish kerak. Ikki
balkani bir-biriga tutash-
tirishda birinchi navbatda poyaslarni uchma-uch choklari bajarilsa,
stenkalarni uchma-uch choklarini bajarish qattiq mahkamlanish sharoi-
tida amalga oshirishga to‘g‘ri keladi, bu esa payvand choklarda
darzlar
hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Agar birinchi navbatda stenka choklari
uchma-uch payvandlansa, keyin payvandlanadigan
poyas choklarida
katta miqdorda cho‘zilgan qoldiq kuchlanishlar hosil bo‘ladi, bu esa bal-
ka egilishga ishlaganda toliqish mustahkamligini pasaytiradi. Payvand-
lash sharoitlarini yaxshilash maqsadida L uzunlikdagi poyasni stenka
bilan choklari payvandlanmay qoldirilib, avval stenka uchma-uch chok-
lari bajarilgandan so‘ng tugatib qo‘yiladi.
Oxirgi navbatda pay-
vandlangan chokni ko‘ndalang cho‘kishi L uzunlikdagi elementga ta’sir
etib, qoldiq kuchlanishlar qiymati qattiq mahkamlanishga qaraganda
kam bo‘ladi. Ammo birinchi navbatda payvandlanadigan elementlarda
erkin L qismni paydo bo‘lishi bu elementlarda
siqilish kuchlanishi
ta’sirida turg‘unlikni yo‘qolishiga olib keladi. Ko‘rsatib o‘tilganlarni
hisobga olib har bir holatda payvandlash texnologiyasi har xil bo‘lishi
mumkin. 6.4,c-rasmda ko‘rsatilgan tutashtirish turi texnologiya bo‘yicha
dastaki payvandlash ko‘zda tutilmaganda qo‘llaniladi. Rasmda 1-6
raqamlar bilan choklarni bajarish tartibi ko‘rsatilgan.
Profil elementlarni to‘liq eritib uchma-uch birikma bilan yoyli pay-
vandlash payvandchidan yuqori malaka va nazoratni talab etadi. Statik
yuklanishda ishlaydigan konstruksiyalarni
tayyorlashda balkalarni
tutashtirish uchun burchak choklar yordamida ustqo‘ymalardan foy-
57
dalaniladi. Bunday birikmalar texnologik jihatdan oson bo‘lishi bilan
birga, ortiqcha metall sarfini keltirib chiqaradi. Vibrasion yuklanishlarda
ishlaydigan konstruksiyalarda esa bunday birikmalarni qo‘llash to‘g‘ri
kelmaydi.