|
Unit 3 Mavzu: O`zgaruvchan tokdagi ta`minlovchi manbalar. Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 23.10.2020 | Hajmi | 1,78 Mb. | | #12216 |
Unit 3
Mavzu:O`zgaruvchan tokdagi ta`minlovchi manbalar.
Reja:
Flyus ostida va yoyli dastaki payvandlashdagi transformatorlar.
Payvandlash tranformatorlarini tarmoqqa parallel ulash
Eriydigan elektrod bilan yoyli dastaki va himoya gazlari muhitida payvandlash uchun to`g`rilagichlar.
Flyus ostida va yoyli dastaki payvandlashdagi transformatorlar.
Oʻzgaruvchan tok — tok kuchi (kuch lanish) va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan davriy ravishda oʻzgaradigan elektr toki; keng maʼnoda — vaqt boʻyicha oʻzgaradigan har qanday elektr toki. Oʻzgaruvchan tokni oʻzgartirish, mas, uzoq masofaga uzatish, toʻgʻrilash, chastotasini oʻzgartirish kabi amallarning bajarilishi nisbatan oddiyligi uning afzalligi hisoblanadi. Asosiy koʻrsatkichlari: chastotasi va tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati. Sanoatda foydalaniladigan oʻzgaruvchan elektr tarmoqlarida tok kuchi va kuchlanish garmonik tarzda 50 Gs chastota bilan oʻzgaradi. Zanjir uchlaridagi oʻzgaruvchan kuchlanishni elektr styalardagi generatorlar vujudga keltiradi. Tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati deganda maʼlum vaqt ichida oʻtkazgichdan Oʻzgaruvchan tok oʻtganda ajraladigan issiqlik miqdoriga teng issiqlik ajratadigan tok kuchi tushuniladi. Tok kuchi va kuchlanishning taʼsir etuvchi qiymatlari Oʻzgaruvchan tok zanjiriga ulangan ampermetr va voltmetr bilan oʻlchanadi.
O`zgaruvchan tokda qo`llaniladigan transformatorlar suriladigan chulg`amli va flyus ostida payvandlash uchun ishlab chiqarialdi.
Suriladigan transformatorlarning bir necha turlari seriyalik ishlab chiqariladi. (3.1 rasm) ulardan asosan –ТД vaТСК transformatorlardir.
3.1-rasm. Yoy bilan dastaki payvandlash uchun chulg`amlari suriladigan transformator.
Payvandlash transformatorlarning texnik tavsifi.
3.1-jadval
Flyus qatlami ostida suyuqlanadigan elektrod bilan avtomatik va yarimavtomatik payvandlash uchun TДФ rusurnli maxsus transformatorlar ishlab chiqariladi (3.2- rasm)
3.2-rasm. Flyus qatlami ostida yoy bilan payvandlash uchun TДФ transformatorlari
Flyus ostida payvandlashni kattaroq tokda olib boradilar, shuning uchun yoy turg`un yonadi va yoy VAT ning o'sib boradigan shaxobchasida chok sifatli shakllanadi. (3.3-rasm. 3 va 4 e chiziqlar). Demak, transformatorning tashqi VAT sekin pasayadigan bo'lishi lozim (2 egri chiziq VAT ning qiyaligini kattalashtirish payvandlash toki qiymatining kamayishiga olib keladi, bunda payvandlash jarayoni turg'un bo'lishi mumkin. chunki yoyning tavsifi manbaning VAT bilan A, va A2 nuqtalarida kesishishi chap tomonga suriladi)
3.3-rasm. Ta`minlash manbalarining volt-amper tavsifi (1 va 2) va flyus ostida payvandlash turida uzunligidagi (3 va 4 ) payvandlash yoyining tavsifi
TДФ transtormatorining sekin pasayadigan VAT ning chulg'amli 4 (3.4- rasm) elektromagnit shunti 3 yordamida olina digan, rostlanadigan alohida tok 002 manhayidan ta minlanadi. Sh 3 po'lat plastinkalaridan yig ilgan va transformator o'zagi I ni ichida qo'zg almas qilib o'matil- gan. O'zakda har biri ikkita g'altakdan iborat bo'lgan birlamchi 2 va ikkilamchi 5 chulg'amlar o'rnatilgan. Chulg'amlar o'zakda qo`zg`almaydigan qilib mahkamlangan va joylashtirilgan, natijada kattalashtirilgan sochilma oqim Фs olinadi.
Salt yurish rejimida birlamchi chulg`am 2 380 v li tarmoq kuchlanishiga ulanadi. Payvand konturi ochiq, unda tok yo`q, salt yurishi kuchlanishi Us.y≤80 V bo`ladi. Transformatorning kuchlanishi Us.y= (1.5-3.0) Ud shartidan kelib chiqib hisoblanadi. Yuklama rejimda, yoy yonganda transformatorning ikkilamchi chulg'ami S, payvandlash simlari va yoydan iborat bo'lgan payvandlash konturi berk, undan payvandlash toki o'tadi.
3.4-rasm. Elektromagnit shuntli transformatorning chizmasi:
1- o`zak; 2- birlamchi chulg`am; 3- shunt; 4- chulg`amlar; 5-ikkilamchi chulg`am.
Shunt 3 chulg' ami 4 da tok nolga teng bo'lgan asosiy magnit oqimi Фt, ning ko' p qismi va sochilma oqim Фs shuntining magnit o'tkazuvchi 3 orgali berkiladi, ikkilamchi chulg 'am 5 orqali o`tmaydi. Bu holda payvandlash zanjirida tok eng kichkina miqdorni tashkil etadi. Agar shunt 3 chulg'amida tok oshirilsa, Фs oqimi kamayadi, Фt oqimi kattalashadi va payvandlash toki oshadi. Shunt chulg`amida Tok maksimal bo`lganida Фs=0; Фt= Фtmax va payvandlash toki ham maksimal.
Hozirgi zamon payvandlash transformatorlarida shunt chulamida, payvandlash tokini boshqarish juda tekis va tashqi po`latdan masofadan amalga oshiriladi. Qisga tutashish rejimida payvandlash zanjiri elektrod va buyum orqali berkiladi. Flyus qatlami ostida yoy bilan payvandlash uchun qisqa tutashish toki I=(1.3-1.5)Id
Bu shart TДФ rusumli transformatorlarning barcha konstruksiyalarida bajariladi. Bu transformatorlarning texnik tavsiflari yaxshi (3.1- jadvalga qarang), lekin ular katta aktiv materiallar sarfi ni talab qiladi (shunt o'zagiga transformator temiri va chulg'amlari uchun mis), demak, ularning massalari katta bo`ladi.
|
| |