mashrutizatsiya jadvaliga kiritilishi usuliga ko‘ra mashrutizatsiyani ikki turga ajratish
mumkin:
•
Bevosita bog‘lanishdagi avtomatik mashrutni kiritilishi. Masalan biror
mashrutizatorning bir interfeysiga (masalan FastEthernet 0/1 yoki GigEthernet 0/0 kabi)
biror tarmoqni ulasak va bu interfeysga shu tarmoqning IP (masalan 192.168.2.0)
manziliga mos IP manzil (masalan 192.168.2.1) bersak,
bu shuni anglatadiki, bu
mashrutizatorga ushbu interfeys orqali yangi tarmoq ulandi va bu tarmoqning IP
manzilini ulangan interfeys IP manzili orqali anglaydi. Masalan ushbu tarmoq ulangan
mashrutizator interfeysining IP manzili 192.168.2.1 bo‘lsa,
demak bu tarmoqning IP
manzili 192.168.2.0 ekan. Mashrutizator avtomatik tarzada bu mashrutni o‘zlashtiradi va
o‘zidagi mashrutizatsiya jadvaliga biriktiradi. Endi mashrutizator 192.68.2.0 manzili
tarmoqga qaysi interfeys orqali chiqish mumkinligini biladi (2-rasm).
2-rasm. Bevosita bog‘lanishdagi avtomatik mashrutni kiritilishi orqali
mashrutizatsiya ta’minlash
Yuqoridagi 2 –rasmda tasvirlangan tarmoqda 192.168.1.0 tarmoqdagi
kompyuterlarga mos IP manzillar tarqatiladi. Bu tarmoqdagi kompyuterlar uchun asosiy
shlyuz manzili shu tarmoq ulangan mashrutizator interfeysining IP manzili bo‘ladi (ya’ni
192.168.1.1). Masalan:
3-rasm
•
Agar mashrut tarmoq administratori orqali kiritilsa
bu statik mashrutizatsiya
usuli hisoblanadi.
•
Agar mashrut mashrutizatsiya algoritmlari yordamida hisoblab chiqilsa, u
holda bunday mashrutizatsiya dinamik mashrutizatsiya hisoblanadi. Bunda tarmoqning
holati va topologiyalari haqidagi axborotlarga asoslaniladi
va bu axborotlar
mashrutizatsiya protokollari yordamida olinadi.
Yuqorida takidlanganidek, mashrutizatsiya jarayonini amalga oshirishda
mashrutizatsiya jadvalini hosil qilinadi va mashrutni tanlashda unga asoslaniladi.
Mashrutizatsiya jadvali – bu elektron jadval (fayl) yoki ma’lumotlar bazasi bo‘lib,
mashrutizator yoki tarmoq kompyuterida saqlanadi va bu jadval yetib borish manzili va
keyingi mashrutizatorga paketlarni uzatilishi lozim bo‘lgan interfeys orasidagi moslikni
ifodalaydi.
Tarmoq sathining ishini marshrutizatsiya va signalizatsiyaning
bir qator
protokollari bajaradi: RIP (Routing Internet Protocol), OSPF (Open Shortest Path
First), IGRP (Interior Gateway Routing Protocol), EIGRP (Enhanced IGRP), BGP
(Border Gateway Protocol), RAP (Routing Access Protocol), RSVP (Resource
Reservation Protocol) va boshqalar.
TCP/IP protokollar steki kanal sathida protokollarning katta soni va IP
protokolning paketlarini inkapsulyatsiyalaydigan tarmoq
texnologiyalari bilan
o‘zaro ta’sirlashadi.