1-Ma’ruza Mavzu




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/24
Sana16.01.2024
Hajmi0,99 Mb.
#138442
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
Маруза (1)

7-Ma’ruza 
 
Mavzu: IP transport tarmoqlarida kommutatsiya usullari 
IP tarmoqlar texnologiyasi TSP/IP protokollar stekiga asoslanadi. Bu stek AqSH 
Mudofaa Vazirligi tashabbusi bo‘yicha ishlab chiqilgan va ARPAnet tarmog‘i qurilishida 
qo‘llanilgan, bu tarmoqdan keyinchalik Internet tarmog‘i tashkil qilindi. Stekni ishlab 
chiqarish va takomillashtirishga AqSH universitetlari, ayniqsa UNIX operatsion tizimi 
Пакетлар коммутатори 
Пакетлар навбати 


uchun TSR/IPni amalga oshirgan Berklidagi universitet o‘z ulkan xissasini qo‘shishdi. 
Stekni takomillashtirish bo‘yicha 30 yildan ortiq vaqt davomida ishlar olib borilmoqda. 
Bugungi kunda bu quyidagilarda ishlatiladigan protokollarning eng ommaviy stekidir: 
-Internet global axborot tarmog‘ida; 
-Intranet deb ataluvchi korporotiv tarmoqni yaratish uchun; 
-Ekstranet deb nomlanuvchi kirishi chegaralangan va himoya darajasi 
kuchaytirilgan korporativ tarmoqlarni yaratish uchun; 
-operatsion tizimlarning aksariyati va lokal tarmoqlarda; 
-deyarli hamma global tarmoq texnologiyalarda (X.25, ISDN, Frame Relay, 
ATM). TSR/IP steki OSI modeldagi kanal pog‘onasi protokollarning aksariyatini, 
masalan, kommutatsiyalangan va ajratilgan aloqa liniyalarida ma’lumotlarni uzatish 
uchun qo‘llanadigan SLIP va RRR ni qo‘llab quvvatlaydi.
Internetda standartlash. Internet tarmoq bilan bog‘liq protokol va standartlarning 
jadal rivojlanishi me’yoriy hujjatlarning katta sonini tizimlashtirish, tartibga solish va 
nashr etishni talab qiladi. Bu bilan Internet arxitekturasi masalalari bo‘yicha 
boshqaruvchi kengash(Internet Architecture Board, IAB) shug‘ullanadi. 2000 yil 
boshigacha 2700 dan ortiq hujjatlar(Request for Comments, RFC) nashr etildi. RFC-bu 
alohida hujjatlar, ular texnik masalalarning keng doirasini, shu jumladan majburiy 
standartlar, standartlar bo‘yicha takliflar, axborot ma’lumotlar va tarixiy axamiyatga ega 
eskirgan xujjatlarni qamrab olgan. Internetda standartizatsiyalash jarayoni RFC 2026 
hujjati bilan tartibga solinadi. 
IAB tarkibiga quyidagilar kiradi: 
-RFCni ishlab chiqaruvchi va tarmoqni texnik qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq 
muayyan tor muammolarni hal qiluvchi Internet muxandis texnik komissiyasi(Internet 
Engineerinng Task Force,IETF); 
-Internet rivojlanishining istiqbolli masalalari bilan shug‘ullanuvchi va standartlar 
aksariyatini shakllantiruvchi Internet tadqiqot komissiyasi(Internet Research Task 
Force,IRTF). 
IAB 1983 yilda jismoniy shaxs va tashkilotlardan tashkil topgan Internet 
Hamjamiyati(Internet Society, ISOS) yordamida tashkil qilingan
TSP/IP protokol steki tuzilmasi. Internet protokollari arxitekturasi 4 pog‘onali. 
Keyinroq paydo bo‘lgan ISO etalon modeli protokollarining 7 pog‘onali arxitekturasi 
TSR/IP pog‘onalari dekompozitsiyasi sifatida o‘rganish mumkin. Haqiqatda ikkita 
arxitekturaning farqi-TSR/IP arxitekturasidagi OSI modelining uchta yuqori pog‘onasi 
(qo‘llanish, taqdimot, seans) bitta-qo‘llanish pog‘onaga birlashtirilgan (5.1.1-rasm); 
TSR/IP tarmoq interfeyslari pog‘onasi OSIning ikkita pog‘onasi-kanal va tarmoq 
pog‘onalariga muvofiqdir. 
Zamonaviy tarmoq infratuzilmasini qurishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri 
axborotni uzatish muhitlari va tizimlarining turli xil ko‘rinishlarini birlashtirishga imkon 
beruvchi yuqori tezlikli magistral tarmog‘ini va yagona signalizatsiya tizimini tashkil 
etish uchun optik texnologiyalardan foydalanish hisoblanadi. Bunday birlashtiruvchi 
texnologiya sifatida hozirgi vaqtda “Multiprotokol Label Switching - MPLS” (belgilar 


bo‘yicha ko‘p protokolli kommutatsiyalash) telekommunikatsiya texnologiyasi ko‘rib 
chiqiladi. Mazkur texnologiya IP-paketlarni ilgari surishni tezlashtirishga, trafikni 
boshqarish va ATM tarmoqlarida qo‘llaniladigan xizmat ko‘rsatish sifatini saqlab qolish 
mexanizmlari yordamida IP-tarmoqlar uchun xos moslashuvchanlikni saqlab qolishga 
urinishdan iborat. MPLS texnologiyasini joriy qilish IP-over-ATM arxitekturasiga 
tegishli bo‘lgan barcha yaxshi xususiyatlarni (samarali multipleksorlash va trafikning 
moslashuvchanligi, yuqori unumdorlik) saqlab qolishga imkon beradi va shu bilan birga 
u tarmoqlarning miqyosini yanada qo‘proq orttiradi, ularni qurishni va foydalanishni 
soddalashtiradi. Shunisi ham muhimki, MPLS faqat ATM bilangina qo‘llanilmasdan, 
balki kanal darajasidagi istalgan boshqa texnologiya bilan birga qo‘llanilishi mumkin. 
MPLS texnologiyasi X.25, Frame Relay tarmoqlarida qo‘llaniladigan virtual kanallar 
konsepsiyasini rivojlantiradi, bunda uni IP tarmoqlarni marshrutlashtirish protokollari 
yordamida olinadigan topologiya va joriy yuklanish to‘g‘risidagi axborot asosida 
yo‘llarni tanlash texnikasi bilan birlashtiradi. Bu SDH/WDM yoki IP/WDM 
texnologiyalari asosida Internet tolali-optik magistrallarini keyingi avlodiga o‘tishni 
soddalashtiradi.
MPLS - bu belgilardan foydalanishga asoslangan ko‘p protokolli tarmoqlarda 
paketlarning tez kommutatsiya qilish texnologiyasidir. MPLS o‘zida kanal darajasidagi 
texnologiyalar uchun xos bo‘lgan trafikni boshqarishni, tarmoq darajasidagi 
protokollarning miqyosliligi va moslashuvchanligini mujassamlashtirgan. 
Texnologiyalarning nomidagi “ko‘p protokollilik” shuni anglatadiki, MPLS – 
inkapsulyatsiyalovchi protokol va boshqa protokollar to‘plamini tashishi mumkin (1-
rasm). Bugungi kunda Internet provayderlar qatoridagi tarmoqlar ko‘p sathli model 
asosida tuzilgan, ya’ni mantiqiy marshrutlanuvchi IP–tarmoq ikkinchi sathning 
kommutatsiyalanuvchi topologiyasi (ATM yoki Frame Relay) ustida ishlaydi. Ikkinchi 
sathning kommutatorlari yuqori tezlikda ulanishni ta’minlaydi. Shunday qilib, MPLS - 
bu Internet tarmog‘ini evolyutsion rivojlantirish yo‘lida uning infratuzilmasini ikkinchi 
(kommutatsiya) va uchinchi (marshrutlashtirish) sathlari vazifalari integratsiyasi yo‘li 
bilan soddalashtirish tomoniga qo‘yilgan qadamlardan biridir. 


1-rasm. IP-tarmoqlarda MPLS texnologiyasi va OSI/ISO modeli 
MPLS texnologiyasi spesifikatsiyasida oqimlarni tashish va ularni boshqarish 
vazifalarini ajratish prinsipini asos qilib olinadi. Boshqaruvchi komponentlarni 
jo‘natuvchidan ajratish, ulardan har birini mustaqil ishlab chiqish va modifikatsiyalash 
imkonini beradi. Tabiiy majburiy talab shundan iboratki, bunda boshqariladigan 
komponentni uzatib beruvchi, komponentga axborotli paketlarni jo‘natish jadvali orqali 
uzatishi mumkin bo‘lsin. Boshqariladigan komponentning boshqa marshrutizatorlar bilan 
axborot almashishi uchun marshrutlashtirishning standart protokollarini (JCPF, IS-IS, 
BGP-4) ishga tushiradi. Shu axborot asosida avval marshrutlashtirish jadvali, keyin esa 
har bir interfeysdagi qo‘shni tizimlar to‘g‘risidagi axborotni hisobga olgan holda 
paketlarni jo‘natish jadvali shakllantiriladi va modifikatsiyalanadi. Tizim yangi paketni 
olganda jo‘natuvchi komponentni, uning sarlavhasidagi axborotni tahlil qiladi, jo‘natish 
jadvalidagi tegishli yozuvni izlaydi va paketni chiqish interfeysiga yo‘naltiradi. Deyarli 
barcha ko‘p sathli kommutatsiya tizimlarining jo‘natuvchi komponenti, shu jumladan, 
MPLS ham paketlarning ketma-ket belgilaridan foydalanishga asoslangan. Belgi – bu 
paket sarlavhasida qayd qilingan uzunlikdagi qisqa maydondir. 
MPLS yordamida quyidagi masalalarni hal etish mumkin: 

ATM va Fram Relay-ni IP bilan integratsiyasini; 
- operator tarmog‘i ichida paketlarni eng qisqa an’anaviy marshrutlar bo‘yicha 
tezkor siljitish; 
- virtual xususiy tarmoqlarni (VPN) yaratish; 
- resurslarning (Traffic Engineering, TE) yuklanishini hisobga olgan holda 
yo‘nalishlarni tanlash va o‘rnatish. 

Download 0,99 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish