1-Ma’ruza Mavzu




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/24
Sana16.01.2024
Hajmi0,99 Mb.
#138442
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
Маруза (1)

6-Ma’ruza 
 
Mavzu: Paketli kommutatsiya va uni amalga oshirilish mexanizmlari 
Paketlar kommutatsiyasi, asosan, kompyuter trafigini uzatishga mo‘ljallangan 
bo‘lib, ma’lumot almashuvini samarali ravishda tashkil etishga imkon beradi.
Paketlar kommutatsiyasida foydalanuvchilararo uzatilayotgan xabarlar kichik 
qismlar- paketlarga bo‘linadi. Ma’lumot uzatish tarmoqlarida paket asosiy uzatish birligi 
hisoblanadi. Katta hajmdagi xabarlar kichik paketlarga bo‘linishi tarmoqda ma’lumot 
uzatish tezligining keskin oshishiga olib keladi. Xabarlar turli uzunlikka ega bo‘lishi 
mumkin – bir necha baytdan o‘nlab megabaytgacha; paketlar esa o‘zgaruvchan uzunlikka 
ega bo‘lishlari mumkin.
Har bir paket kerakli tugunga etib borishi uchun adres axboroti belgilangan 
sarlavha qismi bilan boshlanadi. Paket turli qismlardan iborat bo‘lishi mumkin va 
quyidagilarni o‘z tarkibiga olishi shart: 

uzatuvchini (source) ifodalaydigan manba adresi; 

uzatilayotgan ma’lumotlar; 

qabul qiluvchining (destination) adresi; 

tarmoq vositalariga ma’lumot uzatilishi lozim bo‘lgan marshrut axboroti; 

xabarni dastlabki ko‘rinishda taqdim etish uchun axborot; 

uzatish aniqligini ta’minlovchi xatoliklar tekshirish axboroti. 
Bu qismlar uchta guruxga bo‘linib, paketning sarlavha, ma’lumot va treyler 
qismlarini shakllantiradi.
Sarlavha qismi paket uzatilishi signali, manba adresi, makon adresi, uzatishni 
sinxronlash kabilarni o‘z ichiga olgan. 
Ma’lumot qismi xabar tarkibidagi uzatishga mo‘ljallangan ma’lumotlardan iborat. 
Tarmoq turiga nisbatan bu qism 0,5-4 Kb bo‘lishi mumkin. Treyler qismi ko‘p hollarda 
xatoliklarni tekshirishga mo‘ljallangan (misol uchun, Cyclic Redundancy Check siklik 
kod yordamida tekshiruv). Paket shakllanishi OSI modelining qo‘llanish pog‘onasida 
boshlanadi. Uzatishga mo‘ljallangan axborot yuqori (qo‘llanish pog‘onasi)dan quyi 
pog‘onaga etkaziladi va har bir pog‘ona ma’lumot qismiga tegishli axborot qo‘shadi 
(4.3.2- rasm) 
Paketlar tarmoq orqali mustaqil axborot bloklari sifatida uzatiladi. Paketli 
kommutatsiya asosidagi tarmoqda kommutatorlar ichki bufer xotirasiga ega bo‘lib, unda 
paketlar vaqtincha saqlanadi. Kommutatorning chiqish porti band bo‘lgan holatda, paket 
biror vaqt navbat kutadi va keyingi kommutatorga uzatiladi (4.3.3-rasm). 


1- rasm. Paketli uzatishni tashkil etish 
Paketlar uzatishni shunday yo‘sinda tashkil etish trafik pulsatsiyasini bartaraf 
etishga va tarmoqning umumiy o‘tkazish qobiliyatini oshirishga imkon beradi.
Paketlar kommutatsiyasida bir vaqtda uzatilayotgan ma’lumotlar hajmi nisbatan 
yuqori bo‘ladi va uzatish tezligi oshadi.
Жараен А 
Жараен В 
маълумот 
маълумот 
Протоколлар Интерфейслар 
Тармокдан узатиш 


2- расм. Пакетлар коммутациясида трафик узатилишини ташкил этиш 
Sarlavhalar uzatilishiga vaqt sarflanishi, har bir keyingi paketni uzatishga zarur 
bo‘lgan vaqt, paket buferizatsiyasi va kommutatsiyasiga sarflangan vaqt tarmoqdan 
paketni umumiy uzatish vaqtiga ta’sir ko‘rsatadi va to‘sqinliklar manbai bo‘ladi.
Paketli kommutatsiyaning afzalliklari: 

pulsatsiyali trafikni uzatishda tarmoqning o‘tkazish qobiliyatini oshirish 
imkoniyatini beradi; 

foydalanuvchilararo trafik holatini inobatga olgan holda, tarmoq sharoitiga 
nisbatan fizikaviy kanallarning o‘tkazish qobiliyatini taqsimlash imkoniyati. 
Paketli kommutatsiyaning kamchiliklari: 

kommutatorlar buferlarida to‘sqinliklar tarmoq holatiga bog‘liq bo‘lganligi
sababli foydalanuvchilararo uzatish tezligi noaniqligi; 

ma’lumot paketlarining to‘sqinligi o‘zgaruvchanligi; 

buferlarda navbatlar ortib ketganligi sababli ma’lumot (paketlar) yo‘qolishi 
Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida turli usullar qo‘llaniladi (Quality of 
Service QoS kabi). Bunday usullar qo‘llanilishi sababli paketlar kommutatsiyasi hozirgi 
kunda yuqori tezlikli tarmoqlar tashkil etishda eng samarali va istiqbolli deb tan olingan.

Download 0,99 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish