1. Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari




Download 149.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.04.2024
Hajmi149.78 Kb.
#194769
Bog'liq
transport yulaklari
Нукус МПЖ, Oliy matem, Tоpshiriq-3, english1, internet c , Dilnoza - prezentatsiya, Abdumalik kurs jumisi tayin 23, 2-Labaratoriya Elmurodov.A, 18, 1. Abdulla Qodiriy O\'g\'ri asari tahlili, Shihnazarov, Guruh 5v-16 eee -fayllar.org, 14-ma\'ruza, j0m32DUWmSBD63Me4yXV0T7E6BfFzufM3TXfSbTa, oquvchilarning mustaqil ish tashkil etish


Transport yulaklari 
Reja:
Kirish. 
1.
Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari. 
2.
Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqada transport bo‘yicha 
hamkorlikni rivojlantirish borasida kurilayotgan chora 
tadbirlar.
3.
 Markaziy Osiyoda xalqaro ahamiyatga ega transport 
loyihalar.
Xulosa. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Mamlakatimizda transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish 
vatranzit yuk tashish hajmini oshirish masalalariga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. 
Hozirgi kunda O‘zbekistonda 2015-2019 yillarda muhandislik-
kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va 
modernizatsiya qilish dasturi amalga oshirilmoqda. Dastur milliy transport 
tarmog‘ini rivojlantirish sohasida xalqaro talablar va standartlarga javob 
beradigan yaxlit kompleks strategiyani ishlab chiqish hamda mahalliy 
ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini hududiy va jahon bozoriga olib 
chiqishni hisobga olgan holda ushbu strategiyani xalqaro transport tizimiga 
keng integratsiyalashni ta’minlashni ko‘zda tutadi. Ta’kidlash joizki, 
bugungi kunda mamlakatimizda transport-tranzitsalohiyatiniyanada 
rivojlantirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda. Transport 
tizimining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, O‘zbekiston hududidan 
o‘tish uchun mavjud to‘siqlarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda, 
bu esa Markaziy Osiyoda xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mintaqani rivojlantirishga qaratilgan muhim loyihalarni amalga 
oshirish maqsadida o‘tgan yil noyabr oyida Samarqandda “Markaziy Osiyo: 
yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi 
hamkorlik” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Prezident Shavkat 
Mirziyoyev ushbu tadbirdagi nutqida hozirgi kunda mintaqaviy hamkorlikni 
barcha muhim sohalar bo‘yicha rivojlantirish tendensiyalari haqida so‘zladi 
va Markaziy Osiyo bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi. Davlatimiz 
rahbarining asosiy tashabbuslaridan biri – Markaziy Osiyo bo‘yicha BMT 
rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi xalqaro hamjamiyat tomonidan keng 


qo‘llab-quvvatlandi, joriy yil iyun oyida BMT Bosh Assambleyasi “Markaziy 
Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlikk va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlik” 
rezolyutsiyasini qabul qildi. Rezolyutsiyada transport infratuzilmasi va 
tranzit yo‘laklarini rivojlantirish, yangi avtomobil va temir yo‘llar, 
aviaqatnovlarni ochish orqali barcha transport turlarining o‘zaro 
hamkorligini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. 
Yirik xalqaro bozorlarni o‘zaro birlashtiruvchi eng qisqa yo‘nalishlar 
mintaqamiz orqali o‘tadi. Hududimizning transport-tranzit salohiyati uning 
tarixan Sharq va G‘arb, Shimol va Janub o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tagan 
Buyuk ipak yo‘lining markazidagi geostrategik joylashuvi bilan belgilanadi. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil mart oyidaOstona shahrida bo‘lib 
o‘tgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvidagi 
nutqida mintaqani yirikdengizportlari va dunyo bozorlari bilan bog‘lash 
imkonini beradigan transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish 
ustuvorvazifa ekanini ta’kidladi. 
Markaziy Osiyoda mavjud transport yo‘laklarini takomillashtirish va 
yangilarini shakllantirish dolzarbligini e’tirof etgan holda, davlatimiz rahbari 
Samarqandda bo‘lib o‘tgan tadbirda Toshkentshahrida transport yo‘laklari 
bo‘yicha xalqaro konferensiyani tashkil etishtashabbusi bilan chiqdi. 
Bo‘lajak konferensiyada mintaqamiz transport-tranzit salohiyatini 
rivojlantirish, uni xalqarotransport xabiga aylantirish, Markaziy Osiyo orqali 
o‘tadigan 
xalqaro 
transportyo‘laklariningtranzitsalohiyatidansamarali 
foydalanish bo‘yichatakliflar ishlab chiqish kutilmoqda. 
Konfereniyada, birinchidan, barcha Markaziy Osiyo mamlakatlarini 
qiziqtirgan, ikkinchidan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va yangi 
loyihalarni amalga oshirish maqsadida xalqaro tashkilotlar, eng avvalo


xalqaro moliyaviy tuzilmalar bilan hamkorlikka qaratilgan, uchinchidan, 
Markaziy Osiyo mamlakatlarining transport-tranzit salohiyatini yanada 
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni ishlab chiqishga 
yo‘naltirilgan masalalar muhokama qilinadi. Markaziy Osiyoda qo‘shimcha 
yuk tashish oqimlarini jalb etish imkonini beradigan yangi transport va 
tranzit yo‘laklarini shakllantirish, transport va logistika sohasida kadrlar 
tayyorlash bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganib, xalqaro logistika markazlari 
tarmog‘ini yaratish, mintaqa transport-logistika salohiyatini rivojlantirish 
uchun xorijiy mamlakatlarning portlaridan samarali foydalanish uslublarini 
shakllantirish, Markaziy Osiyoda Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa, 
Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarini birlashtiruvchi muhim tranzit yo‘l bo‘lib 
xizmat qiladigan yagona integratsiyalashgan xabni yaratish masalalari 
mintaqamiz uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi.Tadbirni o‘tkazishdan 
asosiy maqsad – mintaqa tranzit salohiyatini birgalikda rivojlantirish, 
xalqaro transport yo‘laklaridan foydalanish samaradorligini oshirish
xalqaro tashuvlar jarayonidagi turli to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan 
chora-tadbirlarni ishlab chiqish, me’yoriy-huquqiy baza va tarif siyosatini 
takomillashtirish hisoblanadi. 
Markaziy Osiyo mamlakatlari temir yo‘llarining uzunligi 22 ming 
kilometrga teng. Qozog‘iston eng yirik va eng ko‘p foydalaniladigan temir 
yo‘llar tizimiga ega, uning hissasiga mintaqadagi temir yo‘llarning 66 foizi 
va barcha yuk tashishlarning 84 foizi to‘g‘ri keladi. Mintaqadagi temir 
yo‘llarning qariyb 18 foizi O‘zbekiston hududidan o‘tadi va barcha 
tashishlarningqariyb 11 foizi mamlakatimiz hissasiga to‘g‘ri keladi. 
Turkmaniston taxminan 12 foiz mintaqaviy temir yo‘llarga egalik qiladi 
vabarcha tashishlarning 4 foizini ta’minlaydi. 1993 yilda Belgiya poytaxtida 
Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, 


Turkmaniston va O‘zbekiston ishtirokida Bryussel deklaratsiyasi qabul 
qilingan edi. 
Toshkent – Olmaota yo‘nalishi bo‘ylab tezyurar poyezdlar harakati, 
milliy aviatashuvchilarning qo‘shimcha parvozlari yo‘lga qo‘yildi. 2017 yil 
sentyabr oyida O‘zbekiston – Qirg‘iziston chegarasidagi “Do‘stlik” nazorat-
o‘tkazish punkti faoliyati tiklangani O‘zbekiston va Qirg‘izistontarixida 
muhim voqea bo‘ldi. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi azaliy hamkorlik 
aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 2017 
yilda Amudaryo orqali o‘tadigan Turkmanobod – Forob yangi temir yo‘l va 
avtomobil ko‘priklari ochildi. Bu yuk tashish hajmini 2,5 barobar oshirish 
imkonini berdi. Amudaryo orqali o‘tadigan ko‘priklar yuk oqimlarini Osiyo va 
Tinch okeani mintaqasi, Janubiy Osiyo davlatlaridan Kaspiy dengizi, undan 
keyin Qora dengiz va O‘rtayer dengizi mintaqasi, Yevropa, Kavkazorti, Yaqin 
va O‘rta Sharq mamlakatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib chiqish imkonini 
beradi. Shuningdek, ushbu ko‘priklar O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – 
O‘mon transport-tranzit yo‘nalishiningmuhim bo‘g‘ini hisoblanadi. 
O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘li qurilishi ham 
faollashdi. Mazkur loyiha SHHT makoni uchun dolzarb ahamiyatga ega. 
Uning amalga oshirilishi loyiha ishtirokchilari hamda Markaziy Osiyoning 
boshqa barcha davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy 
munosabatlarni kengaytirish imkonini beradi. Ushbu temir yo‘li Xitoydan 
Qirg‘iziston va O‘zbekiston orqali Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharq 
mamlakatlariga yuk tashish imkoniyati yaratilishi tufayli Xitoy yuklarini 
Yevropa mamlakatlariga yetkazadigan eng qisqa yo‘llardan biriga aylanadi 
va butun Markaziy Osiyo transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirishga 
xizmat qiladi. 


Joriy yilfevral oyida Markaziy Osiyodan ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
Xitoyga chiqadigan Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkeshtom – Qashg‘ar 
avtomobil yo‘lagi bo‘yicha qatnov yo‘lga qo‘yildi. 
Mart oyida O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida Samarqand va Panjikentni 
birlashtiruvchi “Jartepa” nazorat-o‘tkazish punkti ishga tushdi. Sakkizta 
avtomobil va bitta “Amuzang” temir yo‘l o‘tkazish maskani faoliyati tiklandi. 
G‘alaba – Amuzang– Xushadi temir yo‘l liniyasining ishga tushirilishi tranzit 
tashishlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi, Turkmaniston va 
Afg‘onistonga chiqish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Markaziy 
Osiyoning strategik kelajagi va istiqbollari mintaqaning ajralmas qismi 
hisoblangan Afg‘onistondagi hududiy jarayonlarda faol ishtirok etishga 
bevosita bog‘liq. Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘anining 2017 yilda 
O‘zbekistonga tashrifi doirasida “Surxon – Puli Xumri” elektr uzatish 
liniyasini qurish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. 
Yangi liniya O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib 
berishni 70 foizga oshirish, ya’ni yiliga 6 milliard kVt/soatga yetkazish 
imkonini beradi. 2011 yilda Afg‘onistondagi ilk temir yo‘l – Hayraton – 
Mozori Sharif liniyasini bunyod etgan O‘zbekiston ushbu mamlakat 
iqtisodiyotini rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda. Istiqbolda 
Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklashga xizmat qiladigan “Mozori Sharif – Hirot” 
temir yo‘lini qurish loyihasi amalga oshiriladi. Mazkur yo‘l O‘zbekistonning 
tovar ayirboshlash va tranzit imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilishi 
shubhasiz, natijada esa mamlakatimiz Erondagi, shu jumladan, Bandar 
Abbos va Chobahor bandargohlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatiga 
ega bo‘ladi. 2017 yilda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar 
yo‘lga qo‘yilgani muhim voqea bo‘ldi. Bu Toshkent aeroportidan Afg‘oniston 
samolyotlarida Germaniya, Buyuk Britaniya va Yevropaning boshqa 


mamlakatlariga amalga oshirilayotgan parvozlar uchun aviaxab sifatida 
foydalanish imkonini beradi. 
Afg‘oniston bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish 
hamda transafg‘on yo‘lagi doirasida yangi temir yo‘llarini barpo etish 
istiqbolda Markaziy Osiyoning eng qisqa yo‘llar orqali Hind okeani va Fors 
ko‘rfazidagi bandargohlarga chiqishini ta’minlaydi, Janubiy va Janubi-
Sharqiy Osiyoni Yevropa va Xitoy bozorlari bilan bog‘laydi. Keyingi paytlarda 
mintaqamiz mamlakatlari xalqaro transport borasidagi imkoniyatlarini 
kengaytirishga doir sa’y-harakatlarini faollashtirayapti. Bugungi kunda 
Markaziy Osiyo orqali qator xalqaro transport yo‘laklari tashkil etilmoqda. 
2018-2023 yillarda Xitoy va G‘arbiy Yevropani bog‘laydigan “Yevroosiyo” 
transport yo‘lagini qurish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 
Ushbu magistral Pekindan boshlab Ostona, Moskva va Minsk orqali Berlinga 
qadar davom etadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050 yilga borib 
ushbu yo‘lak orqali yiliga 37 million yo‘lovchi tashiladi. 
Qozog‘iston – Turkmaniston – Eron yo‘lagiga kelsak, 2018 yil may 
oyida Xitoydan ushbu yo‘nalishda konteynerli poyezd yurdi. Ushbu 
masofani bosib o‘tishga 2 haftaga yaqin vaqt ketdi, bu dengiz yo‘liga 
qaraganda o‘rtacha ikki barobar tez degani. 2022 yilga borib temir yo‘l 
orqali yuk tashish hajmi yiliga 15 million tonnani tashkil etishi kutilmoqda. 
“Sharq – G‘arb” loyihasi Xitoy va Yevropa o‘rtasida transport aloqasini 
yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Boku – Tbilisi – Qars temir yo‘li ushbu transport 
yo‘lagining muhim bo‘g‘inidir. Mazkur loyiha Turkiya va Yevropadan 
Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy va Eronga muntazam yuk tashishni 
yo‘lga qo‘yishda muhim rol o‘ynaydi. “Shimol – Janub” loyihasining 
ochilishi, ma’lumotlarga qaraganda, 2020 yilga mo‘ljallangan. Ushbu 
transport yo‘lagi Sankt-Peterburg bandargohini Eronning Bandar Abbos va 


Chobahor bandargohlari bilan bog‘laydi, shu tarzda dengiz yo‘li 
Hindistondagi Mumbay bandargohiga qadar uzaytiriladi. Ushbu transport 
yo‘lagi Eron orqali Fors ko‘rfazi mamlakatlariga yuk tashish jarayonini 
soddalashtirishi tufayli Markaziy Osiyo uchun dolzarb ahamiyatga ega. Har 
yili yo‘lak orqali 3-5 million tonna yukni tranzit qilish imkoniyati paydo 
bo‘ladi. 
Mazkur transport yo‘lagi O‘zbekiston uchun ham muhim. Prezident 
Shavkat Mirziyoyev 2018 yil iyun oyida Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT 
sammitida O‘zbekiston Mozori Sharif – Hirot, Xitoy – Qirg‘iziston – 
O‘zbekiston temir yo‘l liniyalarini qurish, shuningdek, Markaziy Osiyo – Fors 
ko‘rfazi, “Shimol – Janub” va “Sharq – G‘arb” transmintaqaviy yo‘laklarni 
rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidladi. E’tiboringizni O‘zbekiston “Bir 
makon, bir yo‘l” tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi va unda yanada faol 
ishtirok etishdan manfaatdorligiga qaratishni istardim. Yaxshi ma’lumki, 
“Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi, avvalo, savdo-iqtisodiy munosabatlarni 
rivojlantirishga, Xitoyni jahon aholisining 60 foizi va yalpi ichki 
mahsulotining 30 foizi to‘g‘ri keladigan 65 dan ortiq mamlakat bilan 
bog‘laydigan yangi transport yo‘llarini shakllantirishga qaratilgan. 
Prezidentimiz 2017 yil may oyida Pekinda bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” 
xalqaro forumidagi nutqida ushbu loyihaning Markaziy Osiyo uchun 
dolzarbligini alohida ta’kidladi. Bu, birinchidan, Markaziy Osiyoda transport, 
savdo, investitsiya, energetika va yuqori texnologiyalar sohalarida yirik 
loyihalarni amalga oshirish, ikkinchidan, Markaziy Osiyoni Xitoy va Rossiya 
orqali Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari bozorlari 
bilan bog‘laydigan transport-logistika yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha 
hamkorlik yuzasidan kompleks harakatlar dasturi ishlab chiqishdan 
iboratdir. 2017 yilda o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro iqtisodiy forumi 


doirasida XXR Raisi Si Szinpin tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbus 
raqamli iqtisodiyot va raqamli diplomatiyaga doir milliy tizimlarni 
rivojlantirish, superkompyuter markazlari, global raqamli do‘konlar, “aqlli 
shaharlar”ni tashkil etish, elektron tijorat va tibbiyotni kengaytirish, 
shuningdek, davlatlarning turli ichki siyosiy va tashqi siyosiy vazifalarini hal 
etishda sun’iy ong texnologiyasidan foydalanishga qaratilgan. Bugungi 
kunda deyarli barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda 
transport va logistikaga oid raqamli xizmatlar jadal rivojlanmoqda. 


Xulosa: 
Transport yo‘laklari bo‘yicha xalqaro forum mamlakatimizda ilk bor 
tashkil etilayotganini ta’kidlash lozim. Umid qilamizki, O‘zbekiston Markaziy 
Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy transport-kommunikatsiya tizimini 
shakllantirish, transport va logistika sohalarida yangi investitsiya 
loyihalarini ishlab chiqishga doir sa’y-harakatlarni faollashtirish yuzasidan 
uzoq muddatli va ko‘p tomonlama hamkorlik uchun qulay sharoitlar 
yaratishga katta hissa qo‘shadi. Xorijiy davlatlarning bandargohlariga 
chiqish maqsadida Markaziy Osiyoning transport-tranzit imkoniyatlarini 
kengaytirish bo‘yicha yangi kelishilgan qarorlarni ishlab chiqish mintaqa 
uchun muhim va dolzarbdir. 
Bundan tashqari, konferensiya yakunida Markaziy Osiyo mamlakatlari 
transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha umummintaqaviy 
dasturni imzolashi kutilmoqda. Shuningdek, Prezidentimiz 2017 yil iyun 
oyida SHHT sammitida ilgari surgan tovarlar va transport vositalari 
harakatini soddalashtirish masalalarini tartibga solishga, xalqaro tashishlar 
ustidan nazoratga doir yagona yondashuvni shakllantirishga qaratilgan 
transportda tashishlarni integratsiyalashgan boshqarish tizimini tashkil 
etish to‘g‘risidagi tashabbus yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan. 

Download 149.78 Kb.




Download 149.78 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari

Download 149.78 Kb.
Pdf ko'rish